Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXOFIZIOLOGIK TARAQQIYOTNING UMUMIY TAVSIFI. 7 YOSH INQIROZI, UNING SABABLARI VA ALOMATLARI
Abashova Fazilat · Murodullayeva Sohiba · Umarjononova Shahrizoda
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda pedagogik psixologiyaning predmeti va vazifalari, o'quv faoliyatining psixologik mohiyati, shuningdek o'quv motivlari xususida so'z yuritildi. Shuningdek, ushbu tezisda ta'lim psixologiyasi va uning mohiyati haqida ma'lumotlar berildi. Kalit so'zlar: Pedagogika, psixologiya, ko'nikma, malaka, motiv, odat, ijtimoiy moslashuv, psixik rivojlanish, o'quv faoliyatini tashkil etish, yosh psixologiyasi. Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir inson hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu jarayonlarning muvaffaqiyatli kechishi yoshga oid psixologik xususiyatlar va shaxsiy taraqqiyot qonuniyatlarini chuqur bilishga bog‘liqdir. Shu jihatdan, yosh va pedagogik psixologiya fanlari ta’lim-tarbiya tizimining ilmiy asoslari bo‘lib xizmat qiladi. Bu fanlar orqali o‘quvchilarning bilish faoliyati, emotsional rivojlanishi, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatlari va ijtimoiy moslashuv jarayonlari chuqur o‘rganiladi. Yosh psixologiyasi va ta’limning uzviy bog‘liqligi Yosh psixologiyasi insonning tug‘ilishidan boshlab to balog‘atga yetgunicha bo‘lgan davrdagi psixik rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi. Ta’lim esa aynan shu bosqichlarda asosiy rol o‘ynaydi. Har bir yosh davrining o‘ziga xos bilish ehtiyojlari, xulq-atvor shakllanishi, ijtimoiy muhitga moslashuvi mavjud. Masalan: - Maktabgacha yoshda o‘yin faoliyati asosiy o‘rin egallaydi. - Boshlang‘ich sinf yoshida tasavvur, xotira, e’tibor kabi psixik jarayonlar faol rivojlanadi. - O‘smirlik davrida esa o‘z-o‘zini anglash, mustaqil fikrlash va shaxsiy “men” obrazining shakllanishi kuzatiladi. Shu sababli, ta’lim mazmuni va metodikasi har bir bosqichga moslashtirilgan bo‘lishi shart. Pedagogik psixologiya - psixologiya fanining tarmog‘i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir1. Pedagogik psixologiyaning ta’limdagi roli Pedagogik psixologiya – ta’lim jarayonidagi psixologik qonuniyatlarni o‘rganuvchi fandir. Bu fan o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi psixologik munosabatlarni, o‘quv faoliyatini tashkil etish, motivatsiya, baholash, qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilar shaxsini rivojlantirish mexanizmlarini o‘rganadi. Shuningdek, pedagogik psixologiya yordamida o‘qituvchilar shaxsiy yondashuv asosida o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish usullarini ishlab chiqadi. Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati Tarbiya bu shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlash, unga axloqiy, estetik, aqliy va jismoniy sifatlarni singdirish jarayonidir. Tarbiya jarayonida psixologik yondashuv quyidagi asoslarda ko‘zga tashlanadi: 1 Do'stmuhammadeva. Sh., Tillashayxova X. Umumiy psixologiya. Toshkent-2020. 64 - Shaxsning ichki dunyosiga e’tibor qaratish. - Emotsional-motivatsion holatini inobatga olish. - Ijtimoiy rol va qadriyatlar tizimini shakllantirish. - O‘z-o‘zini anglash va o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish. Tarbiya shunchaki me’yorlarni o‘rgatish emas, balki shaxs ongida bu me’yorlarning ahamiyatini tushunishga olib boruvchi ichki psixik jarayonlarni boshqarish demakdir. Pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu narsa yangi ta’lim dasturiga o‘tish munosabati bilan ta’limning mazmunida yuzaga kelgan jiddiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarini, turli tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashni psixologik asoslarini tekshiradi. Nihoyat, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo‘lgan o‘quvchi shaxsini va o‘quvchi mehnatining xususiyatlarini o‘rganadi. Bunda o‘quvchining ta’lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarini ajratib ko‘rsatish bilan-birga uning pedagogik bilimlari, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotning psixologik sharoitlari aniqlanadi. O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir². Psixologik bilimlarning o‘qituvchilar uchun amaliy ahamiyati Bugungi kunda har bir pedagog: - O‘quvchilarning psixologik portretini tuza olishi, - O‘quv faoliyatiga qiziqish uyg‘ota olishi, - Stress, qo‘rquv, o‘ziga ishonchsizlik kabi holatlarni yumshata olishi, - Muammoli tarbiyaviy holatlarda to‘g‘ri yondashuv topa olishi kerak. Bunga erishish uchun esa pedagogik va yosh psixologiyasi bilimlariga ega bo‘lish zarur. Ta’lim va tarbiya samaradorligi bevosita yosh va pedagogik psixologiya fanlariga tayangan holda tashkil etilishi lozim. Har bir bola yoki o‘quvchining psixik rivojlanish darajasi, shaxsiy xususiyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda yondashish – zamonaviy ta’limnin
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda pedagogik psixologiyaning predmeti va vazifalari, o'quv faoliyatining psixologik mohiyati, shuningdek o'quv motivlari xususida so'z yuritildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda pedagogik psixologiyaning predmeti va vazifalari, o'quv faoliyatining psixologik mohiyati, shuningdek o'quv motivlari xususida so'z yuritildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogika, psixologiya, ko'nikma, malaka, motiv, odat, ijtimoiy moslashuv, tarbiya, o‘zini anglash., emotsional o‘zgarish, psixofiziologik rivojlanish, 7 yosh inqirozi, maktabgacha yosh, mustaqillik
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025