К содержанию
РецензированоUZ2026

HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH USULLARI

Ismaylov Raxat Aminbayevich · E-mail: Ismaylov@mail.ru

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda muallif tomonidan huquq normalarini sharxlash usullari bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy qarashlar muhokama qilingan. Shu bilan birga muallif o‘zining ushbu mavzuga oid fikr-mulohazalarini ham bayon qilish orqali o‘z taklif va xulosalarini asoslashga harakat qilgan. Kalit so‘zlar: qonun, norma, qoida, huquqiy madaniyat, sharx. Qonunchilikni sharhlash usuli deganda huquqiy qoidalarni aniq tushunib olish uchun subyekt tomonidan ongli yoki ixtiyoriy ravishda foydalanilgan huquqiy normalar ma’nosini anglashning maxsus vosita hamda ususllari tushuniladi[1]. A.Saidov va U.Tojixonovlarning fikricha, huquqni sharhlash usuli subyekt tomonidan huquqiy ko‘rsatmalarga binoan aniqlikka erishish maqsadida ongga va hissiyotga asoslangan ravishda huquq normalarining mazmunini bilishning maxsus yo‘llaridir[2]. Yuridik adabiyotlarda huquqni sharhlash usullari turli me’zonlar asosida tasniflanadi. Lekin, bu borada yagona bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan. Ba’zi olimlar an’anaviy tasniflanishni qo‘llab, huquqni sharhlash usullariga grammatik (filologik), tizimli (sistemali), mantiqiy va tarixiy usullarni kiritadilar[3]. Boshqa huquqshunoslar huquqni mantiqiy sharhlash usulini alohida usul sifatida tan olmaydilar. Ularning fikricha, huquqni sharhlashning barcha usullari mantiq qonunlariga asoslanadi[4]. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda huquqni sharhlashning quyidagi usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular quyidagilar: grammatik sharhalash, mantiqiy sharhlash, tizimli sharhlash, maxsus-yuridik sharhlash, tarixiy-siyosiy sharhlash, teleologik sharhlash. Sharhlovchi aktlarni huquq sohalari bo‘yicha ham tasniflash mumkin: konstitutsiyaviy huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi va boshqalar. Yuridik fan va amaliyotda talqin qilishning quyidagi usullari ajratiladi: - grammatik (falsafiy, lingvistik, matn); - tizimli; - mantiqiy; - tarixiy va siyosiy; - maxsus huquqiy; - teleologik (maqsadli); - funksional. Har bir qonunchilik hujjati ushbu hujjatni qabul qiluvchining so‘z bilan ifodalangan fikrini ifodalaydi. Fikrni ifodalovchi so‘zlar esa mustaqil ma’noga ega. Biroq ular boshqa so‘zlar bilan ma’lum mantiqiy bog‘lanishda bo‘lib, buning natijasida umumiy tuzilishga bo‘ysunuvchi cheklangan ma’no oladi. Grammatik usul normativ-huquqiy hujjat matni va uning so‘zma-so‘z mazmunini tahlil qilish asosida huquqiy normaning ma’nosini tushunishdan iborat. Qonun chiqaruvchining fikri so‘z, ibora, tushunchalar bilan kiyinib, ular mantiqiy bog‘lanish orqali bog‘langanligi sababli, 91 avvalo, ularning mohiyatini tashkil etuvchi terminologik va grammatik mazmunini aniqlab olish zarur[5]. Bu jarayon normativ-huquqiy hujjatning alohida tushunchalari va atamalarining ma’nosini oydinlashtirish bilan bog‘liq. Grammatik sharhlash usuli huquqiy hujjat matnining morfologik va sintaktik tuzilishini tushunib olishga yo‘naltirilgan maxsus qoidalar yig‘indisidir. Ular normativ-huquqiy hujjatlarda til qoidalari asosida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘ladi. Sharhlovchi subyekt huquq normalarining mazmunini tushunib olish uchun til qoidalarini bilishni, ya’ni normativ-huquqiy hujjat qaysi tilda tuzilgan bo‘lsa, o‘sha tilning qonun-qoidalarini mukammal egallash kerak. Mazkur usul yordamida matnning grammatik ma’nosi, undan alohida so‘z va terminlarning ma’nosi tushunib olinadi va tushuntirib beriladi. Bunda ot va sifatning turi, soni, kelishiklari, fe’lning shaxsi, vaqti, soni va turi, qo‘llanilayotgan bog‘lovchi, tinish belgilari, gap bo‘laklari va boshqa shu kabilarning ahamiyati aniqlab olinadi. So‘z va atamalarning ma’nosini tushunib bo‘lgach, qonun ustuvorligi shakllantiriladigan jumlalarning ma’nosi o‘rnatiladi, buning uchun so‘zlarning grammatik shakllari (shaxs, son, va boshqa) solishtiriladi, so‘zlar orasidagi bog‘lanishlar va gaplar aniqlanadi, gapning sintaktik va morfologik tuzilishi aniqlanadi. Normaning mazmuni to‘g‘ri tushunilishi uchun barcha tinish belgilarining, bog‘lovchi yoki ko‘makchilarning ma’nosi va matndagi vazifasini aniqlash zarur. Masalan, “va” bog‘lovchisi bilan ikki yoki undan ortiq shartning mavjudligi talab qilinadi, “yo”, “yoki” bog‘lovchisi esa bunday qoidada ko‘rsatilgan shartlardan faqat bittasi bajariladi. Huquqiy norma tarkibidagi ayirma va bog‘lovchi qo‘shma gaplarning to‘g‘ri ma`nosini o‘rnatish zarur. Huquqiy normalarni matnli loyihalashda qonun chiqaruvchi tomonidan bu qo‘shma birikmalarning turli tartiblarda qo‘llanilishi, ularning boyligi ular bajaradigan vazifalarni aniq tushunishni taqozo etadi[6]. Grammatik sharhlash usulining bir qator qoidalari ishlab chiqilgan: qonundagi so‘z va iboralarga, agar ularni turlicha talqin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, tegishli adabiy tildagi ma’nosi berilishi kerak; agar normativ-huquqiy hujjatda ma’lum bir tushunchaning ta’rifi berilgan bo‘lsa, u oddiy tildagi ma’nosiga qaramay, aynan shu ma’noda tushunilishi kerak; huquq ijodkorligi subyekti tomonidan huquqning bir sohasi uchun belgilangan atamaning ma’nosi yetarli asoslarsiz boshqa sohalarga ham kengaytirilishi m

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda muallif tomonidan huquq normalarini sharxlash usullari bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy qarashlar muhokama qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda muallif tomonidan huquq normalarini sharxlash usullari bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy qarashlar muhokama qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy madaniyat, norma, qonun, sharx., qoida
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3