Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALAR: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINING BUZILISHI JINOYATINI OCHISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Usmonov Najmiddin Qo’shboq o’g’li · Xudoyberganov Sardor Sherimbetovich
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada mehnatni muhofaza qilish jinoyatining mohiyati va mazmuni, uning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda uchraydigan muammo va kamchiliklar keng ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bugungi kundagi mehnatni muhofaza qilish jinoyatlarining statistikasi va ularning yechimiga qaratilgan takliflar tahlil etiladi. Kalit so’zlar Мehnatni muhofaza qilish, mehnatda mayib bo‘lish, shaxsiy himoya vositalari, baxtsiz hodisa, ishlab chiqarish omili, xavfsiz ishlash huquqi. Mehnatni muhofaza qilish– inson hayoti va sog‘lig‘ini ishlab chiqarish jarayonida himoya qilish, xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Ishlab chiqarishdagi xavfsizlik talablariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan jinoyatlar jamiyat uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu maqola ushbu jinoyatlarni tergov qilishning huquqiy asoslari va dolzarb masalalarini o‘rganishga bag‘ishlanadi1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida mehnatni muhofaza qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish bir qator normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bularga quyidagilar kiradi: – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (42-46-moddalar): Har bir fuqaro xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega. – “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonun: Ushbu qonun xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha ish beruvchilarning majburiyatlarini belgilaydi. – Mehnat kodeksi: Ishchilarning huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat sifatida ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta’minlashni talab qiladi. – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-24-moddalar): Har bir inson xavfsiz va odil mehnat sharoitlariga ega bo‘lish huquqiga ega2. Mehnatni muhofaza qilish– mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi; Mehnatda mayib bo‘lish– ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi; 1 B.B.Murodov. Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari // Xususiy ayblov va yarashuv institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40. 2 B.B.Murodov. “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B.24 47 Shaxsiy himoya vositalari– xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa–xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa; Zararli ishlab chiqarish omili– ta’siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili; Ishchilarning xavfsiz ishlash huquqi– ishchi har doim xavfsiz sharoitda ishlashni, o'z sog'lig'i va hayotini xavf ostiga qo'ymasdan mehnat qilishni talab qilish huquqiga ega. Mehnatni muxofaza qilish jinoyati– bu mehnat qonunlariga, xususan, ishchilarni himoya qilishga oid huquqiy me'yorlarning buzilishi bilan bog'liq jinoyatdir. O'zbekiston Respublikasida mehnat huquqini buzish, ishchilarni xavfsiz sharoitda ishlashini ta'minlashga qaratilgan talablarning amalga oshirilmasi jinoyat sifatida baholanishi mumkin3. 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasida,shuningdek boshqa bir qator xalqaro xuquqiy hujjatlar xamda mamlakatimiz milliy qonunchilik normalarida xar kim mexnat qilish,erkin kasb tanlash ,adolatli mexnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega deb mustahkamlangan.Inson huquqlarini taqiqlovchi xatti-xarakatlar,shu jumladan fuqarolarni majburiy mexnatga jalb qilish xalqaro hamjamiyat tomonidan qabix ishlar qatorida etirof etilib,ularni taqiqlashga oid bir qancha jora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.Bu borada xalqaro xamkorlikning ifodasi sifatida bir qator xalqaro hujjatlar qabul qilindi.Shular orasida quyidagi eng nufuzli va universal xalqaro hujjatlarni keltirish joiz4. Mehnatni muxofaza qilish, avvalo, ishchining hayoti va sog'lig'ini himoya qilishga qaratilgan. 1. "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-24 moddalari " 2. ”Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt 6-8 moddalari” 3.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada mehnatni muhofaza qilish jinoyatining mohiyati va mazmuni, uning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda uchraydigan muammo va kamchiliklar keng ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada mehnatni muhofaza qilish jinoyatining mohiyati va mazmuni, uning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda uchraydigan muammo va kamchiliklar keng ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ishchilarning xavfsizligi, shaxsiy himoya vositalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, mehnatda mayib bo‘lish, Mehnatni muhofaza qilish, zararli ishlab chiqarish omili, ishlash huquqi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025