К содержанию
РецензированоRU2026

SPORT PSIXOLOGIYASI: MUSOBAQA OLDI STRESSNI YENGISH STRATEGIYALARI

Raxmatov Avazbek

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 75-89 · 2026

Аннотация

В области спортивной психологии стратегии преодоления стресса перед соревнованиями имеют важное значение для стабилизации психического состояния, повышения спортивных результатов и достижения высоких показателей во время соревнований. Эти стратегии включают эффективные методы, направленные на укрепление устойчивости спортсменов к стрессу, повышение мотивации и улучшение концентрации. Ключевые слова: стресс, спортивная психология, стресс перед соревнованиями, стратегии преодоления стресса, мотивация, концентрация Inson hayotining har bir sohasida psixologik holatning o‘rni nihoyatda muhim va beqiyosdir, chunki u insonning fikrlash, his-tuyg‘ulari, xulq-atvori va jismoniy holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Ayniqsa, sport sohasida stress va uning oldini olish masalalari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, sportchining nafaqat professional faoliyatidagi natijalariga, balki shaxsiy ruhiy farovonligiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Musobaqa oldi vaziyatlarda yuzaga keladigan stress holati sportchining diqqatini jamlash, motivatsiyasini yuqori darajada ushlab turish, 39 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference shuningdek, tananing jismoniy holatini maksimal darajada samarali boshqarish qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi. Shuning uchun ham sport psixologiyasi fanining asosiy vazifalaridan biri sifatida musobaqa oldi stressni samarali yengish strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish qaraladi. Bu strategiyalar nafaqat stress darajasini pasaytirish, balki sportchining psixofiziologik holatini barqarorlashtirish, uning o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish hamda o‘zini ijobiy ruhiy muhitda ushlab turish imkonini yaratadi. Zamonaviy sport psixologiyasi olimlari va amaliyotchilari tomonidan taklif etilayotgan turli metod va texnikalar stressga qarshi kurashishda sportchiga kuch-quvvat beradi, shu bilan birga, musobaqa jarayonida yuzaga keladigan psixologik bosimlarni yengilroq yengib o‘tishga yordam beradi. Musobaqa oldi stressni yengish strategiyalari psixologik tayyorgarlikning muhim qismidir, ular sportchining psixologik holatini barqarorlashtirish va jismoniy faolligini yuqori darajada saqlashga xizmat qiladi. Ushbu strategiyalar ichida nafas olish mashqlari, relaksatsiya usullari, vizualizatsiya texnikalari, o‘z- o‘zini motivatsiya qilish va ijobiy fikrlash kabi samarali usullar alohida ajralib turadi. Bu yondashuvlar sportchining stressga bo‘lgan immunitetini oshirish bilan birga, uning musobaqaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, shu bilan birga, jamoaviy ruhni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, stressni boshqarish strategiyalari sportchilarning ruhiy barqarorligi, mustahkamligi va ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli integratsiyasi uchun ham zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida sportchining nafaqat musobaqalarda, balki hayotning boshqa sohalarida ham muvaffaqiyatli va barkamol shaxs sifatida shakllanishiga imkon beradi. Asosiy qism Sport psixologiyasining asosiy maqsadi sportchilarni nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham tayyorlash bo‘lib, ayniqsa musobaqa oldi stress holatini samarali boshqarish muhim vazifalardan biridir. Stress — bu sportchining musobaqa oldidan yuzaga keladigan psixofiziologik holati bo‘lib, u yuqori darajada bo‘lsa, sportchining e’tiborini jamlash, qaror qabul qilish va jismoniy imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bois, sport psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan stressni yengish strategiyalari sportchilarning samarali ishlashida beqiyos ahamiyatga ega. Bu strategiyalar psixologik barqarorlikni ta’minlash, motivatsiyani oshirish va ruhiy holatni optimal darajada ushlab turish imkonini yaratadi. Nafas olish mashqlari — stressni yengishda eng oddiy va samarali usullardan biri hisoblanadi. To‘g‘ri, chuqur va ritmik nafas olish orqali 40 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference organizmda kislorod ta’minoti yaxshilanadi, nerv tizimi tinchlanadi va psixologik bosim kamayadi. Bunday mashqlar sportchining ruhiy holatini barqarorlashtiradi, u musobaqaga ko‘ngildan va ishonch bilan kirishga yordam beradi. Shuningdek, relaksatsiya texnikalari, masalan, progressiv mushaklarni bo‘shashtirish, meditatsiya va vizualizatsiya usullari ham stressni kamaytirish, sportchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, o‘zini boshqarish va diqqatni jamlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Sportchilar orasida qo‘llaniladigan boshqa muhim strategiyalar qatorida ijobiy fikrlash va o‘z-o‘zini motivatsiya qilish usullari alohida ahamiyatga ega. Bu usullar sportchiga murakkab vaziyatlarda o‘ziga ishonchni yo‘qotmaslik, o‘z qobiliyatlariga tayanib, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayyor bo‘lish imkonini beradi. Musobaqa oldidan yuzaga keladigan stressni boshqarish orqali sportchi o‘zining eng yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy holatini namoyon etadi, bu esa muvaffaqiya

Доказательный фрагмент

«В области спортивной психологии стратегии преодоления стресса перед соревнованиями имеют важное значение для стабилизации психического состояния, повышения спортивных результатов и достижения высоких показателей во вр…»

Образец извлечения

Демо-превью

В области спортивной психологии стратегии преодоления стресса перед соревнованиями имеют важное значение для стабилизации психического состояния, повышения спортивных результатов и достижения высоких показателей во вр… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
stress, sports psychology, pre-competition stress, coping, konsentratsiya, motivatsiya, sport psixologiyasi, musobaqa oldi stress, stressni yengish strategiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники