К содержанию
РецензированоUZ2026

TISH FLYUOROZI VA UNI OLDINI OLISH USULLARI TO’GRISIDA QARASHLAR

Xolmo'minov Nurali Nafas o'g'li · Mahmudov G'ulom Alisherovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Flyuoroz - bu organizmda ftorning ortiqcha miqdori tufayli yuzaga keladigan tish kasalligi. Ftor elementining ma’lum miqdori organizm uchun juda zarur. Ftor organizmga oziq-ovqat bilan ko'pincha suv bilan kiradi. Agar organizmda yetarli darajada ftor bo'lmasa, suyak to'qimasi va tish emalida o’zgarishlar paydo bo'ladi. Ammo ftorning ortiqcha miqdori ham organizmda qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ftorning o'ta to'yinganligi bilan flyuoroz paydo bo'ladi. Kasallikning birinchi belgisi - emal rangining o'zgarishi. Tishlarda oq dog'lar paydo bo'ladi, ular asta-sekin kattalashib, jigarrang tusga kiradi. Ammo tishlardagi flyuoroz nafaqat kosmetik muammodir. Bu dog'lar emal qavatining yupqalashganini va hattoki yo’qotilishini ko'rsatadi. O'z vaqtida davolanmasa, bu tishlarning yo'qolishiga olib keladi. Flyuoroz bir nechta tishlarda paydo bo'lishi mumkin. Patologiya bir nechta qismlarda yoki butun tish tojini qamrab olishi mumkin. Va eng muhimi, ushbu kasallik bilan kasallangan bemorlarning katta foizi 4-6 yoshli bolalardir. Tish shakllanishining ushbu bosqichida flyuoroz tuzatib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kalit so’zlar: Flyuoroz, ftor, remineralizatsiyalovchi terapiya. Mavzuning dolzarbligi: Flyuoroz tarqalishi va tibbiy ijtimoiy ahamiyatiga ko’ra stomatologiyaning muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Tish flyuorozi deganda tish shakllanish davrida ftor birikmalarini haddan tashqari ko’p iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan kasallik tushuniladi, bu emalning buzilishi bilan birga bo’rsimon va pigmentli dog’lar paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ichimlik suvi tarkibidagi ftor konsentratsiyasining oshishi bilan nafaqat aholi orasida flyuorozning tarqalishi, balki tishlarning qattiq to’qimalariga zarar yetkazish darajasi ham oshadi. Bugungi kunga kelib ma’lumki ftoridlarning ko’payishi shakllanayotgan emalga toksik ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ftorning shakllanayotgan emalga ta’siri xilma-xildir, birinchi navbatda emalning oqsil matritsasi, oqsil va mineral komponentlar o'rtasidagi bog’liqlik buzilishiga yordam beradigan fermentativ jarayonlarning o’zgarishidan iborat. Ortiqcha miqdordagi ftorni uzoq muddat iste’mol qilish fosfataza faolligini oshiradi, bu esa emalning mineralizatsiya jarayoniga salbiy 26 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ta’sir qiladi. Tish flyuorozini davolashga nisbatan savollarni yechimi hali to’laligicha bartaraf etilmagan. Flyuoroz paytida emal demineralizatsiyasi sodir bo’lganligi sababli remineralizatsiya terapiyasini o’tkazish talab etiladi. Terapiya o’tkazishni tanlash flyuorozni shakllariga bog’liq. Remineralizatsiyalovchi terapiya kompleks davolashga kiritiladi yoki mustaqul ravishda olib boriladi. Mahalliy remineralizatsiyalovchi terapiyaning turli xil metodlari mavjud. Birinchidan – elektroforez, ultrafonoforez apparatlari yordamida tish qattiq to’qimasiga dori preparatlarini kiritish usuli. Ikkinchidan - passiv diffuziyaga asoslangan usullar gellar, eritmalarni alohida qo’llash va boshqalar. Dunyo bo’yicha ushbu patalogiyaning soni doimiy o’sib bormoqda. Tadqiqot maqsadi: Bolalarda tish flyuorozini davolash va ikkilamchi profilaktikasini amalga oshirishning mavjud usullar samaradorligini qiyosiy tahlil qilish va yangicha usulini ishlab chiqish. Davolash samaradorligini oshirish va optimallashtirish. Materiallar va tadqiqot usullari: Chiroqchi tumanida yashovchi turli yosh toifasidagi 30 nafar bolalar tadqiqot uchun tanlab olinadi. Mazkur hududdagi ichimlik suvidagi ftoridlar miqdori aniqlanadi. Tadqiqot usullari: 1.Emal rezistentlik testi (TER) 2.KPU testi, gigienik indekslar 3.Foto hisobotlar . 4.Laborator tekshiruv usullari (umumiy qon tahlili, biokimyoviy qon tahlili, immunologik tekshiruvlar). 5.Klinik tekshiruv usullari. 66.Statistik tadqiqot usullari. Xulosa: Organizmning ftorni qabul qilish xususiyati hammada har xil. Tarkibida ftorning konsentratsiyasi yuqori bir xil suv manbasidan bir xil miqdordagi ftorni iste’mol qilgan organizmning hammasida ham flyuoroz uchramaydi. Bundan tashqari endemik bo’lmagan hududda yashagan kishilarda ham flyuoroz uchrab turadi. Flyuorozning bu shakllarini qiyosiy tahlil qilish, bizning fikrimizcha, katta ilmiy qiziqish uyg’otadi.

Доказательный фрагмент

«Flyuoroz - bu organizmda ftorning ortiqcha miqdori tufayli yuzaga keladigan tish kasalligi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Flyuoroz - bu organizmda ftorning ortiqcha miqdori tufayli yuzaga keladigan tish kasalligi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
remineralizatsiyalovchi terapiya., ftor, Flyuoroz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники