К содержанию
РецензированоRU2026

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO‘YICHA VAKOLATLARI VA QO‘LLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO‘YICHA · Tillaxodjayev Bahodir Abdullaxanovich · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Xuquqbuzarliklar · Xasanboyev Saidbek Toxirjon o‘g‘li

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Данная статья посвящена полномочиям органов местной государственной власти в осуществлении профилактики правонарушений, их понятию, основным направлениям, теоретическим и практическим проблемам организации и совершенствования деятельности по профилактике правонарушений, а также путям их решения. В ней освещены основные направления организации и совершенствования деятельности органов местной государственной власти в осуществлении профилактики правонарушений. Проанализированы существующие в деятельности проблемы и разработаны предложения и рекомендации по их решению. Ключевые слова: Орган местной государственной власти, власть, правонарушение, профилактика правонарушений, полномочия органов 15 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference местной государственной власти, преступление, насилие, гуманность, сотрудничество, социальная защита. Mustaqillik yillarida huquqbuzarliklar profilaktikasi nafaqat ichki ishlar organlari faoliyatining, qolaversa mamlakatimizda huquq- tartibot va qonun ustuvorligini taʼminlashning asosiy yO‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘tgan yillar davomida ushbu sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida huquqbuzarliklar profilaktikasi O‘zining tashkiliy va huquqiy asoslariga ega bo‘lganligi bilan birga, insonparvarligi, keng qamrovliligi,kompleks xususiyatga egaligi, samaradorligi,shuningdek oshkoralik,keng jamoatchilikning ishtiroki, xalq ommasining fikriga tayanish tamoyillariga asoslanishi natijasida ahamiyati ortib bordi. O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniymanfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 10 apreldagi PF- 5005- sonli Farmoni, shuningdek ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar barvaqt profilaktikasi va oldini olish bO‘yicha faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida 2017 yil 18 apreldagi “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bO‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari tO‘g‘risida”gi PQ- 2896- sonli qarori asosida axoli turar joylarida huquqbuzarliklarning oldini olishning yangi tizimi tashkil etildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari 2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegiallik asosida olib boradi. Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi. 1994- yil 25 dekabrda va 1999- yil 5 dekabrda Oʻzbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. Mahalliy ijroiya organlari- hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya hokimiyati organlarining tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan O‘zbekiston 16 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimiyati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammolarni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyalarida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va qonunlarga zid boʻlmasligi lozim. Hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена полномочиям органов местной государственной власти в осуществлении профилактики правонарушений, их понятию, основным направлениям, теоретическим и практическим проблемам организации и совершенс…»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена полномочиям органов местной государственной власти в осуществлении профилактики правонарушений, их понятию, основным направлениям, теоретическим и практическим проблемам организации и совершенс… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Орган местной государственной власти, власть, jinoyat, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, ijtimoiy muhofaza qilish., zo‘ravonlik, Mahalliy davlat hokimiyati organi, huquqbuzarlik, hokimiyat, hamkorlik, insonparvarlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники