К содержанию
РецензированоRU2026

ZAMONAVIY OILA PSIXOLOGIYASI: TIZIMLI YONDASHUV, STRESS OMILLARI VA FAROVONLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLOVCHI RESURSLAR

Nizomiy nomidagi O‘zMPU

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается современная психология семьи с позиции системного подхода. Анализируются стрессовые факторы в семейной среде, их влияние на психологическое здоровье, а также ресурсы – психологические, социальные и культурные, – способствующие поддержанию благополучия. Особое внимание уделяется механизмам установления эмоциональной близости, эффективной коммуникации и поддерживающей среды между членами семьи. Также представлены современные подходы в психотерапии, методы преодоления семейных стрессов и повышения качества жизни. Статья содержит как теоретические основы, так и практические рекомендации для психологов, педагогов и родителей. Ключевые слова: современная семья, семейная психология, системный подход, стрессовые факторы, психологическое благополучие, эмоциональная поддержка Oila psixologiyasi insoniyatning psixologik, ijtimoiy va emotsional farovonligida markaziy o‘rin egallaydi. Bu yo‘nalish oilaviy tizimlarning ichki 29 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tuzilmasi, o‘zaro aloqalari, ijtimoiy rol va stressga nisbatan reaktsiyalarni o‘rganadi. Zamonaviy oilalar ijtimoiy-psixologik bosimlar, iqtisodiy notinchlik, gender rollarining o‘zgarishi, va yangi texnologiyalar ta'sirida murakkab sharoitda faoliyat yuritmoqda (Carr, 2019; Walsh, 2016). Shu sababli oila psixologiyasining tizimli va empirik asoslangan yondashuvi yanada dolzarb bo‘lib bormoqda. Asosiy qism Oila tizimi nazariyasi asosida qarash. Oila tizimi nazariyasiga ko‘ra (Emery, 2014), har bir oila - bu murakkab ijtimoiy tizim bo‘lib, uning a'zolari o‘zaro chambarchas bog‘langan. Bu nazariya asosida oila kichik tizimlarga (juftlik, ota- ona-bola, opa-uka) bo‘linadi. Har bir kichik tizimdagi o‘zgarish butun tizimga ta’sir qiladi. Masalan, juftlikdagi ziddiyat bola tarbiyasiga ta’sir qilishi mumkin, bola xatti-harakatidagi muammolar esa ota-onaning ruhiy holatini yomonlashtiradi (Cummings et al., 2005). Oilaviy stress modeli va spillover effekti. Family Stress Model (FSM) (Masarik & Conger, 2017) oiladagi tashqi yoki ichki stress omillari — iqtisodiy qiyinchilik, ishsizlik, salomatlik muammolari — ota-onada psixologik siqilishga olib kelishini, bu esa juftlik mojarolari va bolalar tarbiyasida salbiy natijalarga olib kelishini ko‘rsatadi. Stress oilaning bir qismini egallaganida, u boshqa qismlarga ham "to‘kilib tushadi" — bu hodisa "spillover effekti" deb nomlanadi. Pu & Rodriguez (2021) tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, onalarning stressi ko‘pincha boladagi xulq-atvor muammolarini kuchaytiradi, otalarning esa oila ichidagi ziddiyatga olib keladi. Ruhiy salomatlik va oilaviy funksionallik. Tadqiqotlar ota-onalarning ruhiy salomatligi bilan oilaviy funksionallik o‘rtasida kuchli bog‘liqlik borligini ko‘rsatmoqda. Letourneau et al. (2010) ma’lumotlariga ko‘ra, onalardagi depressiya 0-12 yoshdagi bolalarda xavotir, uyatchanlik va tajovuzkorlikning ortishiga olib keladi. Eddy et al. (2019) esa otalardagi postnatal depressiyaning ko‘pincha aniqlanmasligi va bu bolaning emotsional rivojiga salbiy ta’siri borligini ta’kidlaydi. Himoya qiluvchi psixologik resurslar. Oilaviy farovonlikni qo‘llab- quvvatlovchi asosiy omillar quyidagilar: Koping (moslashish) strategiyalari: ota- onaning muammolarni hal qilishdagi ishonchi va yondashuvi (Chesney et al., 2006); Hissiy nazorat: emotsiyalarni boshqarish qobiliyati ruhiy siqilish va agressiyani kamaytiradi (Berking et al., 2014); Empatiya: ota-onaning bolaga nisbatan hamdardligi bolada ijobiy xulq shakllanishiga yordam beradi (Farrant et al., 2012). Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kuchli shaxsiy resurslarga ega ota- 30 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference onalar mojaroli vaziyatlarda barqarorlikni saqlab, sog‘lom oila muhitini shakllantira oladi. Gender farqlari va otalarning roli. Zamonaviy tadqiqotlar otalarning faolligi va hissiy ishtiroki bolalarning psixologik rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatmoqda (Barker et al., 2017). Shunga qaramay, otalarning hissiy holati va ularning oila hayotidagi rolini baholash tadqiqotlarda ko‘pincha e'tibordan chetda qoladi. Pu & Rodriguez (2023) tadqiqotlarida otalarning bolaning xatti-harakat muammolarini qanday idrok etishi, o‘z ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishi, va bu oilaviy mojarolarga qanday olib kelishini tahlil qilgan. Ota-onalar orasidagi farqlarni aniqlash oilaviy psixoterapiyada genderga xos yondashuvlar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Oila psixologiyasida amaliy yondashuvlar. Bugungi kunda oilaviy terapiyada foydalanilayotgan asosiy yondashuvlar: Kognitiv-harakat terapiyasi (CBT) — ota-onalarning salbiy fikrlash uslublarini aniqlab, ijobiy strategiyalar bilan almashtirish; Emotion-Focused Therapy — oilaviy mojarolarda hissiyotlarni aniqlash, qabul qilish va ifoda etish yo‘li bilan emotsional rishtalarni kuchaytirish; Parent Management Training (PMT) — bolalarning salbiy xulq-atvorini nazorat qilishda ota-onaga ijobiy tarbiya ko‘nikmalarini

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается современная психология семьи с позиции системного подхода.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается современная психология семьи с позиции системного подхода. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
современная семья, семейная психология, emotsional qo‘llab-quvvatlash, psixologik farovonlik, oila psixologiyasi, zamonaviy oila, tizimli yondashuv, stress omillari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники