К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONLIKLARNING FRONTDAGI JASORATI VA QAHRAMONLIKLARI

SCIENCE SHINE · Jahongir Usmanov Xujaqulovich · Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonliklarning jasorati

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

The article deals with the study of clans that consider themselves “Uzbek-Turkmen”, “Nurota-Turkmen” and “Turkman-Yuzeli” in Samarkand, Nurota, Koshrobod and neighboring villages of the middle Zerafshan basin at the end of the 19th and beginning of the 20th centuries. Keywords. Oguz, ogh, tribe, clan, "own", "Uzbek-Turkmens," "Nurota Turkmens," "six ancestors of Qozoyoqli" and "five ancestors of Mangishlov," "24 ancestors of Turkmens," Akman and Karamon, people, tribe, Qozoyoqli, Oytamghali, Qoshtamghali. Kirish. Arab geografi Ibn Xavqal (X asr) ma’lumotlariga qaraganda, islom dinini qabul qilgan mingga yaqin turk oilasi sharqdan Farob, Kenjit va Shosh orasidagi hududga, ya’ni hozirgi Chimkentning janubi-g‘arbiga ko‘chib kelganlar. O‘g‘uz – o‘g‘ – qabila – urug‘ ma’nosini anglatgan, “o‘z” esa qo‘shimchadir. O‘g‘uzlar ittifoqi IX asrning oxiri – X asr boshlarida Orol va Kaspiy dengizlari bo‘ylarida shakllanadi. Sirdaryo etaklarida poytaxti Yangikent bo‘lgan O‘g‘uzlar davlati X asrda tashkil topadi. Ammo ko‘p o‘tmay ular qipchoqlar tomonidan tor-mor etilib, bir qismi g‘arbga rus dashtlariga borib joylashadi. O‘g‘uzlarning boshqa qismi saljuqiylar boshchiligida hozirgi Turkmaniston, Orol dengizining shimolida joylashib qoladilar. Yozma manbalarda qayd etilishicha, o‘g‘uzlarning islom dinini qabul qilganlari mahalliy aholi bilan aralashib ketgan qismi turkmanlar deb atalgan. Mahmud Qoshg‘ariy (XI asr), Ibn al Asir (XI asr), Rashididdin (XIII-XIV asrlar), Abulg‘ozixon (XVII asr)ning xabar berishicha, o‘g‘uzlar 22 yoki 24 qabiladan iborat 71 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 bo‘lgan. Sirdaryoning quyi oqimi, Orol dengizining shimolida barpo bo‘lgan O‘g‘uz davlatining yabg‘usi Saljuqbek Saljuqiylar sulolasining asoschisi bo‘lgan. Ibn al Asirning yozishicha, u uzoq umr ko‘rib, 107 yoshida dunyodan ko‘z yumadi7. Saljuqbek dastlab Yangikent yabg‘ulari xizmatiga kirgan. Lekin ular bilan murosa qila olmay, Sirdaryoning quyi chap sohilidagi Jand hokimi bilan yaqinlashadi. Jand hokimi Shohmalik bilan ham kelisha olmagach, Nurota tog‘lariga ko‘chgan. Somoniy hukmdorlari o‘g‘uzlarga Nurota dasht yaylovlarida yashashga izn beradi. Nurota o‘g‘uzlarining bir qismi qolib, qolganlari Amudaryodan o‘tib, hozirgi Turkmaniston hududiga borib joylashadilar. Zarafshon vodiysi va Nurota tog‘ etaklarida o‘g‘uz saljuqlar avvaldan yashagan. Ular ilk bor VIII-IX asrlarda shu hududga kelib o‘rnashganlar. X asr davomida ularning soni birmuncha ko‘paygan. O‘g‘uz saljuqiylarning katta qismi XI asrning birinchi choragida Xurosonga ko‘chgan bo‘lsada, ularning bir qismi Nurota tog‘oldi tumanlarida qolib, o‘zbek qabilalari bilan aralashib ketgan8. Qizilqumdan janubda cho‘l va dashtlar vohalar bilan aralash joylashib, ularning asosiy aholisi Dashti Qipchoqdan chiqqan yarim ko‘chmanchi turmush tarziga o‘tgan o‘zbek urug‘-qabilalari bo‘lgan. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. O‘zbeklar tarkibidagi turkman-yuz eli Nurota turkmanlari tarixini ilmiy jixatdan o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan, V.V.Raddov, A.D.Grebenkin, A.Xoroshxinlar boshlab berdilar. Nurota bekligida yashagan turkmanlar haqida ilk bor nemis olimi turkshunos V.V.Radlov 1868 yili yozgan9. V.V.Radlov Nurota torligidagi Qoratog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy etaklarida joylashgan Oqchop qishlog‘idan boshlab, sharqqa tomon safar qilib, to Qoraabdal qishlog‘igacha bo‘lgan qariyib 100-150 kilometrlik masofada joylashgan qishloqlarning etnik tarkibi, xo‘jaligi, sug‘orish tizimi va qishloqlarga olib boruvchi yo‘llarni o‘rgandi. V.V.Radlovning fikricha, Buxoro amirligi xududiga kiruvchi Nurota bekligida yashovchi va uzini turkman deb atovchi gurux; uchta katta uruqqa- Qozoyoqli, qonjig‘ali, bo‘gajiliga bo‘linadi va ular Zarafshon voxasidagi boshqa axoli singari o‘troq yashaydilar10. V.V. Radlovning Nurota tog‘ oldi qishloqlariga qalgan bu safari 1868 yilda Zarafshon voxasining bir qismi Samarkand shaxri bilan birgalikda Rossiya 7 Ибн ал Асир. Ал Комил фит-тарих. Т. 1. –М., 1973. С. 52-76. 8 Эшов Б., Адилов А. Ўзбекистон тарихи. 303 б; Истаҳри ВСА, III, с. 286; Шониѐзов К.Ш. Қарлуқ давлати ва қарлуқлар. –Тошкент: Шарқ, 1999. 95 б. 9 Радлов В.В. Из Сибири. О населении Зерафшанской долины. –М.., 1989, с. 162-166. 10 Радлов В.В. Средняя Зерафшанская долина // Записки Императорского Русского географического общества по отделению этнографии. Т. 6. СПб, 1880. С. 3,9, 51, 55, 63, 64. 72 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 imperiyasi boshqaruviga o‘tgach yuz bergan va bu xudud Zarafshon okrugi deb atalgan. Shu okrugning Kattaqo‘rg‘on uyezdida yashovchi turkmanlarning ba’zi qabila va urug‘larini A.D.Grebenkin 1872 yilda Moskvada nashr qilingan maxsus to‘plamda «Rus Turkistonidagi o‘zbeklar» nomli makolasida (aniqrog‘i xisobotida) bayon qiladi. Bunda o‘zbekning Kattaqo‘rg‘on uyezdida yashovchi va o‘zlarini turkman deb atovchi el tarkibidagi bo‘gajali qabilasi o‘rda, yastovon, ch

Доказательный фрагмент

«The article deals with the study of clans that consider themselves “Uzbek-Turkmen”, “Nurota-Turkmen” and “Turkman-Yuzeli” in Samarkand, Nurota, Koshrobod and neighboring villages of the middle Zerafshan basin at the e…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article deals with the study of clans that consider themselves “Uzbek-Turkmen”, “Nurota-Turkmen” and “Turkman-Yuzeli” in Samarkand, Nurota, Koshrobod and neighboring villages of the middle Zerafshan basin at the e… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Oguz, ogh, tribe, clan, "own", "Uzbek-Turkmens, " "Nurota
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники