Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
XX ASR 1-YARMIDA O‘ZBEK BASTAKORLIK IJODIYOTINING RIVOJLANISHI
Turg’unboyeva Madinaxon Erkinboy qizi · Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada XX-asrning 1-yarmida yurtimizdagi musiqiy-madaniy hayot, xususan, o'zbek bastakorlik ijodining bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, maqola davrning ustoz bastakorlari To’xtasin Jaloliv va Yunus Rajabiy yaratgan asarlarining o‘rganilishi orqali belgilangan davrning bastakorlik ijodiyoti xususida umumiy taassurot gavdalanishiga asos bo’ladi. Kalit so’zlar: bastakor, uslub, janr, qo‘shiq, ashula. Tarixdan ma’lumki, har qanday xalq har bir davrda o‘z boshidan murakkab siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni o’tkazadi. Xususan, XX asrga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, bu asr umum bashariyat tarixida o’ziga xos ijtimoiy-siyosiy voqealarga boy, ilm-fan va texnikaviy taraqqiyotning rivojlana boshlash asri sifatida muhrlandi. Mazkur davrda ilm-fan yuksalishi bilan bir qatorda harbiy urushlar, mustakamlachilik siyosati avj olib, bir qancha davlatlar yirik imperiyalar tomonidan bosib olindi. Bular qatorida Turkiston ham XIX asr 2-yarmidan boshlab Chor Rossiya podshohligining tasarrufiga o‘tdi. Mustakamlachilik siyosati aholining yashash tarzi, urf-odatlari, ma’naviy va madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Rus imperiyasi hukmdorligining dastlabki bosqichi ya’ni XIX asr 2-yarmida madaniy hayotni isloh qilish uchun Turkistonda istiqomat qiluvchi ruslar va harbiylar ehtiyojidan qondirish maqsadida kutubxona, muzeylar ochilib, teatr tomoshalari sahnalashtirilgan bo‘lsa, XX asrdan boshlab barcha san’at turlari, shuningdek, musiqa san’atining hamma jabhalarida sezilarli darajada rivojlanish, yuksalish davrini boshidan o‘tkazganining guvohi bo‘lamiz. Alxusus, mamlakatimizda ilk musiqa bilim yurtlari va musiqali teatrlar ochildi, mumtoz musiqa namunalari, xalq kuy va qo‘shiqlarini yozib olish hamda qayta ishlash kabi barhayot ishlar amalga oshirila boshladi. Yuqorida bayon etilgan jarayonlar pirovardida musiqa san’atiga rus, u orqali Yevropa madaniyatiga xos uslub, janr, shakl va ohanglar tez sur’atda kirib keldi va o‘zlashtirila boshlandi. Xususan, Yevropa an’analari asosida o’zbek kompozitorlik ijodiyoti shakllandi hamda kompozitorlar tomonidan o‘zbek xalq va mumtoz musiqa negizida sharq va g‘arbga xos xususiyatlarini umumlashtirgan asarlar dunyoga keldi. Biroq, ming afsuslar bo‘lsinki, milliy musiqiy tafakkur mahsuli hisoblanmish o‘zbek bastakorlik ijodiyoti e’tibordan chetda qoldirildi, bastakorlik amali bilan mashg’ul san’atkorlar “xalq kompozitori”, “xalq-professional kompozitori”, “kompozitor-melodiyachi” kabi atamalar bilan nomlangan. K.Olimboyeva, M.Ahmedovning “O‘zbekiston xalq sozandalari” nomli to‘plami muqaddima qismidan o‘rin olgan T. Vizgoning maqolasida o‘zbek bastakorlariga nisbatan quyidagi tanqidiy fikrlar bildirilgan - “…ular traditsion ashula formalariga suyangan holda voqeligizni kuylovchi yangi asarlar yaratdilar. O‘zbekistonda bunday avtorlarni kuychi-kompozitorlar deb ataydilar, 113 ` chunki ular alohida professional ma’lumotga ega bo‘lmay, o‘z ijodlarida faqat kuylar yaratish bilan chegaralangan.1” Shunday murakkab mafkuraviy-siyosiy vaziyatlar, zamon bastakorlariga mehnat mahsuliga yetarlicha baho berilmasligiga qaramasdan ular tomonidan bastakorlik an’analari saqlanib, ravnaq topgan. Zero, ular “musiqiy merosimizni asrab-avaylagan holda uning asl navlaridagi namunalarini qo‘llashda vorisiylikni ta’minlab, yangi-yangi uslubiy yo‘nalishlarni yaratishga muyassar bo‘lishgan”.2 XX asrning dastlabki yillarida davlat amaladorlari tomonida davr ruhini madh etuvchi, mafkuraviy qarashlarni olg’a suruvchi inqilobiy qo‘shiqlar yaratish talab etilgan. Mazkur paytda Hamza Hakimzoda Niyoziy tom ma’noda maydonga chiqib, inqilobiy ruhdagi qo‘shiqlarni yaratib, xalq e’tiboriga xavola etdi. Uning “Hoy, ishchilar”,“Yasha, Sho‘ro”, “Ishchilar uyg‘on”, “Biz ishchilarmiz” kabi bir qator qo‘shiqlarida Yevropa janr, uslublari hamda turli sharq xalqlari kuy-qo‘shiqlari ohanglari umumlashtirilgan. Hamzaning qo‘shiqlari musiqiy tilining soddaligi, tushunarliligi va ayniqsa, inqilobiy tashviqot masalalari ko‘tarinki kayfiyatda ifodalanganligi bois xalq orasida keng ommalishib ketdi. Ko‘rilayotgan asrning birinchi choragida milliy adabiy-badiiy tomosha san’ati va musiqa merosi zamirida musiqali drama janri shakllana boshladi. Mazkur janrning musiqa orqali ifodaviy imkoniyatlari kengayishi, dastlabki klassik variantlarining yaratilishida salmoqli mehnat qilgan bastakorlardan biri To‘xtasin Jalilovdir. Buyuk san’atkorning nomi o‘zbek musiqa madaniyati tarixida “musiqali drama otasi”, birinchi o‘zbek milliy orkestrining tuzuvchisi, Jalilovlar sulolasi asoschisi, XX asr Andijon g’ijjakchilik maktabi tuzuvchisi, bir qancha mohir bastakorlarning ustoz karvonboshisi sifatida muhrlandi. Hassos bastakor musiqali dramalarga musiqa bastalashda xalq kuy, qo‘shiqlari va maqom yo’llaridan shu qadar mohirona foydalanar ediki, buni zargarlarning zarni ehtiyotkorona payvandlashiga qiyoslash mumkin. Chunonchi, Ikrom Akbarov “To’xtasin Jallov” ijodigaga bag’ishlangan ocherkida “To‘xtasin Jalil
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada XX-asrning 1-yarmida yurtimizdagi musiqiy-madaniy hayot, xususan, o'zbek bastakorlik ijodining bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada XX-asrning 1-yarmida yurtimizdagi musiqiy-madaniy hayot, xususan, o'zbek bastakorlik ijodining bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qo‘shiq, uslub, ashula., bastakor, janr
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020