К содержанию
РецензированоUZ2026

ULUG'BEK HAMDAM ASARLARIDA MILLIY-MADANIY KONSEPTLARNING TIL VOSITALARI ORQALI IFODALANISHI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ro’ziboyeva Dilruxsor Nurmuhammad qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakili Ulug‘bek Hamdam ijodidagi milliy-madaniy konseptlar til vositalari orqali qanday ifodalanganligi tahlil qilinadi. Muallifning badiiy matnlarida o‘zbek xalqining tarixiy xotirasi, urf-odatlari, qadriyatlari, dunyoqarashi va ijtimoiy-madaniy ongini aks ettiruvchi lingvokulturologik birliklarning roli o‘rganiladi. Shuningdek, Ulug‘bek Hamdam asarlarida uchraydigan milliy timsollar, an’anaviy tushunchalar va ularning til strukturasi bilan uyg‘unlashuvi misollar asosida tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: milliy-madaniy konsept, badiiy til, til vositalari, lingvokulturologiya, madaniy kod. Hozirgi zamon lingvistikasi rivojida til va madaniyat o'rtasidagi oʻzaro aloqalarni o'rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, lingvokulturologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar, milliy o'ziga xoslik, madaniy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar va xalq ongida mustahkam oʻrn olgan konseptlarning til vositalari orqali ifodalanishini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ulugʻbek Hamdam ijodi ana shunday boy lingvokulturologik qatlamga ega boʻlib, uning "Ota", "Isyon va itoat", "Sabo va Samandar", "Yolgʻizlik" kabi asarlarida xalqimizning milliy mentaliteti, urf-odatlari, qadriyatlari va dunyoqarashi o'zining badiiy ifodasini topgan. Ushbu bobda yozuvchining asarlaridagi milliy-madaniy konseptlar, ularning lingvokulturologik jihatdan ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Lingvokulturologiya til orqali madaniyatni aks ettiruvchi fan sifatida til birliklarida yashiringan madaniy kodlarni tahlil qiladi. Bu fan tildagi milliy madaniyatning ifodalanish shakllarini, milliy xarakter va muloqotning madaniy kontekstlarini aniqlaydi. Lingvokulturologiyaning asosiy tushunchalaridan biri bu "konsept" hisoblanadi. Konsept bu - muayyan xalq ongida tarixiy, ijtimoiy va madaniy tajriba asosida shakllangan, til orqali ifodalanuvchi bilimlar majmuidir. Milliy-madaniy konseptlar xalqning dunyoqarashi, urf- odatlari, e’tiqodi va qadriyatlarini o'zida mujassam etgan. Ulugʻbek Hamdam asarlarida quyidagi konseptlar alohida ajralib turadi: "Ota" konsepti: bu konsept orqali oilaviy qadriyatlar, ota-ona hurmati, avlodlar orasidagi rishtalar yoritiladi. "Yolgʻizlik" konsepti: insonning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari, ijtimoiy tanho boʻlish holatlari aks ettiriladi. "Isyon" va "itoat" konseptlari: jamiyat va shaxs o'rtasidagi muvozanat, insonning ichki qarama-qarshiliklari orqali ifodalanadi. "Muhabbat" va "sadoqat" konseptlari: sevgi va uning xalqona tasviri, madaniy stereotiplarga asoslangan romantik obrazlar orqali beriladi. "Ota" romani – oilaviy qadriyatlar va patriarxal mentalitet Romanda ota obrazining til orqali ifodalanishi xalqimizdagi qadimiy patriarxal dunyoqarashni namoyon etadi. "Ota" konsepti – faqatgina biologik otani emas, balki hayotda yo'l ko'rsatuvchi, yo'l-yo'riq beruvchi, tarbiyachi, muqaddas shaxsni ham anglatadi. 124 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Til vositalari orqali ifoda: Maqollar: "Ota o'rnida ota yo'q" kabi maqollar orqali otaning yagona va beqiyos mavqei tasvirlanadi. So'z tanlovi: "botir", "chidamli", "o'rnak", "sukutli"kabi epitetlar otaning xarakterini ochadi. "Isyon va itoat" romani – shaxs va jamiyat o'rtasidagi ziddiyat. Ulug'bek Hamdamning "Isyon va itoat" asarida bir qancha milliy-madaniy, falsafiy va ijtimoiy konseptlar chuqur ifodalangan. Quyida asarda asosiy o'rin tutgan ba’zi muhim konseptlarni keltiraman: 1. Isyon (Qo'zg'olon, Qarshilik) konsepti. Bu konsept asarda shaxsning ichki norozilik holati, ijtimoiy va ma’naviy adolatsizlikka qarshi kurashi sifatida ochib beriladi. Bu isyon shunchaki siyosiy emas, balki ruhiy va ma’naviy isyon hamdir — inson o'zini va jamiyatni yangilashga intiladi. 2. Itoat (Bo'ysunish, Tavozelik) konsepti. "Itoat" orqali yozuvchi insonning o'z taqdiriga, ijtimoiy me’yorlarga, hatto mavjud tuzumga nisbatan murosa qilishi, ichki barqarorlikka erishish yo'lini ko'rsatadi. Bu yerda itoat zaiflik emas, balki ma’naviy yetuklik belgisi sifatida talqin qilinadi. 3. Erk va ozodlik konsepti. Asarda insonning erkin bo'lishga, o'z hayotini o'zi belgilashga intilishi markaziy o'rinda turadi. Erk va ozodlik "isyonga" olib boruvchi turtki sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga, erk bilan bog'liq mas’uliyat ham yoritiladi. 4. Vijdon va ma’naviyat konsepti. Vijdon — asardagi asosiy ichki mezonlardan biri. Qahramonlar o'z harakatlarini vijdonlari bilan solishtiradi. Ma’naviyat — o'zligini anglash va jamiyatdagi o'rnini topishning yo'li sifatida tasvirlanadi. 5. Ota-ona, muqaddaslik, ildiz konseptlar.i Asarda ota timsoli orqali milliy qadriyatlar, avlodlar davomiyligi, e’tiqod kabi muhim tushunchalar ifodalanadi. Bu timsollar orqali "itoat"ning ma’naviy, urf-odatlarga asoslangan shakli ko'rsatiladi. 6. Yolg'izlik va ichki monolog konsepti. Qahramonning ichki dunyosi, uning o'z-o'ziga beriladigan savollari va shubhalari — bu esa ichki yolg'izlik va o'zini izlash konseptini yuzag

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakili Ulug‘bek Hamdam ijodidagi milliy-madaniy konseptlar til vositalari orqali qanday ifodalanganligi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakili Ulug‘bek Hamdam ijodidagi milliy-madaniy konseptlar til vositalari orqali qanday ifodalanganligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lingvokulturologiya, madaniy kod., til vositalari, milliy-madaniy konsept, badiiy til
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники