К содержанию
РецензированоRU2026

O'QUVCHILARNI CHIROYLI YOZUVGA O'RGATISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI

Nuradilova Aselxan Dilshodxo‘ja qizi · Mansurova Mashxura Jo’rabek qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается не только образовательное, но и социальное значение обучения школьников красивому почерку. Аккуратный почерк способствует развитию мышления ребёнка, формированию эстетического вкуса и укреплению уверенности в самовыражении в социальной среде. В статье подчёркивается воспитательная роль уроков письма в школе, пути формирования культуры письма у молодёжи и влияние этого процесса на развитие общества. Ключевые слова: красивый почерк, учащиеся, социальная значимость, культура письма, школа, эстетическое воспитание, мышление. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli va estetik dunyoqarashga ega insonlar etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Prezidentimizning 2019-yil 29-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm- ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi qarorida ham ta’limda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, o‘quvchilarning savodxonligi va tafakkur darajasini oshirish zarurligi alohida ta’kidlangan. Mazkur jarayonda o‘quvchilarning chiroyli yozuvga o‘rgatilishi, ularning yozuv madaniyati va estetik tarbiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chiroyli yozuv bolalarning nutq madaniyati, fikrini izchil ifoda etish ko‘nikmasini rivojlantirib, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bois, maktab ta’limida yozuv 82 ` darslari nafaqat savod o‘rgatish, balki shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlash vositasi sifatida ham ko‘rilmoqda. Aslida ta’lim-tarbiya bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topishi, shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. O’quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun, birinchi navbatda diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etganligini ko’ramiz. Bu bog’lanishlar miyada mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu hol o’quvchiga idrok etgan va sezgan narsalarini xotiraga muhrlash imkonini beradi. Masalan, o’quvchilarning o’qituvchi bayon qilayotgan harflar shaklini qanday yozayotganliklarini tahlil qilib ko’raylik. Bu jarayonni uning asosiy xarakteriga ko’ra, idrok etish jarayoni deb atash mumkin. Biroq bu idrokning aniq va ravshan bo’lishi uchun o’quvchi o’z irodasini ishga soladi, diqqatini harflarning shaklini to’g’ri ifodalashga jalb qiladi. Yozayotgan so’z yoki gapning mazmunini tushunmasdan, harflarning shaklini bilmasdan ularni idrok etib bo’lmaydi. Yozish jarayoni ko’rish va eshitish sezgilari orqali idrok qilinadi. Idrok etilishi lozim bo’lgan materialni tartibga solish, o’rganiladigan manba yoki uning tasvirini yaqqol ko’rsatish, bayonning yaqqol va izchil bo’lishi, sinf doskasiga hamma o’quvchi ko’ra oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlaydigan omillardandir. Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo’lib, u bir necha davrlarga bo’linadi va bir necha xil vazifalarni o’z ichiga oladi. Bolalar o’qituvchining ko’rsatmasiga asosan, doskaga yozgan harf va so’zlarni ko’rib boradilar, so’z va bo’g’inlarni tahlil qiladilar, nuqtachalar bilan ifodalangan harflarning ustidan bo’yaydilar. O’quvchilarni yozdirishga o’rgatishdan avval to’g’ri o’tirish qoidalarini tushuntirib berish shart. Shu bilan birga o’qituvchi butun dars davomida o’quvchilarga to’g’ri o’tirish qoidalarini eslatib turishi lozim. O’quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozishga qiziqish uyg’otish birinchi navbatda o’qituvchiga bog’liq. Shunday ekan, har bir o’quvchini chiroyli yozuvga o’rgatish, yozuv malakalarini shakllantirish biz boshlang’ich sinf o’qituvchilarining zimmasidagi yuksak vazifadir. Chunki, husnixat ham bir san’at aslida. Inson o’z fikrini boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazish mumkin. Nutqning bu shaklining o’xshash va farqli tomonlari mavjud bo’lib ular o’z o’rnida afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitish uchun mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga ko’rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. Yozuv kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarning egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikr, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi. Namunaga qarab yozish usuli. Chiroyli yozuvga o’rgatishning eng asosiy usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko’rsatish va yozdirishdir. Har bir harf namunasi doskaga barcha o’quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o’quvchilarga daftarga alohida - alohida ko’rsatib berilishi lozim. O’quvchining vazifasi esa doskaga eslab qolgan shakllarni harf, bo’g’in, so’zlar o’z daftarlarida to

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается не только образовательное, но и социальное значение обучения школьников красивому почерку.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается не только образовательное, но и социальное значение обучения школьников красивому почерку. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
neat handwriting, students, social importance, writing culture, school, maktab, o‘quvchilar, yozuv madaniyati, chiroyli yozuv, ijtimoiy ahamiyat, estetik tarbiya, tafakkur.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники