Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
STRESSNI KAMAYTIRISHDA AEROB MASHQLARNING PSIXOFIZIOLOGIK FOYDASI
PSIXOFIZIOLOGIK FOYDASI · Raxmatov Avazbek
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Аэробные упражнения являются важным средством для улучшения психического здоровья, снижения нервного напряжения и облегчения состояний, связанных со стрессом. В процессе выполнения таких упражнений активизируется выработка эндорфинов, серотонина и дофамина — гормонов, улучшающих настроение и предотвращающих депрессивные расстройства. Регулярная физическая активность укрепляет сердечно-сосудистую систему, способствует психофизиологической устойчивости и повышает общее качество жизни и уровень социальной адаптации. Ключевые слова: стресс, психофизиология, аэробные упражнения, душевное равновесие, гормоны, здоровье, качество жизни. Bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bu zamonaviy turmush tarzining keskin sur’atlari, ijtimoiy bosimlar, mehnat faoliyatidagi zo‘riqishlar va ma’naviy ruhiy beqarorliklar natijasida yuzaga kelayotgan stress holatlarining keskin ortib borayotganidir. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ham, barcha ijtimoiy qatlamlar vakillari orasida ruhiy salomatlik muammolari, xususan, stress, xavotir, depressiya kabi holatlarning keng tarqalganligi jamiyat barqarorligiga jiddiy tahdid solmoqda. 51 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Ayniqsa, texnologik taraqqiyot bilan birga insonning harakatsiz hayot tarzi, to‘yib uxlolmaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish va psixologik muvozanatning buzilishi stress holatlarini kuchaytiruvchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Shu nuqtai nazardan olganda, organizmning psixofiziologik tizimlarini tiklash, ichki ruhiy barqarorlikni saqlab qolish va umumiy salomatlikni mustahkamlash maqsadida jismoniy faollik, ayniqsa, aerob mashqlarning ahamiyati mislsiz darajada muhim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yurish, yugurish, suzish, velosiped haydash kabi mashg‘ulotlar orqali nafaqat yurak-qon tomir tizimi mustahkamlanadi, balki miya faoliyati faollashadi, gormonlar muvozanati tiklanadi va kayfiyatni yaxshilovchi endorfinlar ishlab chiqarilishi keskin ortadi. Mazkur mavzuning ilmiy-tadqiqot ob’ekti sifatida tanlanishiga sabab — zamonaviy tibbiyot va psixologiya fanlarida psixofiziologik yondashuvlar asosida stressni kamaytirish vositalari ichida aerob jismoniy mashqlarni qo‘llash mexanizmlari tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu holat sog‘liqni saqlash tizimida innovatsion yondashuvlarni, har bir shaxsning psixoemosional holatini barqarorlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shuning uchun ham stressni kamaytirishda aerob mashqlarning samaradorligini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, ularning fiziologik va psixologik ta’sir mexanizmlarini tahlil qilish, jamiyatning keng qatlamlari orasida bu borada xabardorlikni oshirish va real hayotga tatbiq etish bu boradagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Asosiy qism Inson organizmi tabiatiga ko‘ra muvozanatli harakat, dinamik faoliyat va ijtimoiy-psixologik uyg‘unlikda yashashga mo‘ljallangan murakkab tizimdir, shuning uchun jismoniy faollikning yetishmasligi nafaqat jismoniy salomatlikka, balki ruhiy holatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, doimiy stress holatlarida yashayotgan insonlarning markaziy asab tizimi haddan tashqari zo‘riqadi, gormonal muvozanat izdan chiqadi, natijada kortizol darajasining keskin ortishi depressiya, uyqusizlik, xavotir va beqaror psixoemosional holatlarga sabab bo‘lmoqda. Aynan shu salbiy jarayonlarning oldini olishda va stress darajasini nazorat qilishda aerob mashqlar — ya’ni yurish, yugurish, suzish, velosiped haydash, aerobika mashg‘ulotlari kabi ritmik va kislorod ishtirokida bajariladigan jismoniy faoliyat turlari alohida o‘rin tutadi. Aerob mashqlar psixofiziologik sog‘lomlanishning tabiiy, arzon va noinvaziv vositasi bo‘lib, ular organizmda stressga qarshi kurashuvchi neyromediarorlar 52 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference — endorfin, serotonin va dopamin kabi "baxt gormonlari" ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, bu esa kayfiyatni yaxshilaydi va ichki ruhiy tinchlikni ta’minlaydi. Masalan, 45 daqiqa davom etgan yurish mashg‘ulotidan so‘ng inson qonida endorfin darajasi o‘rtacha 30–40% ga ortishi kuzatiladi, bu esa organizmga og‘riqni kamaytirish, kayfiyatni ko‘tarish va asab tizimini tinchlantirish kabi ijobiy samara beradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir faoliyatining yaxshilanishi, kislorod almashinuvi va qon aylanishining faollashuvi, nafas olish tizimining faol ishlashi tufayli miya hujayralarining kislorod bilan to‘liq ta’minlanishi stressni kamaytirishning fiziologik asosini yaratadi. Shuningdek, aerob mashqlar insonning ichki psixik holatini muvozanatlashda muhim rol o‘ynaydi, ya’ni ular yordamida e’tibor va xotira kuchayadi, fikrlash aniqlashadi, emotsional portlashlar kamayadi hamda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortadi. Bu mashg‘ulotlar vaqtida organizmda o‘ziga xos
Доказательный фрагмент
«Аэробные упражнения являются важным средством для улучшения психического здоровья, снижения нервного напряжения и облегчения состояний, связанных со стрессом.»
Образец извлечения
Демо-превьюАэробные упражнения являются важным средством для улучшения психического здоровья, снижения нервного напряжения и облегчения состояний, связанных со стрессом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- stress, psychophysiology, aerobic exercise, mental balance, psixofiziologiya, gormonlar, sog‘liq, ruhiy barqarorlik, hayot sifati., aerob mashqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026