К содержанию
РецензированоUZ2026

“IKKILAMCHI NOMINATSIYA” HODISASINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI

“IKKILAMCHI NOMINATSIYA” HODISASINING · LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI · Ortiqov Ramazon Raxmat o‘g’li

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Bu maqolada ikkilamchi nominatsiya hodisasining lingvokulturologik hodisa ekangigi haqida ilmiy fikr-mulohazalar yuritilgan. Annotation: This article presents scientific considerations on the phenomenon of secondary nomination as a linguocultural phenomenon. Kalit so‘zlar: Lingvokulturologiya, ikkilamchi nominatsiya, perifraza, ijtimoiy-lisoniy shakllanish, adabiy til, sheva. Key words: Linguoculturology, secondary nomination, periphrasis, sociolinguistic formation, literary language, dialect. Bugungi globallashuv davrida har bir millatning milliy tilini va undagi faqat shu millatgagina tegishli bo’lgan til hodisalarini tadqiq qilish bu kunning asosiy masalalaridan biri ekanligini takidlash joyizdir. Chunki, iqtisodiy, madaniy va siyosiy integiratsiya tildagi o‘ziga xosliklarga salbiy ta’sir qilmoda. Qisqa qilib aytganda, iste’moldan chiqish xavfini tug‘dirmoqda. Shunday ekan ikkilamchi nominatsiyaga o‘xshash tilimizning lingvokulturologik hodisalari ustida tadqiqot o‘tkazish muhimdir. Shu holatni inobatga olgan holda bu lisoniy hodisani madaniyatimizning ajralmas qimi ekanligi borasida ba’zi fikr va mulohazalarni keltirdik. Perifraza(ikkilamchi nominatsiya hosilasi)larning aksariyati joy nomlarini ikkilamchi nomlash, munosabat bilan ifodalash maqsadida ham shakllandi. Shuningdek, perifrazalar oilaviy muhit ta’siri bilan aloqador tarzida yuzaga kelishi ham mumkin. Bunda oila a’zolariga nisbatan turlicha modal munosabat ifodalash asosida perifrazalar hosil qilinadi. Perifrazalarning aksariyati dehqonchilik, chorvachilik bilan aloqador tarzda hosil qilinadi. Shuningdek, ilm- fan, sportga oid tushunchalarni obrazli ifodalash asosida talaygina perifrazalar shakllanganki, ular ham til lug‘at tarkibining boyib borishiga samarali ta’sir etadi1. Hozirda ham xalqimizning ijtimoiy hayotiga kirib kelayotgan turli sohalarda ham ikkilamchi nominatsiya hosilasi ham paydo bo‘lmoqda. Bu jarayon har doim o‘sishda va rivojlanishdadir. Biz maqolamizda qarindoshlikka aloqador bo‘lgan ikkilamchi nomlarning milliy o‘ziga xosligini diqqat markazimizga qo‘ymoqdamiz, shuningdek, 141 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference kitobxonlarga yana-da tushunarli bo‘lishi uchun yuqoridagi jihatlarga ham biroz to‘xtalib o‘tdik. Bizning millatimizning oilaga bo‘lgan qadriyatlari oliy darajadadir. Farzandlarning ota-onaga bo‘lgan e’tibori, hurmati beqiyos. Shunday ekan, ular orqali oilaga mansub bo‘ladigan kelin ham, kuyov ham ularga qarab qaynota va qaynonasini yuksak qadrlaydi va ularga nisbatan andishali bo‘ladi. Bu bizning xalqimizda qadimdan qadriyat sifatida shakllanib ulgurgan xususiyatlar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qarindosh-urug‘larning bir-biriga munosabati, kattalarning biri-biriga munosabati, butun bir qishloqning yoki ovulning bir-biriga munosabati ham hurmat va lutf asosiga qurilganligini aytish mumkin. Bu munosabatlar allaqachon tartibga solinib, milliy qadriyat sifatida shakllangan. Bu insonlar bir-biri bilan muloqotda bo‘lar ekan, kommunikatsiya jarayonida milliy qadriyatlarimiz tartibga solib bergan qonuniyatlarga, an’analarga bo‘ysungan, amal qilgan holda munosabatda bo‘ladi. Ikkilamchi nominatsiya hodisasining ham mohiyatida aynan shu narsalar yotganligi sababli bu sohada yaqqol bu jarayon ko‘zga tashlanadi. Farzand ota- onani shunchaki ota yoki ona emas, uni ulug‘lab, uni hurmatlab ikkilamchi nomlar qo‘yib aytishi va atashi, ota-onalar esa farzandlarni izzat qilib, erkalab ikkilamchi nomlar qo‘yib aytishi, kelinning turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlariga ham murojaat qilayotganda ikkilamchi nom qo‘yishi kabi qator jihatlarni sanab o‘tishimiz mumkin. So‘zimizning isboti sifatida o‘zbek oilalarida ota-onaga bo‘lgan ikkilamchi nomlarga misollar keltiramiz. Masalan: otaga nisbatan - Oppoq dada, Padari buzrukvor, Oilaboshi, …dadasi (odatda, oilada katta farzandning ismini qo‘yib, falonchining dadasi), Rais, Hoji(ijtimoiy mavqeyidan kelib chiqib ikkilamchi nom qo‘yadi). Onaga nisbatan – Hoji ona, Otinoyi, Volidam, Volidayi muhtarama, O‘choqboshi egasi, Tov momo, Oq sutim egasi, Jannatim va shu kabi ikkilamchi nomlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari kelinlarning turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlariga ikkilamchi nom qo‘yishlarini, ota- onalarning farzandlariga ikkilamchi nom tanlashlarini, biron-bir ovulning ovuldoshlariga ikkilamchi nom qo‘yishlarini ham keltirishimiz mumkin. Bu kabi ikkilamchi nom tanlashlar qadimdan o‘zbek xalqining ota-onaga, qarindosh- urug‘ga, ovuldoshlarga bo‘lgan o‘zaro hurmati, izzati va qadriyati sifatida shakllanib kelgan. Yuqorida sanab o‘tgan barcha ikkilamchi nomlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning barchasida nutqda jozibadorlik, ohangdorlik, aniqlikni, ta’sirchanlikni, odobni, ulug‘lilikni va faxrni ko‘rishimiz mumkindir. Bu haqiqiy o‘zbek qadriyatidir. O‘zbeklar qadimdan ota-onani qadrlashi, ulug‘lashi, ularga odob bilan murojaat qilishini anglatadi. Ota-onaning hayotda farzandlar 142 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE Internation

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada ikkilamchi nominatsiya hodisasining lingvokulturologik hodisa ekangigi haqida ilmiy fikr-mulohazalar yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada ikkilamchi nominatsiya hodisasining lingvokulturologik hodisa ekangigi haqida ilmiy fikr-mulohazalar yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Linguoculturology, secondary nomination, periphrasis, sheva., Lingvokulturologiya, ijtimoiy-lisoniy shakllanish, adabiy til, ikkilamchi nominatsiya, perifraza
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники