К содержанию
РецензированоUZ2026

TEMPERAMENT. TEMPERAMENT TIPLARI

TEMPERAMENT. TEMPERAMENT TIPLARI · Salomova Saida · Sunnatilloyeva Gulsevar · Abdikarimova Goʻzal

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda, temperament tushunchasi, uning psixologik ahamiyati va turli tipologiyalari tahlil qilinadi. Klassik va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida temperament tiplari va ularning fiziologik asoslari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, temperamentning shaxs taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi. Kalit so‘zlar: temperament, sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik, I.P. Pavlov, psixologiya, asab tizimi. Inson psixikasi individual xususiyatlarga ega bo‘lib, bu farqlar tug‘ma va orttirilgan omillar bilan belgilanadi. Temperament — insonning psixik faoliyati va xulq-atvorining dinamik xususiyatlarini aks ettiruvchi tug‘ma omildir. Psixologiyada temperamentni o‘rganish inson shaxsining asosiy biologik asoslarini tushunishga xizmat qiladi. Temperament — bu shaxsning hissiy-irodaviy holatlari, reaktsiya tezligi va kuchi, faoliyatining barqarorligi va o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq bo‘lgan individual, asosan genetik asosga ega psixik xususiyatlar majmuidir. U shaxsning ruhiy hayoti qanday sodir bo‘lishini, qanday sur’atda va kuchda kechishini belgilaydi.Temperament — bu shaxsning tug‘ma, asosan genetik asosda shakllanuvchi psixik jarayonlarining dinamik jihatlarini ifodalovchi xususiyatlar majmui. Temperament insonning hissiyoti, faoliyati va xatti-harakatining tezligi, kuchi hamda barqarorligi bilan bog‘liq.Psixologiyada temperament insonning individual psixik xususiyatlarini tushunish, shaxs taraqqiyotini kuzatish va pedagogik yoki klinik muolajalarni moslashtirishda muhim o‘rin tutadi. Ilk temperament nazariyasi qadimgi yunon tabiblari Gippokrat va Galen tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ular temperamentni tana suyuqliklari muvozanatiga bog‘lagan. Bu nazariya quyidagi to‘rt tipni o‘z ichiga oladi: 1. Sangvinik — faol, quvnoq, ijtimoiy, barqaror hissiy holatga ega. 2. Xolerik — tez hayajonlanuvchi, serharakat, hissiyotlarga beriluvchan. 3. Flegmatik — osoyishta, barqaror, sust harakatli. 4. Melanxolik — sezgir, hissiyotlarga oson beriluvchi, zaif asab tizimiga ega. Bu tipologiya hozirgi davrda ham psixologik amaliyotda foydalaniladi, garchi u fiziologik asosdan yiroq bo‘lsa-da.I.P. Pavlov temperamentni bosh miya po‘stlog‘i faoliyatining fiziologik xususiyatlari bilan bog‘lagan. Olim asab tizimining uchta asosiy xususiyatini ajratgan: Kuch — asab hujayralarining ta’sirlarga chidamliligi. Muvozanat — qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining nisbatdagi barqarorligi. Harakatchanlik — bu ikki holatning o‘zaro almashinuvi tezligi. Pavlov temperament turlarini aynan shu xususiyatlar asosida tushuntirib bergan. Temperament inson shaxsining biologik asosini tashkil etadi, biroq u shaxsning xarakteri yoki intellektual darajasini belgilamaydi. Temperament tug‘ma bo‘lsa-da, tarbiya, muhit va tajriba 113 orqali o‘zgarishi yoki muayyan yo‘nalishda rivojlanishi mumkin. Psixologik amaliyotda temperament tiplari asosida shaxsiy yondashuvlar ishlab chiqiladi.Temperament shaxs shakllanishining biologik asosini tashkil etsa-da, u ijtimoiy muhit, tarbiya va tajriba orqali rivojlanadi. Temperament shaxsning harakteri emas, balki uning qanday tarzda harakat qilishini belgilovchi asabiy-biologik asosidir. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Temperament shaxs psixikasining muhim, tug‘ma jihati bo‘lib, uning faoliyati va xulq-atvorida muhim rol o‘ynaydi. Klassik nazariyalar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar temperamentni chuqurroq anglash imkonini beradi. Bugungi kunda temperamentni tahlil qilish psixologik diagnostika, tarbiya, kadrlar tanlash va psixoterapiyada muhim ahamiyatga ega. Temperamentning fiziologik asoslari Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta'limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o’zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a'zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog’liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta'biricha, inson tanasida to’rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo’lib, ular o’t yoki safro (yunoncha "chole"), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o’t (yunoncha melas "qora", chole "o’t"), balg’am (yunoncha "phlegma") kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha: 1. O’tning xususiyati - quruqlikdir, uning vazifasi-tana a'zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir. 2. Qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir. 3. Qora o’tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir. 4. Balg’amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir. Gippokrat ta'limotiga muvofiq har bir insonda shu to’rt xil suyuqlik mavjud bo’lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum) lardan qaysi biri salmoqliroq bo’lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o’t, sangvinikda qon, flegmatikda balg’am, melanxolikda qora o’t ustun bo’lishi ta'kidlanadi. Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya'ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmat

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda, temperament tushunchasi, uning psixologik ahamiyati va turli tipologiyalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda, temperament tushunchasi, uning psixologik ahamiyati va turli tipologiyalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
flegmatik, asab tizimi., I.P. Pavlov, psixologiya, temperament, melanxolik, sangvinik, xolerik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники