Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI
KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI · Axmedova Sevinch · Karimova Lobar · Usmonova Yulduz
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Har bir shaxs oʻz faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar taʼsirida amalga oshiradi, chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qoʻshilmaydigan individning oʻzi yoʻq. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, oʻzaro taʼsirda boʻladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida roʻy beradi. Ushbu tezisda asosan kichik guruhlar psixologiyasi yoritib oʻtilgan. Kalit soʻzlar: guruh, katta guruh, kichik guruh, psixologiya, individ, jamiyat, tur. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida turli guruhlarga mansub holda yashaydi. Ushbu guruhlar kichik oilaviy jamoalardan tortib, keng ommani qamrab oluvchi katta ijtimoiy birliklargacha bo'lishi mumkin. Har bir guruhda shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, hissiyotlar, ijtimoiy rollar va psixologik jarayonlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Katta va kichik guruhlar psixologiyasi ushbu ijtimoiy birliklardagi ruhiy holatlarni, kommunikatsiya jarayonlarini, ijtimoiy ta’sir va liderlik kabi omillarni o‘rganadi. Psixologik ma’noda guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Konkret faoliyat va odamlarning ehtiyojlari asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo‘linadi.Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo‘lib, ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi kabi savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining (koaksiya) ta’siri o‘rganildi.Kichik guruhning chegarasi masalasi ham koʻp muhokama qilinadi. G.M. Andreyeva bu chegarani 12-15 kishi deb hisoblasa, amerikalik J.Moreno oʻz vaqtida bu chegarani 30-40 gacha surgan edi. Lekin bizningcha, uning yuqori chegarasi necha kishi boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzaro bevosita muloqot imkoniyatini berishi va har bir aʼzo bir-biriga taʼsir ko'rsata olishi kerak. Katta guruhlar psixologiyasi va unga xos xususiyatlarni aytib oʻtadigan boʻsak katta guruhlar miqdor jihatdan koʻpchilikni oʻz ichiga olgan insonlar jamoasi boʻladi. Kichik guruhlarning jamiyatda tutgan o‘rni haqida gapirganda, quyidagilarni ta’kidlash lozim: 1. Individ kichik guruhdagi ijtimoiy munosabatlarga kirishgandagina u shaxs bo‘lib shakllanadi. 2. Guruhiy faoliyatda bo‘lgan har bir individning hayotiy kuchi, mehnat samaradorligi ancha ortadi. 110 3. Yangi ishlab chiqarish kuchi bo‘lgan guruhninng vujudga kelishi o‘ziga xos qonuniyatlarga ega bo‘lgan fenomenlarni yaratadi. 4. Kichik guruhlarda maqsad birligi va faoliyatning umumiyligi mavjud bo‘ladi. 5. Kichik guruhlarda psixologik tushuncha, ya’ni psixologik muhit paydo bo‘ladi. 6. Kichik guruhga tavsiya ettuvchi liderning ajralib chiqishi guruh faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lider guruh faoliyati uchun ma’sul. Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lish qabul qilingan. Bunday bo‘linishni amerikalik olim E.Meyo taklif etgan edi. Uning fikricha, rasmiy guruh har bir a’zolarning rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o‘rnining aniqligi bilan xarakterlanadi. Bunday guruhlarda munosabatlar asosan “vertikal” tarzda ro‘y berib, guruhning bir yoki bir necha a’zosida “hokimiyat” bo‘lganligi uchun ham , ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘ladilar. Rasmiy guruhga misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni – ishlab chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o‘quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin. Kichik guruh turlari: 1. shartli nominal 2. real 3. tabiiy 4. labarotoriya 5. Formal (rasmiy). 6. Noformal (norasmiy) Rasmiy guruhlardan farqli o‘laroq norasmiy guruhlar ham mavjud bo‘ladiki, ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning aniq mavqelari, rollari oldindan belgilangan bo‘lmaydi. Ko‘pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashkil topadi va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo‘lmay, odamlar ichidan u yoki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chiqqan a’zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy psixologiyada referent guruh tushunchasi ham bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G.Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan edi. U o‘z tadqiqotlarida shuni isbot qildiki, ma’lum bo‘lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda shunday shaxslar guruhi mavjud bo‘lar ekanki, u o‘z xatti-harakatlari, fikrlari va yo‘nalishlarida o
Доказательный фрагмент
«Har bir shaxs oʻz faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar taʼsirida amalga oshiradi, chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qoʻshilmaydigan individning oʻzi yoʻq.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar bir shaxs oʻz faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar taʼsirida amalga oshiradi, chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qoʻshilmaydigan individning oʻzi yoʻq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kichik guruh, tur., katta guruh, guruh, psixologiya, jamiyat, individ
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014