К содержанию
РецензированоEN2025

SEMIRISHNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

SCIENCE SHINE · SEMIRISHNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI · Abdumannonova Muborakxon Abdupulat qizi · Qoraboyeva Malika Abdumajit qizi · Xayrullayeva Maftuna Ibodullayevna

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This thesis provides an analytical overview of the physiological mechanisms of obesity, its causes and effects on body systems. The study thoroughly examines the hypothalamus' role in weight control, the significance of leptin and insulin resistance, and changes in adipocyte tissue activity. The negative impacts of obesity on cardiovascular, endocrine, respiratory, musculoskeletal and immune systems are examined in detail. In conclusion, the importance of developed preventive measures and healthy lifestyle is emphasized. 61 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Keywords: obesity, physiological mechanisms, hypothalamus, leptin, insulin resistance, adipocyte tissues. Bugungi kunda semirish global sog‘liq muammolaridan biri sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo aholisining katta qismi ortiqcha vazn va semirishdan aziyat chekmoqda. Semirish nafaqat tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarish, balki ichki organlar, tizimlar faoliyatining buzilishiga olib keluvchi jiddiy fiziologik jarayonlarning natijasidir. XXI asrda texnologik taraqqiyot, urbanizatsiya, passiv turmush tarzi va yuqori kaloriyali ovqatlanish madaniyatining keng tarqalishi semirish darajasini keskin oshirdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har uchinchi kishi ortiqcha vaznga ega, bu esa yurak-qon tomir, endokrin, nafas va muskul-skelet tizimi kasalliklarining rivojlanish xavfini oshiradi. Hususiy fiziologiya nuqtayi nazaridan semirish energiya balansi va metabolik jarayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladi. Shunday ekan, semirishning fiziologik asoslarini chuqur o‘rganish, uning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish zamonaviy tibbiyotda nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Organizmda vazn nazoratining boshqarilishi. Organizmda vazn nazorati gipotalamus tomonidan boshqariladi. Gipotalamusning lateral va ventromedial yadrolari ishtaha va energiya sarfini muvofiqlashtiradi. Lateral gipotalamus ishtaha markazi bo‘lib, ventromedial qismi esa to‘qlik markazi hisoblanadi. Ushbu markazlarning faolligi leptin va insulin kabi gormonlar orqali boshqariladi. Leptin garmonining semirishga aloqasi. Leptin yog‘ to‘qimalaridan ajralib chiqadigan gormon bo‘lib, gipotalamusga to‘qlik signalini yuboradi. Odatda yog‘ zaxirasi ortganda leptin miqdori ko‘payadi va ishtaha kamayadi. Ammo semirishda leptin rezistentligi rivojlanadi — ya’ni, gipotalamus leptinning to‘qlik signalini to‘g‘ri qabul qilmaydi, natijada odam ortiqcha ovqatlanishda davom etadi. Shuningdek, oshqozon devoridan ajraladigan grelin gormoni ochlik hissini kuchaytiradi va ovqat qabul qilishga undaydi. Semirishda adipotsitlar (yog‘ hujayralari) faolligini o‘zgarishi. Ular nafaqat energiya zaxirasini saqlaydi, balki endokrin organ sifatida leptin, adiponektin va rezistin kabi biologik faol moddalarni ajratadi. Semirishda adiponektin darajasi pasayadi, bu esa insulin rezistentligi va ateroskleroz rivojlanishiga yordam beradi. Organizm tizimlariga semirishning ta’siri quyidagicha namoyon bo‘ladi: 62 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Yurak-qon tomir tizimi: Semirish arterial gipertenziya, ateroskleroz va yurak yetishmovchiligi rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Semirishda qonda lipidlar miqdori oshadi, bu esa qon tomir devorlariga zarar yetkazadi. Endokrin tizim: Semizlik 2-tur qandli diabet rivojlanishining asosiy risk omilidir. Insulin rezistentligi rivojlanib, qonda glyukoza darajasi ko‘tariladi. Nafas olish tizimi: Ortiqcha yog‘ diafragmaga bosim o‘tkazadi, nafas olish mexanikasini buzadi va uyqu apnoe sindromiga olib keladi. Muskul-skelet tizimi: Ortiqcha vazn suyak va bo‘g‘imlarga ortiqcha yuk tushirib, osteoartrit va umurtqa muammolarini keltirib chiqaradi. Reproduktiv tizim: Semizlik ayollarda polikistik tuxumdon sindromi, erkaklarda esa testosteron darajasining pasayishiga olib keladi. Immun tizim: Semizlik surunkali past darajadagi yallig‘lanish holatini keltirib chiqaradi va infeksiyalarga qarshi immun javobni pasaytiradi. Energiya almashinuvi va semirish. Semirish metabolik faollikni pasaytiradi, bazal almashinuv sur'ati kamayadi, natijada energiya sarfi kam bo'lib, yog' to'planishi davom etadi. Semiz kishilarda mitoxondrial faoliyat ham pasayishi aniqlangan. Semirishda gormonal disbalanslar. Insulin: semirish insulin sekretsiyasini oshiradi, keyinchalik esa insulin rezistentligini keltirib chiqaradi. Tireoid gormonlari: gipotiroidizmda bazal almashinuv sur'ati pasayib, semirishga sabab boladi. Xulosa, Semirish — organizmdagi murakkab va ko‘p bosqichli fiziologik jarayonlar buzilishi natijasida yuzaga keladigan holatdir. Gipotalamus, adipozit to‘qima, insulin va leptin signalizatsiyasi kabi mexanizmlarning buzilishi semirish rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Semirish faqat ortiqcha vazn emas, balki yurak-qon tomir, endokrin, nafas va muskul-skelet tizimi kasalliklarini rivojlantiruvchi xavf omili hisoblanadi. Hozirgi davrda semirishning

Доказательный фрагмент

«This thesis provides an analytical overview of the physiological mechanisms of obesity, its causes and effects on body systems.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides an analytical overview of the physiological mechanisms of obesity, its causes and effects on body systems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
obesity, physiological mechanisms, hypothalamus, leptin, insulin, Semirish, gipotalamus, fiziologik mexanizmlar, adipozit to’qimalar., insulin rezistentligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники