Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
YARASHUV INSTITUTINING JORIY ETILISHI VA AFZALLIK TOMONLARI
Ashirboyev Axrorjon Tirkash o’g’li (YARASHUV INSTITUTINING JORIY ETILISHI VA AFZALLIK TOMONLARI) · Boybo’tayev Boyto’ra Mamat o’g’li (YARASHUV INSTITUTINING JORIY ETILISHI VA AFZALLIK TOMONLARI) · O’zbekiston Respublikasi IIVAkademiyasi (YARASHUV INSTITUTINING JORIY ETILISHI VA AFZALLIK TOMONLARI)
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2001
Аннотация
Ushbu maqolada fuqarolarning huquq va erkinliklarini oliy qadriyatligidan, xalqimizning urf-odatlaridan kelib yarashuv institutining jinoyat va jinoyat protsessual huquq tizimiga kiritilishi, uning rivojlanish bochqichlari, xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining qiyosiy tahlili va ushbu institutning afzallik tomonlari atroflicha bayon qilingan. Kalit so‘zlar Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari, jinoyat, jinoyat protsessi, yarashuv institutei Respublikamizda sud-huquq tizimini isloh qilish va erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlarida inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklariga alohida e’tibor qaratilib, bu milliy qonunchiligimizda o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Konstitutsiyamizda inson manfaatlari, huquq va erkinliklarining oliy qadriyat deb e’tirof etilishi, xalqimizning urf-odatlari va an’analaridan kelib chiqqan desak ayni haqiqat. Ayni 2001 yilda jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligimizda yarashuv institutining joriy etilganligi ham, jamiyatda fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlilik, ahillik va mehr-oqibat muhiti mustahkamlanishiga samarali xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining asosiy vazifasi – shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Ushbu vazifani amalga oshirishda xuquqni muxofaza qilish idoralaridan jinoyat sodir etgan shaxsning qilmishlariga aniq va xolisona huquqiy baxo berish, jinoyat yo‘liga adashib kirib qolganlarni bu yo‘ldan qaytarish va qonunga itoatkorlik ruxida tarbiyalash, jabirlanuvchiga yetkazilgan zararlarning qoplanilishga erishish, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va jabrlanuvchi o‘rtalarida adovat vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik muxim axamiyatga ega. Shu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoiy ishlarni odilona va sifatli tergov qilish, shaxsning jinoiy qilmishiga munosib adolatli huquqiy baho berish muhim o‘rin tutadi1. 2015 yilning 23 yanvarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida huquqni qo‘llash amaliyotiga yetarli darajada e’tibor qaratish, qonunlarni ijrochilarga 1 Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411. 144 yetkazish, huquqni qo‘llash samaradorligini o‘rganish, qabul qilinayotgan qonunlarni amalda qo‘llashni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash ustuvor vazifalar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan edi. 2017-yil 07-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xarakatlar strategiyasi”da ham “Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish” aloxida yo‘nalish sifatida belgilangani ham bejiz emas albatta. Xarakatlar strategiyasiga muvofiq 2018 yil 14 may kuni Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida №3723-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilinish va qaror doirasida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyada: - surishtiruv va dastlabki tergov jinoyat-protsessual institutlarini yanada takomillashtirish, jinoyat ishlarining ketma-ketligini tartibga soluvchi jinoyat-protsessual normalarni differensiatsiyalash; - tergovga qadar tekshiruv va sud bosqichlarida ishlarni ko‘rib chiqishda yarashuv institutini qo‘llash doirasini kengaytirish kabi bandlarning kiritilishi ushbu inistitut axamiyati nechog‘lik ortib borayotganligini ko‘rsatdi. Mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida muhim qadamlar qo‘yilganini e’tirof etish lozim. Uning natijasida mamlakatimizda zamonaviy demokratiya talablariga javob bera oladigan sud tizimi shakllanmoqda. Sud bugungi kunda avvalgidek hukmron kommunistik tizimning qatag‘on va jazolash apparati emas, balki u har bir inson, fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ishonchli tarzda qo‘riqlash va himoya qilishga qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda. Fuqarolarning sudga ishonchi mustahkamlanib bormoqda2. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat- protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 2001-yil 29-avgust qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodek
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada fuqarolarning huquq va erkinliklarini oliy qadriyatligidan, xalqimizning urf-odatlaridan kelib yarashuv institutining jinoyat va jinoyat protsessual huquq tizimiga kiritilishi, uning rivojlanish bochqic…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada fuqarolarning huquq va erkinliklarini oliy qadriyatligidan, xalqimizning urf-odatlaridan kelib yarashuv institutining jinoyat va jinoyat protsessual huquq tizimiga kiritilishi, uning rivojlanish bochqic… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jinoyat, yarashuv institutei, Fuqarolarning huquqlari, qonuniy manfaatlari, erkinliklari, jinoyat protsessi
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021