Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA XAT MOTIVI (“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONI MISOLIDA)
DOSTONI MISOLIDA) · Boltayeva Iroda
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article analyzes the artistic and philosophical significance of the letter motif on the example of Alisher Navoi's epic poem Layli and Majnun. Attention is drawn to the fact that the image of the letter is used not only as a means of expressing love experiences, but also as a symbolic symbol that reveals social contradictions, as well as reflecting mystical thinking. The author artistically analyzes such aspects as the elevation of human love to the divine essence through Majnun's letters, the expression of the soul not through words, but through spiritual feelings. Through the letter motif, Navoi's world of images deepens, the dramatic conflict intensifies, and the spiritual and philosophical layers of the epic are revealed. Keywords: Qays, Arab girl Layli, Amir's tribe, the great throne, the pain of love, steppe, farewell, letter, Majnun. Sharq adabiyoti tarixida ishqiy dostonlar muhim o‘rin tutadi. Ular nafaqat muhabbat kechinmalarini tasvirlaydi, balki jamiyat, axloq, tasavvuf, ma’naviyat va ruhiy tarbiyaning asosiy g‘oyalarini ham o‘z ichiga oladi. Bu borada Alisher Navoiy yaratgan “Xamsa” turkumidagi dostonlar, xususan, “Layli va Majnun” asari, o‘zining g‘oyaviy-falsafiy chuqurligi, badiiy yuksakligi va obrazlar ichki dunyosining nozik tasviri bilan ajralib turadi. Alisher Navoiy ushbu dostonni Nizomiy Ganjaviyning shu nomli asari asosida yaratgan bo‘lsa-da, o‘zining yuksak poetik mahorati va tasavvufiy tafakkuri bilan uni yangi badiiy bosqichga olib chiqdi. Dostonning markazida Majnun va Layli o‘rtasidagi sof, pok, lekin ayanchli 63 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference muhabbat voqeasi turadi. Bu muhabbat sadoqat, iztirob, ijtimoiy to‘siqlar, iymon va ruhiy komillik bilan chambarchas bog‘langan. Alisher Navoiy ushbu dostonda obrazlar ruhiy holatlarini tasvirlashda turli san’at vositalaridan — ramz, timsol, tazod, istiora, tashbeh va albatta, motivlardan keng foydalanadi. Shulardan biri — xat motivi — dostonda alohida poetik yuklama kasb etadi. Xat bu yerda oddiy aloqa vositasi bo‘lishdan ko‘ra, ko‘proq ruhiy holatlarning yozma in’ikosi, so‘zga aylangan dard, so‘zsiz nolalarning harfiy shakli sifatida talqin qilinadi. Sharq adabiyotida xat motivi o‘tmishdan buyon mavjud bo‘lib, u ko‘p hollarda sevgi, ayriliq, sog‘inch yoki sadoqat ramzi sifatida qo‘llanilgan. Xat — ikki yurak o‘rtasidagi ko‘prik, ikki dunyo o‘rtasidagi rishta sifatida tasvirlangan. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida esa bu motiv orqali Majnunning Layliga yetolmagan, lekin doimo unga intilgan yuragi, umidsizligi-yu sadoqati, aytishga til ojiz bo‘lgan iztirobi bayon etiladi. Shunday qilib, “Layli va Majnun” dostonidagi xat motivi orqali Navoiy nafaqat Majnunning individual kechinmalarini, balki butun bir insoniyatning sevgi va iztirob borasidagi umuminsoniy holatini badiiy talqin etadi. Ushbu maqolada aynan shu motiv asosida asar tahlil qilinadi, uning ma’naviy-badiiy yuklamasi ochib beriladi. Har bir asarda xatlar qaysidir vositachi orqali yetkazib beriladi. Ba’zilarida kabutar, musicha, mayna hamda eng ko‘p tarqalgan - daryo qushlari (bu qushlar boshqa tillarda “massage birds”, “mail carriers”, “massage birds” yoki “carrier birds” kabi turli xil tarjimalarga ega) kabi qushlar asosiy xat tashuvchi qushlar bo‘lib xizmat qilishgan. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhodning do‘sti Shopur vositachilik qilganidek, “Layli va Majnun” dostonida Zayd vositachilik qiladi. U Laylining Majnun haqidagi habarni Layliga yetkazgach Layli uning so‘zlarini eshitib “So‘zlaring jonimga jon, jismimga ruh bag‘ishladi. Sen jonim dardiga malham bo‘lding. Sen odam emas, farishrasan!”- deb aytadi. Bundan ayon bo‘ladiki, Zayd o‘z vazifasini a’lo darajada bajargan. Layli uni xushxabar keltirgani uchun taqdirlab, Majnun uchun xat yozib beradi. Xat quyidagicha: Ushbu raqamki naqshi Chindur, Bir xastag‘a bir shikastadindir. Ya’ni meni zori mubtalodin, Sengaki qutulmading balodin.1 1. “Ushbu raqamki naqshi Chindur,” Bu yozilgan maktubdagi naqsh (ya’ni satrlar, harflar, bitiklar) — Chin naqshidir, ya’ni haqiqatdan bo‘lgan, samimiy, rost yurakdan chiqqan yozuvdir. Bu yerda “Chin” so‘zi “haqiqiy” ma’nosida kelmoqda, 1 Layli va Majnun dostoni 244-bet 64 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference shuningdek, u Sharq adabiyotida ko‘pincha haqiqat va rostlik timsoli sifatida ishlatiladi. Layli bu baytda maktubining riyosiz (soxtalikdan xoli) ekani, yozuvlar yuragining tubidan chiqqanini ta’kidlaydi. 2. “Bir xastag‘a bir shikastadindir.” Bu naqsh, ya’ni maktub, bir bemorning boshqa bir xasta hol ahvolga tushgan kishiga yozgan murojaatidir. Ya’ni Laylining o‘zi ham “xasta” – u muhabbatda qiynalmoqda, iztirob ichida. 3. “Ya’ni meni zori mubtalodin,” Bu — “Men, mubtalo bo‘lgan, iztirob chekkan, zor holimda bo‘lgan kimsaman” degani. “Zor” — muhabbat iztirobida yongan, ojiz, bechorahol inson; “mubtalo” — baloga giriftor, muhabbat dardiga ch
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the artistic and philosophical significance of the letter motif on the example of Alisher Navoi's epic poem Layli and Majnun.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the artistic and philosophical significance of the letter motif on the example of Alisher Navoi's epic poem Layli and Majnun. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qays, Arab girl Layli, Amir's tribe, the great throne, the pain of, Omir qabilasi, ishq dardi, arab qizi Layli, visol, dasht, arshi a’zam, maktub, Majnun.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024