Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PARADIGMATIK / SINTAGMATIK MUNOSABATLARNING CHET TILINI O‘QITISHDAGI AHAMIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O‘QITISHDAGI AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/si) · Maftuna Karshibayeva (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada paradigmatik va sintagmatik munosabatlarning lingvistik mohiyati, ularning til tizimidagi o‘rni hamda chet tilini o‘qitish jarayonidagi metodik ahamiyati yoritilib, maqolada interaktiv metodlar asosida dars jarayonida mazkur munosabatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Paradigmatik munosabatlar doirasida til birliklarining tanlanish imkoniyati, sintagmatik munosabatlar esa ularning ketma-ketlikda bog‘lanishi asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari chet tilini o‘qitishda til birliklari orasidagi munosabatlarni ongli ravishda anglatish orqali til kompetensiyalarini samarali shakllantirish imkonini berishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: til birliklari, chet tili o‘qitish, lingvistik kompetensiya, kommunikativ yondashuv, grammatik ko‘nikma, leksik birliklar, strukturalizm, til tizimi. Kirish: Til inson tafakkuri, dunyoqarashi va ijtimoiy faoliyatining ajralmas vositasi sifatida jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Tilshunoslikda til tizimi ichida yuzaga keluvchi birliklararo munosabatlar doimiy tadqiqot va bahs-munozara obyektiga aylangan. Ayniqsa, strukturaviy tilshunoslik doirasida ilgari surilgan paradigmatik va sintagmatik munosabatlar konsepsiyasi tilda mavjud birliklarning tizimliligi va o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu ikki munosabat shakli til birliklarining tanlanishi (paradigma) va birikishi (sintagma) tamoyillari asosida til tuzilishining asosiy printsiplarini belgilaydi. Ushbu nazariy yondashuv, avvalo, Ferdinand de Sossyur tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, keyinchalik Yevropa va Amerika strukturalistlari tomonidan keng rivojlantirildi. Paradigmatik munosabatlar bir xil turkumdagi birliklar o‘rtasida tanlash asosida yuzaga keladigan aloqalarni anglatadi, masalan, fe’llar orasidan keraklisini tanlab gap tuzish. Sintagmatik munosabatlar esa til birliklarining ketma-ketlikda bog‘lanishi orqali yuzaga chiqadi, ya’ni birikmalar, gaplar, matnlar tuzilishini belgilaydi. Chet tilini o‘qitish jarayonida ushbu ikki munosabat turini to‘g‘ri tushunish va amaliyotga joriy etish orqali o‘quvchilarning grammatik, leksik va nutqiy ko‘nikmalarini samarali rivojlantirish mumkin. Paradigmatik munosabatlar yordamida sinonimiya, antonimiya, morfologik shakllar, so‘z yasalishi kabi jihatlar o‘rgatilsa, sintagmatik munosabatlar asosida so‘zlarning birikish qoidalari, so‘z tartibi, gap tuzish modellari va matn tarkibi o‘rgatiladi. Bu yondashuv til o‘rganuvchining tilda mustaqil fikrlashi va kommunikativ faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy xorijiy til taʼlimida kommunikativ va kognitiv yondashuvlarning ustuvorligi, til birliklari orasidagi mazmuniy va shakliy bog‘liqlikni anglash zaruratini yanada kuchaytirmoqda. Shunday sharoitda paradigmatik va sintagmatik munosabatlar nazariyasining metodik asoslarini chuqur o‘rganish va uni dars jarayonida tatbiq etish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mazkur maqolada paradigmatik va sintagmatik munosabatlarning lingvistik mohiyati, ularning chet tilini o‘qitishdagi o‘rni va taʼlim samaradorligiga taʼsiri ilmiy-nazariy va amaliy 20 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si nuqtai nazardan tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari xorijiy til o‘qituvchilari uchun metodik asos va amaliy tavsiya sifatida xizmat qilishi mumkin. Tilshunoslikda paradigmatik va sintagmatik munosabatlar til tizimining ichki tuzilishini anglashda asosiy tahliliy kategoriyalar hisoblanadi. Ushbu ikki munosabat ilk bor Ferdinand de Sossyur tomonidan tilning struktural xususiyatlarini tushuntirishda qo‘llangan va keyinchalik R.O. Yakobson, L. Elmslev, N. Xomskilar tomonidan ilmiy jihatdan yanada chuqurlashtirilgan. Paradigmatik munosabatlar bir xil funksiyaga ega bo‘lgan til birliklari orasidagi tanlov asosida yuzaga keladi. Masalan, quyidagi jumlada: "She read a book." so‘zlardan istalgan biri paradigmatik jihatdan o‘zgartirilishi mumkin: "She wrote a book", "She read a magazine" va hokazo. Bu tanlov birliklarning o‘zaro paradigmatik munosabatda ekanligini anglatadi. Bunday munosabatlar so‘z turkumlari, morfemalar, sinonimlar, antonimlar va grammatik shakllar o‘rtasida mavjud. Sintagmatik munosabatlar esa til birliklarining vaqt va makon ketma-ketligida bog‘lanishini anglatadi. Bu munosabatlar gap, birikma, matn ichida birliklarning qanday tartibda va qanday sintaktik rol bilan joylashganini ko‘rsatadi. Misol uchun: "The little girl is playing in the yard." Bu yerda so‘zlarning joylashuvi sintaktik qonun-qoidalarga muvofiq sintagmatik munosabatda tashkil topgan. Chet tilini o‘qitishda ushbu munosabatlardan to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarning til tizimini ongli ravishda o‘zlashtirishiga yordam beradi. Paradigmatik yondashuv yordamida o‘quvchilar bir xil turdagi so‘z yoki grammatik birliklar o‘rnida muqobil variantlarni tanlashni o‘rganadi. Masalan, fe’llarning zamon shakllarini o‘rganishda paradigmatik tahlil asosida zamonlar paradigmasi tuziladi va ular ustida ishlanadi.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada paradigmatik va sintagmatik munosabatlarning lingvistik mohiyati, ularning til tizimidagi o‘rni hamda chet tilini o‘qitish jarayonidagi metodik ahamiyati yoritilib, maqolada interaktiv metodlar asosida…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada paradigmatik va sintagmatik munosabatlarning lingvistik mohiyati, ularning til tizimidagi o‘rni hamda chet tilini o‘qitish jarayonidagi metodik ahamiyati yoritilib, maqolada interaktiv metodlar asosida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- til birliklari, til tizimi., lingvistik kompetensiya, kommunikativ yondashuv, leksik birliklar, grammatik ko‘nikma, chet tili o‘qitish, strukturalizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024