К содержанию
РецензированоUZ2026

HODISA SODIR BO'LGAN JOYNI VIDEOYOZUV ORQALI QAYD ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI · Tadjiev Azamat Aliboevich · Suyarov Ramazon Nodir o’g’li

Наука и инновация · 03 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada hodisa sodir bo'lgan joyni video yozuv orqali qayd etishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Video yozuvlarni qayd etishda joyning aniqligi, atrof-muhit sharoiti, kameraning joylashuvi va texnik xususiyatlar muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Maqola video materiallarni yaratishda yuzaga keladigan texnik va axborot xavfsizlik masalalariga ham to'xtaladi. Shuningdek, video yozuvlar orqali hodisalarni vizual va aniq tarzda qayd etishning afzalliklari va cheklovlari ko'rib chiqiladi. Kalit so'zlar Video yozuv, hodisa sodir bo'lgan joy, texnik xususiyatlar, vizual tasvir, axborot xavfsizligi, kameraning joylashuvi, atrof-muhit sharoiti, video materiallar, qayd etish metodikasi. Hodisa sodir bo'lgan joyni video yozuv orqali qayd etish, zamonaviy kommunikatsiya va jurnalistika sohasida muhim o‘rin tutadi. Bu metod, ko‘plab sohalarda, jumladan, huquq- tartibot organlari, ilmiy tadqiqotlar va jurnalistikada keng qo‘llaniladi. Video yozuvlar nafaqat faktlarni aniq va real vaqt rejimida taqdim etish imkonini beradi, balki hodisalar ro‘y berayotgan joyni vizual tarzda ko‘rsatib, ko‘proq tushuncha va ma'lumotlarni etkazishda yordam beradi. Shu bilan birga, video materiallarning texnik jihatlari, ehtiyotkorlikka talablar va axborotning ishonchliligi haqida ham bir qancha o‘ylash kerak. Bugungi kunda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amaldagi qonun hujjatlarining samarasini yanada oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Yurtimizda sudhuquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida dastlabki tergovda fantexnika vositalaridan o’z vaqtida va to’g’ri foydalanish tergovchi faoliyatini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amalga oshirayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatlarni aniqlash, tez-to’la va samarali ochishda tergov sohaviy xizmatlarida kriminalistik vositalarning, shuningdek, ilg’or tajriba yutuqlarining keng qo’llanilishiga erishish zarurligi ta’kidlanadi. Ma’lumki, ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish tergov harakati sud-huquq amaliyotida keng qo’llaniladigan tergov harakatlaridan biri bo’lib, ushbu tergov harakatini isbotlash jarayonida qo’llash orqali dalillar to’plash ancha samarali natija beradi, tergov amaliyotida mazkur tergov harakati qasddan odam o’ldirish, bosqinchilik, talonchilik, o’g’rilik va shu kabi bir qator jinoyatlar bo’yicha ish yuritish davomida keng qo’llaniladi1. 1 Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277. 23 Tergovchi tomonidan ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish tergov harakatini to’g’ri rasmiylashtirilishining muhimligi shundaki, jinoyat protsessual kodeksi talablari buzilgan holda olingan dalill JPKning 951-moddasiga ko’ra dalillarning maqbul emasligiga sabab bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi JPKning 91-moddasi 3-qism 3-bandida ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish tergov harakatini videoyozuv orqali o’tkazishning shartligi belgilab qo’yilgan. Ammo ushbu tergov harakatini o’tkazishda ba’zi kamchiliklarga ham yo’l qo’yilmoqda. Bularga ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirishning o’z vaqtida o‘tkazilmasligi, bu esa ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma'lumotlarning yo‘qolishiga yoki foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. Natijada o‘tkazilgan ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish samaradorligi pasayib ketadi. Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida ko‘rsatuvlar olingandan so‘ng ularni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish ishni yuritayotgan tergovchilar tomonidan baьzan nomiga olingan ko‘rsatuvlarni qanchalik haqiqatga mosligini tekshirish maqsadidagina o‘tkaziladi. Bu esa ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakati orqali erishish mumkin bo‘lgan natijalarni subьektiv ravishda pasaytiradi2. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning o‘ziga xos hususiyatlariga va undan kutilayotgan natijalarga qarab, tergovchi zarur ilmiy-texnik vositalarni oldindan tanlaydi, ularning holati va ishga tayyorgarligini tekshiradi (masalan, video jihozlar, lenta, o‘lchash asboblari, kompas, izlar bilan ishlash vositalari va boshqalar). Zarur bo‘lganda, metall detektorlar, ultrabinafsha nurlarining ko‘chma manbalari, jasadlarni aniqlash moslamasi to‘siqlarni va harakatlarni yengib o‘tish uchun turli hil yordamchi qurilmalar, joyida topilgan narsalarni qadoqlash va tashish uchun materiallarni belgilaydi3. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va aniqlashtirishni qayd etish fototasvirga tushirish, videoga olish, ovoz yozish uskunalarini ishlatish, reja va sxemalarni tuzishdan iborat. Videoyozuv ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning qaysi yo‘nalishda qaysi yo‘llar orqali hodisa joyiga borganligi, qanday harakatlarni amalga oshirganligi, hodisa joyidagi va aniqlangan obьektla

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hodisa sodir bo'lgan joyni video yozuv orqali qayd etishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hodisa sodir bo'lgan joyni video yozuv orqali qayd etishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Video yozuv, hodisa sodir bo'lgan joy, texnik xususiyatlar, vizual tasvir, axborot, voqea joyi., Texnologik elementlar, axborot xavfsizligi, yozib olish texnikasi, video materiallar, vizual rasm, kamera joylashuvi, atrof-muhit sharoitlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники