К содержанию
РецензированоUZ2026

OBRAZ TUSHUNCHASINING BADIIY TALQINI (“HAJ DAFTARI”MISOLIDA)

Rajabov Eliyor Xoliyorovich

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada “obraz” tushunchasining badiiy adabiyotdagi keng ma’nodagi talqini tahlil qilinadi. Xususan, Abdulla Oripov ijodiga mansub “Haj daftari” turkumidagi she’rlar asosida obrazlarning diniy, falsafiy va ijtimoiy yuklamalari ochib beriladi. Shoir lirik qahramon kechinmalari, xalq dardiga hamdardlik, insoniy kamolot, tavba, najot, hidoyat kabi tushunchalarni chuqur poetik obrazlar vositasida ifodalaydi. Tadqiqotda Ka’batulloh, Muhammad (s.a.v.) va Shayton obrazlari tahlil etilib, ularning ma’naviy-estetik funksiyalari yoritiladi. Maqola adabiy tahlil orqali obraz tushunchasining g‘oyaviy-estetik imkoniyatlarini ochib beradi hamda zamonaviy o‘zbek she’riyati misolida bu tushunchaning badiiy mohiyatini anglashga xizmat qiladi Kalit so‘zlar: obraz, badiiy ifoda, san’atkorona talqin, ramziy ma’no, ma’naviyat, g‘oya, o‘zbek adabiyoti, “Ziyorat daftaridan”, adabiy tahlil. Obraz - timsol tushunchasining keng va tor ma’nolari mavjud. Keng ma’nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Biz bu o‘rinda timsol tushunchasining keng ma’nosi haqida fikr 28 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference yuritamiz. Abdulla Oripov o‘zining “Haj daftari” turkum she’rlariga timsol qilib olgan obrazlar judayam rang-barang ekanligi bilan ajralib turadi. Quyida shoir badiiy obrazlarni lirik tasvirlagan holatlarini tekshirib, tahlil qilib boramiz. “Haj daftari” turkumidagi birinchi she’r Ka’batullohga bag‘ishlangan. Ammo, unda Ka’batulloh madhi emas, balki, butunlay boshqa bir dardli haqiqat yoritilgandir. U shunday satrlar bilan boshlanadi: Hanuz biri ikki bo‘lmagan eldan, Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh. Bag‘ri xun, tolei kulmagan eldan, Keldim madad bergil, yo Ka’batulloh. Ko‘rinib turibdiki, shoir bunda yurt va millat dardini birinchi o‘ringa qo‘yayotir. Ya’ni bundagi obrazda vatanparvarlik hissi yetakchilik qiladi. Bu narsa “Hanuz biri ikki bo‘lmagan”, “Bag‘ri xun, tolei kulmagan el” tarzidagi ifodalardanoq anglashiladi. Lirik qahramon Ka’batullohda turib bir zamonlar zehni va fikrati dunyoni yoritgan el va bandi bo‘lgan ulug‘ yurtining yaqin o‘tmishdagi qismatini xayoldan o‘tkazadi va deydi: Qay zamon odamlar bad fe’lin sezdim, Vafoli do‘st izlab dunyoni kezdim. Topmadim, topmadim, baridan bezdim, Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh. Biri ikki bo‘lmagan bag‘ri xun, tolei kulmagan el - ulusning bir vakili bo‘lib yashash ham oson kechadigan ish emas. Chunki, bunday yurtda va muhitda ko‘pdan-ko‘p ma’naviy-axloqiy muammolar tug‘ilishi tabiiydir. Shoir o‘zi-ning yolg‘izligi va yolg‘izlanishi haqida so‘zlarkan, ayni paytda har bir kishi -ning fikr darajasi va saviyasiga qarab ham qullik va tobelik sharoitidagi inson qismati, xususan, ijodkor tolei xususida o‘ylashga ham go‘yo da’vat qiladi. To‘g‘ri, hamma yetuk shoirlar ham odamzodning yomon fe’l atvoridan, vafoli do‘st topa olmaganligidan nolib o‘tishgan. Aks holda Alisher Navoiy “Mehr ko‘p ko‘rguzdim, ammo, mehribone topmadim” deb, Bobur esa “Jonimdin o‘zga joni vafodor topmadim” deb yozmagan bo‘lar edi. Lekin, Abdulla Oripovning Ka’batullohga borib iltijo qilishida juda muhim bir ma’no yashiringan. Bu ma’no esa, dindan ajratilgan xalq ahvoliga kuyunish va uning hidoyat yo‘liga yuz burishidan keyingi hayotiga ishonchdir: Shukrona ayturman o‘zingga, yo Rab, Yuz burdik hidoyat yo‘liga qarab. Haq degan yurtimning baxtini so‘rab Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh. 29 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference “Hikmat sadolari” tub mohiyati bilan Hazrati payg‘ambarning aql, tafakkur va ko‘ngil sadolaridir. Shuning uchun ularning deyarli har birida “Rasululloh dedi, Rasululloh demish”, “Rasul amr qildi”, “Rasululloh demishku ul dam” singari ta’kidli iboralardan foydalanilgan. Shu bilan birgalikda turkumdagi mavzularning asosida ham janob payg‘ambarimiz turadi. Mavzularning asosiysi sifatida “Haj daftarida ” payg‘ambar obrazi haqida ham so‘z yuritsak, tahlil qilsak maqsadimiz bir qadar oydinlashadi. Ma’lumki, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning sifatlari, xulqlari, fazilatlari Oisha onamiz, sahobalar tomonidan keltirilgan hadislarda, tarixiy kitoblarda yaqqol aks etgan. Diniy va tasavvufiy asarlarda shaytonning ishlari, makr va hiylalari to‘g‘risida juda ko‘p bahs yuritilgan. Shu ma’noda Shaytonni adabiyotdagi asosiy timsollardan biri deyish mumkin. Shaytonga xos yomonlik va hiyla nayranglar inson tabiati va faoliyati orqali yuzaga chiqadi. Shuning uchun shayton bilan kurashish insondagi yomonlik, yovuzlik, johillik, hiylakorlik, makkorlikka qarshi kurashmoq ma’nosi bilan deyarli teng turadi. Haj safari – shaytonni la’natlash va uni tosh bo‘ron etish safari hamdir. Shuning uchun ham Abdulla Oripov Shaytonga bag‘ishlangan she’rida: Minoda Shaytonni qildik toshbo‘ron, La’natga ko‘mildi badbaxt u lain. Dedik, shuncha yukning ostidan Shay

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada “obraz” tushunchasining badiiy adabiyotdagi keng ma’nodagi talqini tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada “obraz” tushunchasining badiiy adabiyotdagi keng ma’nodagi talqini tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
image, poetic expression, artistic interpretation, symbolic, ramziy ma’no, badiiy ifoda, o‘zbek adabiyoti, ma’naviyat, “Ziyorat daftaridan”, obraz, g‘oya, san’atkorona talqin, adabiy tahlil.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники