Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
ADOLATLI, IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH, INSON OMILINI RIVOJLANTIRISH
Abdunazarova Sevara Xasan qizi
Наука и технология в современном мире · 2017
Аннотация
Har bir jamiyat hayotida har bir sohaning o’z ahamiyati bor. Har bir davlat o’z fuqorolari uchun sharoit yaratadi. Sharoit yaratish uchun islohot va yangiliklar amalga oshiradi. Ushbu islohotlar qatorida ijtimoiy sohani va u bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy siyosatni ham ahamiyati katta. Ijtimoiy adolat barcha insonlarning tenglik va imtiyozlari bilan ta’minlash, har bir kishining potensialini rivojlantirish va uni yaxshi foydalanishga imkon berish usullari asosida amalga oshirilmoqda. Kalit so’zlar: Ijtimoiy siyosat, ijtimoiy davlat, inson kapitali, ma’naviy boshqaruv, mexanizm, pedagog, taraqqiyot, strategiya. Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti, avvalo, inson kapitali -ya’ni fuqorolarning bilimli, so’nggi yillarda davlatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada rivojlanib bormoqda. Buning uchun aholining yordamga muhtoj qismini har tomonlama qo’llab -quvvatlash uchun amaliy ishlar qilinmoqda. 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947 O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi farmonining to’rtinchi sohasi ijtimoiy sohasini rivojlantirishga yo’naltirilganining o’zidan bilishimiz mumkinki, aholi bandligi va real daromadlarni izchil oshirib borish , ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish , xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish va ijtimoiy ko’rinishini rivojlantirish bo’yicha maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Bugun oldimizga oldimizga katta maqsadlar qo’yib, shunga qarab yurar ekanmiz, bunda jamiyatda bo’lgan sohalarga e’tibor qaratishimiz kerak. Adolatli va ijtimoiy siyosat yuritish- inson omilini rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir. Bunday siyosat 1. Har bir fuqoroga teng imkoniyat yaratadi, bu esa ijtimoiy adolatni ta’minlaydi. 2. Ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoya kabi sohalarga ustuvor ahamiyat beradi, bu esa inson salohiyatining to’liq ro’yobga chiqishiga xizmat qiladi. 3. Ijtimoiy tengsizlikni kamaytiradi, kambag’alikni kamaytirish orqali insonlarning hayot sifatini oshiradi. 4. Jamiyatdagi barqarorlik va hamjihatlikni ta’minlaydi, bu esa inson rivojiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Yurtimizni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan ko'pgina dasturlarda adolatli ijtimoiy siyosat yuritish bo'yicha rejalar va vazifalar kiritilgan. Masalan, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish vainson kapitalini rivojlantirish" deb nomlangan. Mazkur yo'nalishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Inson qadri – davlat siyosatining asosiy mezoni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili –O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu yondashuvda har bir fuqaro o‘z huquq va imkoniyatlariga ega bo‘lgan teng subyekt sifatida qaralmoqda. Bunga misol sifatida: Ijtimoiy 22 ` adolat va teng imkoniyatlar Ijtimoiy adolat — bu jamiyatda barcha uchun teng sharoitlar yaratish demakdir. Bu borada: Soliq tizimining adolatli bo‘lishi; Bandlikka ko‘maklashish va kambag‘allikka qarshi kurash; Ayollar va yoshlar siyosati doirasida tenglik prinsipining joriy etilishi muhimdir. Kreativ yondashuv: Masalan, "Sifatli hayot uchun fuqarolik texnologiyalari" joriy qilish orqali odamlar bevosita davlat xizmatlarining nazoratida ishtirok etishi mumkin. Bu – ishonchni kuchaytiradi. Inson kapitalini rivojlantirish – uzoq muddatli sarmoya Zamonaviy rivojlanish modeli inson kapitaliga asoslanadi. Taʼlim, sog‘liqni saqlash,psixologik farovonlik – bularning barchasi milliy taraqqiyot darajasini belgilaydi.Yaxshi taʼlim olgan, sog‘lom, intiluvchan insonlar – iqtisodiyotning yangi lokomotividir. Innovatsion misol: “Bir oila – bir startap” modeli orqali aholining har bir qatlamiga o‘z biznesini yaratishga yordam berish mumkin. Bu faqat iqtisodiy o‘sishga emas, balki insonlarning o‘zini qadrlash tuyg‘usini ham oshiradi. Ijtimoiy siyosatda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar roli Bugungi kunda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal qilishda sunʼiy intellekt (AI) ham yordamga kela oladi. Misol uchun: ehtiyojmand aholini avtomatik aniqlash;ijtimoiy xizmatlarning sifatini monitoring qilish;davlat byudjeti orqali adolatli taqsimotga erishish imkoniyati yaratiladi. Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish imkoniyatini yaratish; - Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish; - Maktabgacha ta'lim tizimida budjet mablag'larining maqsadli va samarali sarflanishini ta'minlash; - Malakali o'qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish; - Maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish; - Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta'lim sifatini oshirish; - 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta'lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga
Доказательный фрагмент
«Har bir jamiyat hayotida har bir sohaning o’z ahamiyati bor.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar bir jamiyat hayotida har bir sohaning o’z ahamiyati bor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inson kapitali, Ijtimoiy siyosat, mexanizm, ijtimoiy davlat, pedagog, strategiya., ma’naviy boshqaruv, taraqqiyot
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020