К содержанию
РецензированоUZ2026

AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI JINOYATLAR, ASOSIY TUSHUNCHALAR VA TURLARI

VA TURLARI · Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li · G’ulomov Akromjon Qobiljon o’g’li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning turlari, zamonaviy texnologiyalar ta’sirida qanday shakllarda yuzaga kelayotgani va bu jinoyatlarga qarshi kurashish choralari yoritilgan. Raqamli dunyoning kengayishi bilan axborotga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda, shu bilan birga axborotni himoya qilish masalasi ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Mazkur maqola axborot jinoyatlarining tahlili, statistikasi va ularni oldini olish yo‘llarini ko‘rib chiqadi. Kalit so‘zlar: Axborot xavfsizligi, kiberjinoyat, ma’lumotlar himoyasi, xakerlik, raqamli tahdidlar, phishing, kiberhujum. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyatga katta imkoniyatlar bilan birga yangi tahdidlarni ham keltirmoqda. Bugungi kunda deyarli har bir sohada axborotdan foydalaniladi, shu sababli uning xavfsizligi dolzarb masalaga aylangan1. Axborot xavfsizligiga tajovuz qiluvchi shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar — kiberjinoyatlar — global muammoga aylangan. Mazkur maqolada ushbu jinoyatlarning asosiy shakllari, ularni sodir etish usullari va ularga qarshi kurashish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi2. Axborot xavfsizligi — bu har qanday formatdagi (raqamli, yozma yoki og‘zaki) axborotni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, o‘g‘irlash, yo‘q qilish yoki buzilishdan himoya qilish faoliyatidir3. Bu atama ayniqsa axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi fonida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot xavfsizligi tizimi foydalanuvchilar, tashkilotlar, davlatlar tomonidan ishlatiladigan axborot resurslarini himoya qilishga xizmat qiladi. Bu resurslar quyidagilar bo‘lishi mumkin: - shaxsiy ma’lumotlar (passport, karta raqamlari), - moliyaviy ma’lumotlar (hisob-kitoblar), - tijorat sirlar, - intellektual mulk, - davlat sirlarini o‘z ichiga olgan strategik ma’lumotlar. Axborot xavfsizligi quyidagi uch muhim tamoyilga tayangan holda tashkil etiladi: Maxfiylik (Confidentiality) Axborotga faqat vakolatli shaxslar kirishi mumkin.Misol: Foydalanuvchi parollari shifrlanib saqlanadi. 1 Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411. 2 Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176. 3 Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277. 149 Butunlik (Integrity) Axborot o‘zgartirilmasligi yoki buzilmasligi kafolatlanadi.Misol uchun, bankdagi hisob-kitoblarni faqat ruxsatli tizim o‘zgartira oladi. Mavjudlik (Availability) Axborot kerak bo‘lganda, u mavjud va foydalanishga tayyor bo‘lishi kerak. Misol: Onlayn to‘lov tizimi har doim ishlashi zarur (DDoS hujumlar aynan bunga zarar yetkazadi). Axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: - texnik nosozliklar – serverlar ishdan chiqishi, tizim nosozligi. `- xodim xatolari – bilmasdan noto‘g‘ri ma’lumot yuborish, phishing havolalarga bosish. - ataylab qilingan hujumlar – xakerlar, viruslar, zararli dasturlar. 2017-yil – Wanna Cry hujumi: Dunyo bo‘ylab 200 000 dan ortiq kompyuter tizimiga kirib, ularni shifrlab qo‘ygan va to‘lov talab qilgan. Facebook (2019): 540 million foydalanuvchining ma’lumotlari ommaga sizib chiqqan. Bu maxfiylik tamoyilining buzilishidir. O‘zbekistonda holatlar: DXX va Axborot xavfsizligi markazi tomonidan 2023-yil davomida 1000 dan ortiq kiberhujumning oldi olingan (manba: DXX hisobotlari)4. Axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar turlari: - xakerlik: axborot tizimlariga noqonuniy kirish; - fishing: qalbaki sahifalar orqali foydalanuvchi ma’lumotlarini qo‘lga kiritish; - DDoS hujumlar: serverlarni faoliyatdan to‘xtatish maqsadida katta miqdorda so‘rovlar yuborish - Ma’lumotlarni shifrlab garovga olish (ransomware) - Moliyaviy firibgarlik va identifikatsiya ma’lumotlarini o‘g‘irlash5; 2023-yilgi statistikaga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har 39 soniyada bir kiberhujum ro‘y beradi. AQSHda 2022-yilda 800 mingdan ortiq kiberjinoyat holati qayd etilgan. O‘zbekiston ham bu tahdidlardan mustasno emas. DXX va Axborot xavfsizligi markazi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlarga ko‘ra, oxirgi yillarda kiberjinoyatlar soni sezilarli darajada oshgan6. Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun quyidagi choralar zarur: - axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va doimiy yangilab borish; - zamonaviy antivirus va xavfsizlik tizimlaridan foydalanish; - hodimlarni muntazam ravishda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘qitish; - xalqaro hamkorlik va qonunchilikni takomillashtirish; - fuqarolarning raqamli savodxonligini oshirish; Axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar zamonaviy jamiyat uchun jiddiy tahdid bo‘lib, ularning oldini olish strategik ahamiyatga ega. Kiberjinoyatlar nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va ijtimoiy sohalarda ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu boi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada axborot xavfsizligi sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning turlari, zamonaviy texnologiyalar ta’sirida qanday shakllarda yuzaga kelayotgani va bu jinoyatlarga qarshi kurashish choralari yoritil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning turlari, zamonaviy texnologiyalar ta’sirida qanday shakllarda yuzaga kelayotgani va bu jinoyatlarga qarshi kurashish choralari yoritil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kiberjinoyat, Axborot xavfsizligi, kiberhujum., xakerlik, ma’lumotlar himoyasi, raqamli tahdidlar, phishing
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники