Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘TKAN KUNLAR ROMANIDA XAT MOTIVI
Boltayeva Iroda
Развитие педагогических технологий в современных науках · 1920
Аннотация
“Baygone days” is a major epic work by Abdulla Qodiriy, considered one of the modern figures in Uzbek literature, in which the true spiritual image of the people is shown based on the description of the "dirtiest, darkest days" of the history of the nation. This article analyzes the letter motif, which plays an important role in the poetic structure of the work. Keywords: Abdulla Qodiriy, pathos of the novel, Otabek, Kumush, unexpected happiness XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining o‘chmas izini qoldirgan buyuk siymolardan biri Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisi hisoblanadi. U adabiy faoliyatini she’rlar bilan boshlagan. She’rlarida millat va vatanga xizmat qilish, uni g‘aflat, jaholat uyqusidan uyg‘otishga da’vat borligi ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Undan keyin “Juvonboz” “Uloqda” hikoyalari “Baxtsiz kuyov” dramasi bosib chiqildi va tez orada muxlislar mehrini qozonishga ulgurdi. Mana shunday asarlar yozish bilan birga u rus tilini mukammal bilgan va bu Abdulla Qodiriyning yozuvchi sifatida kamolotga yetishiga ko‘makdosh bo‘lgan. O‘zbek adabiyotidagi ilk roman – “O‘tkan kunlar”. Abdulla Qodiriy bu romanini 1920-yillar boshida yozgan va u ilk bor 1923-1924-yillari “Inqilob” jurnalida chop etilgan. Asar 1926-yilga kelib alohida kitob holida nashr etilgan. Adib romani bilan XIX asr miqyosidagi mudhish tarixiy jarayon haqiqati – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan “xon zamonlari”ni ochib beradi. “O‘tkan kunlar” ma’no-mundarijasi ancha keng romandir. Unda turli insonlar taqdiri, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olinadi. Mashhur sharqshunos akademik Yevgeniy Bartels shunday yozadi: Qodiriy romanlari butun tarkibi bilan o‘ziga xos uslubda yozilgan o‘zbek romanlaridir. Dunyoda beshta, ya’ni: fransuz, rus, ingliz, nemis va hind romanchilik maktablari bore di. Endi oltinchisi, ya’ni o‘zbek romanchilik 205 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference maktabini Abdulla Qodiriy yaratib berdi” Chindan ham Qodiriy o‘zbek romanchiligiga katta hissa qo‘shgan. U arab yozuvchisi Jurji Zaydoniyni roman yozishga havaslantirgan ustozi ekanini aytadi. Roman voqealar rivojida maktublarning o‘rni ahamiyatga ega. Negaki romanda jami o‘n yettita maktub mavjud bo‘lib, shulardan eng birinchisi Yusufbek hojining o‘g‘liga yozgan maktubi. Ushbu maktub roman strukturasida muhim vazifa bajaradi. Bu maktub VI fasl “Toshkand ustida qonliq bulutlar” qismida keltirilgan bo‘lib, “Havalboriy” ya’ni arabchadan tarjima qilinganda Olloh, parvardigor deya boshlandi. Bu xatda Yusufbek hoji o‘g‘lidan hol-ahvol so‘ragach “Bizning Toshkanddan ahvol so‘rasang, balki, Marg‘ilonga ham eshitilgandir, munda Azizbek qandog‘dir bir kuchga tayanib Qo‘qong‘a isyon etdi. Xazina hisobini olish uchun kelg‘on devon beklarini o‘ldirib o‘rda darbozasiga ochdi, bunga qarshi Qo‘qon ham tinch yotmog‘on bo‘lsa kerak. Bu kun Kirovchidan besh ming sipoh ila Normuhammad qushbegini Toshkand ustiga buyurilg‘anlig‘ini eshitdik. Fuqaroning tag‘in qandog‘ ko‘rguliklar bor ekan o‘g‘lim! … Shuni ham aytib qo‘yayki, bu tinchsizlik bosilmag‘uncha Toshkentga kelmasliging maslahatdir.” Romandagi bu maktubni Yusufnek hoji 27-davl oyida 1264-yilda yozadi. Maktubda yozilganidek otabek bu vaxtda Toshkentga borsa hayoti havf ostida qolishi turgan gap edi. Bu maktub asar kompozitsiyasining muhim ustuni bo‘lib xizmat qilgan. Xuddi mana shu maktub orqali Otabek o‘limdan asrab qolinadi. “O‘tkan kunlar” romanida xat — bu shunchaki muloqot vositasi emas. Abdulla Qodiriy xat motividan roman ichidagi ruhiy va ijtimoiy ziddiyatlarni kuchaytirish, voqeani rivojlantirishda mahorat bilan foydalangan. Qodiriy bua sari bilan boshqa bir asarlarning dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Turkman yozuvchisi Xidir Deryayev shunday yozadi: “Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlar“ romani menda bir umrga unutilmas taassurot qoldirgan va ilhom bagʻishlagan. Shundan keyin menda turkman xalqining oʻtmishi haqida roman yozish ishtiyoqi tugʻildi. Katta niyat bilan „Qismat“ romanim ustida ish boshladim.” Izzat Sulton shunday yozadi: Men Qodiriydan: “O'tkan kunlar” romaningiz voqeiy asarmi, deb so‘radim”. “Yo‘q, - dedilar u kishi, - romandagi besh-o‘n foiz ayrim tarixiy voqealar, shaxslargina voqeiy. Qolganlari yozg‘uvchining mahorati...” Bu javob mening “O‘tkan kunlar”ga bo‘lgan e’tiqodimni juda susaytirdi. Tog‘risi, shunday deb javob berganlari uchun xafa ham bo‘ldim. Chunki o‘sha choqqacha men “O‘tkan kunlar”ni voqeiy asar deb yurardim...” 206 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Xulosa: Maktub ham asar voealarini ochib berishga, qahramonlar hayotida muhim o‘rin tutishini O‘tkir Hoshimovning mashhur “O‘tkan kunlar” romanida isbotini topgan. Maktub ham asar voqealarini ochib berishga, qahramonlar hayotida muhim o‘rin tutishini O‘tkir Hoshimovning mashhur “O‘tkan kunlar” romanida isbotini topgan. Ushbu roman voqeal
Доказательный фрагмент
«“Baygone days” is a major epic work by Abdulla Qodiriy, considered one of the modern figures in Uzbek literature, in which the true spiritual image of the people is shown based on the description of the "dirtiest, dar…»
Образец извлечения
Демо-превью“Baygone days” is a major epic work by Abdulla Qodiriy, considered one of the modern figures in Uzbek literature, in which the true spiritual image of the people is shown based on the description of the "dirtiest, dar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abdulla Qodiriy, pathos of the novel, Otabek, Kumush, kutilmagan bir baxt, roman pafosi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026