К содержанию
РецензированоRU2025

SHAYBONIYLAR DAVRIGA OID MANBALAR TAHLILI

SCIENCE SHINE · Panoyeva Dildora · Nurmamatova Mehribon

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

В статье проведён анализ письменных, археологических, нумизматических и эпиграфических источников, относящихся к эпохе Шайбани. На основе исторических трудов и материальных памятников раскрываются политическая, культурная и экономическая жизнь династии. Источники позволяют оценить историческое значение периода правления Шайбанидов. Kalit soʻzlar: Shayboniylar, manbalar, arxeologiya, numizmatika, epigrafika, Keywords: Shaybanids, sources, archaeology, numismatics, epigraphyor Ключевые слова: Шайбани, источники, археология, нумизматика, эпиграфика XVI asrning boshlarida Movarounnahr va Xorazm hududlarida Shayboniylar sulolasining siyosiy sahnaga chiqishi mintaqa tarixida muhim burilish yasadi. Bu davrda nafaqat siyosiy barqarorlik o‘rnatildi, balki iqtisodiyot, madaniyat, din, ilm- fan sohalarida ham muhim taraqqiyotlar yuz berdi. Shayboniylar davri manbalarining tahlili orqali nafaqat ularning siyosiy faoliyati, balki o‘sha davrdagi jamiyatning turmush tarzi, ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi munosabatlar, madaniy va dini qarashlar haqida ham chuqur tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Tarixiy asarlar: 58 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 "Shayboniynoma" – Muhammad Solih tomonidan yozilgan bu asar Muhammad Shayboniyxonning harbiy yurishlari, siyosiy faoliyati va g‘oyaviy qarashlarini o‘zida aks ettiradi. Asarda Shayboniyxonning Eron, Xuroson va Hindistonga qilgan yurishlari, uning Temuriylar bilan kurashlari batafsil tasvirlanadi. "Tarixi Rashidiy" – Mirzo Haydar Dugo‘lat tomonidan yozilgan bu asarda Shayboniylarning tarixiy faoliyati Markaziy Osiyo kontekstida yoritilgan. Unda Shayboniylar va boshqa turkiy sulolalar o‘rtasidagi siyosiy muvozanat haqida ma’lumotlar mavjud. "Boburnoma" – Zahiriddin Muhammad Bobur Shayboniyxon bilan bo‘lgan ziddiyatli munosabatlari haqida yozgan. Bu asar Shayboniylarning harbiy kuchi, siyosiy strategiyalari va diplomatik faoliyatlarini boshqa nuqtai nazardan baholashga yordam beradi. Adabiy manbalar: Muhammad Shayboniyxon o‘zi ham shoir bo‘lgan. U "Devon" tuzgan, unda g‘azal, ruboiy, tuyuq kabi she’riy janrlar mavjud. Uning asarlarida diniy-tasavvufiy fikrlar, axloqiy nasihatlar, hayotiy tajribalar ifodalanadi. Shuningdek, Shayboniylar hukmronligi davrida Aliqush Shoh, Komil Xorazmiy, Sakkokiy kabi adiblar ijod qilgan. Ularning asarlari ham o‘sha davr ijtimoiy-ruhiy muhitini aks ettiruvchi muhim manbalardandir. Arxeologik va me’moriy manbalar: Arxeologik manbalar Shayboniylar davridagi shaharlashuv, ijtimoiy tuzilma, me’moriy uslub va madaniy hayot haqida muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. Buxoro – Shayboniylar Buxoroni poytaxtga aylantirgach, bu yerda ko‘plab me’moriy obidalar qurilgan: Ko‘kaldosh madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Mir Arab madrasasi. Samarqand – Ulug‘bek madrasasi va boshqa me’moriy inshootlar Shayboniylar davrida ta’mirlangan va qayta tiklangan. Toshkent – Shayboniylar tomonidan Toshkentda ham madrasalar, hammomlar, masjidlar barpo etilgan bo‘lib, ular arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Bu obidalar orqali o‘sha davrdagi diniy-marifat ishlari, ta’lim tizimi va iqtisodiy kuch to‘g‘risida xulosalar chiqarish mumkin Numizmatik manbalar (Tangalar): Shayboniylar davrida zarb etilgan tangalar ularning siyosiy mustaqilligi va iqtisodiy siyosatini ifoda etadi. Muhammad Shayboniyxon 1507-yilda pul islohoti o‘tkazib, o‘z nomi bilan tangalar chiqaradi. Tangalar orqali quyidagilarni aniqlash mumkin: 59 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Hukmdorning ismi, unvoni, nasabnomasi Davlat chegaralari va iqtisodiy markazlari Diniy e’tiqod (tangalardagi "La ilaha illalloh" kabi iboralar) Sanalar va hududiy nomlar Tangalarning zarb joylari – Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Balx kabi shaharlar bo‘lgan. Epigrafik manbalar: Epigrafik manbalar – bu inshootlar devorlariga, qabrlarga, madrasalarga o‘yib yozilgan matnlar bo‘lib, ular o‘sha davr ideologiyasi va siyosiy g‘oyalarini aks ettiradi. Ko‘p hollarda epigrafik yozuvlar:  Qur’on oyatlari  Hukmdorning nomi va unvonlari  Qachon va kim tomonidan qurilganligi haqida ma’lumot  Pand-nasihatlar Misol: Mir Arab madrasasidagi epigrafik yozuvlar Shayboniylar sulolasining diniy sohadagi siyosatini yoritib beradi. Manbalar tahlilining tarixiy ahamiyati  Shayboniylar davri manbalarini tahlil qilish orqali:  Markaziy Osiyo siyosiy tarixida o‘zgarishlarni tushunish mumkin  Turk-islom sivilizatsiyasining taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish mumkin  Davlat boshqaruvi, diniy qarashlar, madaniy hayot haqida mukammal tasavvur hosil qiladi Shayboniylar davriga oid manbalarni tahlil qilish O‘rta Osiyo tarixining muhim bir sahifasini ochib beradi. Bu manbalar nafaqat tarixiy faktlarni, balki davr ruhiyatini, xalqning dunyoqarashi va ijtimoiy tafakkurini ham o‘zida aks ettiradi. Tarixiy, adabiy, arxeologik, numizmatik va epigrafik manbalarni birgalikda o‘rganish orqali bu davrni chuqur va kompleks tarzda tushunish mumk

Доказательный фрагмент

«В статье проведён анализ письменных, археологических, нумизматических и эпиграфических источников, относящихся к эпохе Шайбани.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье проведён анализ письменных, археологических, нумизматических и эпиграфических источников, относящихся к эпохе Шайбани. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shaybanids, sources, archaeology, numismatics, epigraphyor, Shayboniylar, arxeologiya, epigrafika, manbalar, numizmatika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники