Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSDAGI STRESS HOLATI MUOMMOSINI O‘RGANISH PSIXOLOGIK TADQIQOT PREDMETI SIFATIDA
Orzikulova Nafisa Axtamovna · Radjabova Bahora Ismatulkayevna
Академические исследования в современной науке · 1935
Аннотация
Ushbu maqolada stress tushunchasining psixologik adabiyotlarda o‘rganilganlik holati aks ettirilgan. Emotsional stress, fiziologik stress, informtsion stress tushunchalar haqida ma’lumotlar. Kalit so‗zlar: stress, depressiya, stressga chidamlilik, moslashuvchanlik, psixoterapiya, diagnistika, korrektsiya. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib urfga aylanayotgan ilmiy atamalardan biri bo’lgan stress so’zi o’z-o’zidan barcha uchun birdek - «inson sog’lig’i va hayoti uchun xavfli» bo’lgan tushuncha sifatida qabul qilingan. Stress so’zi kundalik hayotda ko’pchilik tomonidan noto’g’ri tushunilishini ta‘kidlash lozimki, ya‘ni stress atamasi sabab va oqibat sifatida chalkashtirib yuborilishi natijasida odatda barcha jamiyatlarda stress narkomaniya va al‘kogolizm, jinoyatchilik va inson kasalliklarining asosiy sababchisi sifatida qaraladi. Bu esa Gans Sel‘ye ta‘biri bilan aytilganda: stressga nisbatan «adolatsiz baho»dir (G.Sel‘ye). Negaki, aniqroq tahlil qilsak, stress - organizmning hayotda uchraydigan yangi sharoitlarga moslashuvidan iborat bo’lgan himoya mexanizmidir. XX asrning boshlaridan stress holatining asl mohiyatini tushuntirishda dastlabki emperik qadamlar, izlanishlar yuzaga kela boshladi. Ilmiy termin sifatida «stress» 1935 yilda kanadalik endokrinolog va biolog G.Sel‘ye tomonidan ishlatilgan bo’lib, o’zbek tilida bu so’z «bosim», «zo’riqish1» ma‘nolarini ifodalaydi. Psixologiya atamalari lug’atida «stress» so’ziga quyidagicha ta‘rif berilgan: stress - (inglizcha stress - bosim, kuchlanish) - insonning turli ektremal ta‘sir (stressor)larga javoban yuzaga keladigan keng doiradagi holatini ifodalash uchun foydalaniladigan atamadir. Dastlab «stress» tushunchasi fiziologiyada organizmning turli noxush taassurotlariga javoban maxsuslashmagan reaksiyasi sifatida tushuntirilgan. Keyinchalik individning favqulodda vaziyatlardagi fiziologik, psixologik va xulq-atvoridagi holatini ifodalash uchun foydalanila boshlandi. Stressning turiga va ta‘sir etish xarakteriga qarab stressning bir necha 183 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference turi farqlanadi. Xususan, eng umumiy klassifikatsiyasi fiziologik stress va psixologik stressdir2. Fiziologik stress o’ta kuchli darajadagi og’riq, qo’rquv, kasalliklar va og’ir jismoniy zo’riqishlar natijasida vujudga keladi. Psixologik stress kutilmaganda yuzaga kelgan vaziyatlarni hal qilishga urinish vaqtidagi turli ruhiy zo’riqishlar natijasida yuzaga keladi va uning ikki turi ajratiladi: Informatsion stress va emotsional stress. Informatsion stress axborotlar oqimining nihoyatda ko’pligi, ularni o’zlashtirish uchun vaqtning tanqisligi yoki individning shaxsiy kognetiv imkoniyatlarining yetishmasligi natijasida kelib chiqadi. Emotsional stress esa tahdid, xavf-xatar, xafagarchilik va boshqa vaziyatlarda vujudga keladi. Shu holda uning turli shakllari (impul‘siv, tormozli, tarqaluvchan) psixik jarayonlarda o’zgarishlarning kechishiga, emotsional qo’zg’alishlarga, faoliyat tuzilishining motivatsion ko’chishiga, harakat va nutqda, shuningdek xulq-atvorda buzilishlarning sodir bo’lishiga olib kelishi mumkin. Stress ijobiy, safarbar qiluvchi bo’lishi bilan birga faoliyatga salbiy ta‘sir qiluvchi - disstress bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun faoliyatning har qanday turini optimizatsiyalash uchun stress yuzaga kelishining sabablari haqida oldindan ogohlantiruvchi o’lchovlar kompleksini ishlab chiqish lozim. Ilmiy adabiyotlarda stress tushunchasi atrof-muhitning yoki hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga nisbatan organizmning muvofiqlashmagan javob reaksiyasi sifatida qaraladi. Bunday holatda stress nafaqat yoqimsiz omillarga, balki moslashishni talab qiluvchi har qanday hayotiy omillarga ham universal javob sifatida namoyon bo’ladi. Amerika olimlari tomonidan odatiy hayotiy «qolip»larning o’zgarishiga nisbatan kechadigan psixologik stresslarning ko’pchilikka ma‘lum bo’lgan shkalasi ishlab chiqilgan. Uning yuqori qismida: 1-o‗rinda turmush o’rtog’ining o’limi - 100%, 2-o‗rinda oilaviy ajrimlar - 73%, 3-o’rinda qamoqqa hukm qilinish - 65% kabi stress holatlari qayd etilgan. Shuningdek, turmush qurish - 50%, yangi uy sotib olish - 31% ham stress holatlariga olib kelishi qayd etilgan. Psixologik stress har doim inson organizmidagi fiziologik moslashish mexanizmining natijasi sifatida qaraladi, biologik mexanizmlar esa o’zining alohida tabiati va mazmuniga ega. Bu ikki mexanizm haqidagi tushunchani aniqlashtirib olmasdan turib, stressli ta‘sirlarga nisbatan inson tomonidan bildiriladigan murakkab va qarama-qarshi xarakterga ega bo’lgan reaksiyalarni tushuntirib bo’lmaydi. 184 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Stress so’zining ilmiy atama sifatida fanga kirib kelishiga kanadalik endokrinolog va biolog olim G.Sel‘yening xizmati katta ekanligi barcha olimlar tomonidan tan olingan. Muallif tomonidan asosan stress holatini adaptatsion (fiziologik va biologik) jihatdan o’rganish borasida tadqiqot ishlari olib borilga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada stress tushunchasining psixologik adabiyotlarda o‘rganilganlik holati aks ettirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada stress tushunchasining psixologik adabiyotlarda o‘rganilganlik holati aks ettirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- diagnistika, moslashuvchanlik, korrektsiya., psixoterapiya, depressiya, stressga chidamlilik, stress
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025