Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDAGI XALQARO TAJRIBA
Boltayeva Iroda
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
This article analyzes the best practices accumulated in different countries of the world in the development of the inclusive education system. The processes of creating equal opportunities in inclusive education, effective integration of children with disabilities and special needs into the general education system are considered. Based on the experience of Finland, Italy, Japan, the USA and other advanced countries, the organizational, legal, methodological and psychological foundations of inclusive education are studied. This article can be an important theoretical and practical resource for further improving the inclusive approach in the education system of Uzbekistan. Keywords: Inclusive education, special needs, pedagogical approach, international experience, integration, educational policy, inclusion model. So‘nggi yillarda global miqyosda ta’lim sohasida asosiy e’tibor har bir shaxs uchun teng imkoniyatlar yaratishga, turli ehtiyojlarga ega bolalarni umumta’lim maktablariga jalb etishga qaratilmoqda. Bu jarayon “inklyuziv ta’lim” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u ta’lim tizimining har tomonlama ochiqligini, ijtimoiy adolat va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 4-maqsadda ham barcha uchun sifatli ta’limni ta’minlash va hayot davomida o‘qish imkoniyatini yaratish zarurligi ta’kidlangan. Turli mamlakatlarda inklyuziv ta’limning yo‘lga qo‘yilishi ularning madaniy, iqtisodiy va siyosiy kontekstiga qarab turlicha kechmoqda. Shu bois, xalqaro tajribalarni tahlil qilish nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham dolzarbdir. 114 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Rossiy Federatsiyasi o‘quvchini imkoniyati cheklanga bolalar ta’limiga tayyorlash uchun “Umumta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari kasbiy darajasini oshirishning kompleks dasturi”da asosiy yo‘nalishlar aks etgan. Ushbu dastur Rossiya Federatsiyasida 2014-yil ishlab chiqilgan. N.V. Borisova, A.S.Purushuniskiy ta’kidlaydilarki, inklyuziv ta’lim tayanadigan ijtimoiy modelga ko‘ra, “nogironlikning sababi faqat kasallikning o‘zida emas, balki jamiyatdagi mavjud jismoniy (ijtimoiy tuzilmalar va tartiblarga doir) va tashkiliy (munosabatlarga doir) to‘siqlar, stereotiplar va noto‘g‘ri qarashlardir 1970-yillardan boshlab nogironlarning ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida normativ aktlar paketi ishlab chiqish joriy qilingan. Inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirish uchun albatta xorij bilan tajriba almashilinib turadi. Jumladan AQSH 1875-yildan 1914-yilgacha majburiy maktab ta’limini joriy qilinishi quyidagicha bo‘lgan. • Maktab deligatsiyasi; • Ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirish; • Meynsriling; • Integratsiya; • Inklyuziya Meynstriling – bu shunday strategiyaki, bunda nogiron bolalar o‘z tengdoshlari bilan bayramlarda, turli xil darsdan tashqari vaqtlarda muloqot qiladilar, ayrim bolalar ommaviy maktablarning sinflariga kiritilib, ular ta’lim olish maqsadida emas, balki o‘z tengdoshlari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kiritiladi. Integratsiya – bu ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan bolalar ehtiyojlariga ko‘ra ta’lim jarayonini amalga oshirish; ular nogiron bolalar uchun moslashtirilmagan maktablarga boradilar, lekin maktabga borish majburiy emas, bu ularning istak xohishlaridan kelib chiqadi. Italiya, Norvegiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar alohida ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassalariga integratsiyalab maxsus korreksion maktablarning yopilishiga erishdilar. Biroq maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitiga qabul qilgan davlatlar jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash va kompentsatsiyalashga yo‘naltirilgan qo‘shimch ta’lim xizmatini ko‘rsatish ma’suliyatidan ozod etilmaydi Yaponiya yondashuvi. Yaponiya inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich joriy etmoqda. Bu mamlakatda avval “maxsus maktablar” keng tarqalgan bo‘lsa-da, hozirda asta-sekin umumta’lim maktablariga integratsiyalash jarayonlari 115 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference kuchaymoqda. Yaponiyada muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali o‘quvchilarning ehtiyojlari aniqlanadi va ular asosida yondashuv belgilanadi. Italiya modeli. Italiyada 1970-yillardan boshlab barcha bolalarni umumiy maktablarda o‘qitish siyosati yuritiladi. Bu yerda “resurs o‘qituvchilari” tizimi mavjud bo‘lib, ular nogironligi bo‘lgan bolalarga individual yordam ko‘rsatadi. Inklyuziv muhitni shakllantirishda ota-onalar, psixologlar va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Xulosa: Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kompleks yondashuv, ya’ni huquqiy baza, pedagogik tayyorgarlik, texnik va metodik ta’minot, hamkorlikdagi muhit va ijtimoiy ongni o‘zgartirish muhim omillar hisoblanadi. O‘zbekiston ham bu borada izchil islohotlarni amalga oshirmoqda. 2020- yilda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlar
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the best practices accumulated in different countries of the world in the development of the inclusive education system.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the best practices accumulated in different countries of the world in the development of the inclusive education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inclusive education, special needs, pedagogical approach, ta’lim siyosati, inklyuziya modeli., pedagogik yondashuv, maxsus ehtiyoj, Inklyuziv ta’lim, xalqaro tajriba, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024