К содержанию
РецензированоRU2026

MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI ORQALI TALABALARNING IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH (INGLIZ TILI O’RGATISH MISOLIDA)

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sayyora Inamova (in-academy.uz/index.php/si) · Sayyora Inamova (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 4 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada оliу ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida o‘qitish, chet tillarni o‘qitish sifatini oshirish, mustaqil ta’limni o‘zlashtirish (mastering independent learning) va o‘z ustida mustaqil ishlash (learning autonomy) kompetensiyasini rivojlantirish, chet tillarga oid nutqiy va lingvistik rivojlantirishda mustaqil ishlash (work self- sufficiently) ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan hamda mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkillash orqali iqtidorni shakllantirish, rivojlantirish haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: ijod, tafakkur, qobiliyat, taqlid, bilim, ko‘nikma, kredit-modul, nutqiy va lingvistik, mustaqil ishlash. DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVITY THROUGH INDEPENDENT STUDY ACTIVITIES (ON THE EXAMPLE OF TEACHING ENGLISH) Sayyora Inamova Namangan state university doctoral student. Annotation: This article focuses on teaching in higher education institutions based on the credit-module system, improving the quality of foreign language teaching, developing the competence of mastering independent learning and learning autonomy, improving the skills of working independently in foreign language speech and linguistic development, and discusses the formation and development of talent through the organization of independent learning activities. Keywords: creativity, thinking, ability, imitation, knowledge, skills, credit-module, speech and linguistic, independent work. Kirish. Xalqaro Yunesko tashkiloti tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha Xalqaro ta’lim konsepsiyasida butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish strategik vazifa sifatida belgilandi. Talabalarga ingliz tillаrni о‘qitishdа mustаqil tа’limni tashkil etish va rivоjlаntirish bо‘yiсhа quyidаgi ustuvоr yо‘nаlishdаgi tаdqiqоtlаr оlib bоrilmоqdа: umumеvrора СЕFR tаlаblаri аsоsidа tаlаbаlаrgа ingliz tillаrni о‘qitishning реdаgоgik mехаnizmlаrini tаkоmillаshtirish; о‘qitish mаzmuni, tа’lim tехnоlоgiуаlаri, nаzоrаt оb’yеktivligini kuсhауtirish; tаlаbаlаrning tа’lim, mа’nаviуаt vа ilm-fаn sоhаsidа о‘zаrо hаmkоrlikni kuсhауtirish; аuditоriуа vа аuditоriуаdаn tаshqаri mustаqil tа’limni tаshkil qilish, mustаqil tа’lim оrqаli mutахаssisliklаri dоirаsidа bilim, kо‘nikmа vа mаlаkаlаrni shаkllаntirish hаmdа krеdit – mоdul tizimi аsоsidа оliу tа’lim muаssаsаlаri tаlаbаlаrini ingliz tillаrni o‘qitishlаri uсhun mustаqil tа’lim оlish рlаtfоrmаsini yаrаtish, shu bilаn birgа mustаqil tа’lim оlishning реdаgоgik tizimini ishlаb сhiqish kаbilаr shulаr jumlаsidаndir. Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda bilimga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirish, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali salohiyatli, 75 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si qo‘yilgan muammoni hal qila olish layoqatiga ega yetuk mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim tizimini oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Rеsрublikаmiz tа’lim tizimini islоh qilishdа oliy ta’lim muassasalari kredit-modul sharoitida chet tillarni, jumladan, ingliz tilini oʻqitish hamda mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini takomillashtirishda ilg‘or yetakchi xorijiy mamlakatlarning soʻnggi ilmiy texnologiyalari qoʻllanilib, chet tillar oʻqitish mazmuni va oʻquv-metodik ta’minoti, shuningdek, mustaqil ishlashda nazorat obyektivligini ta’minlash kabi yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Aholi orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va tillarni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklarni ta’limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish” kabi vazifalar belgilangan. Shunga ko‘ra, oliy ta’limmuassasalarida ingliz tilini kredit-modul tizimida o‘qitishda mustaqil ishlash kompetensiyasining rivojlantirish metodikasi ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, talabalarga ingliz tilini oʻqitishda mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish zaruratini belgilaydi. Oliy ta’lim tizimida chet tili o‘rgatishda mustaqil ta’limni takomillashtirish asosida bilimlarni yanada oshirishda turli manbalardan mustaqil foydalanish, masalan muzeylarga, suratlar galereyalariga borish, ekskursiyalar uyushtirish kabi mustaqil ta’limni targ’ib qiluvchi faoliyatlarga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi hollarda talabalar “loyiha” topshirig‘ini mustaqil bajarish uchun 4-6 haftagacha muddatga darslardan ozod etiladi. Bunday ish natijasida hisobotlar tuzilib, pedagoglarga taqdim etiladi. Topshiriqlar tipologiyasi turli xil bo‘lib, ularning barchasi talabalar tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishilishini nazarda tutadi. Tanlab ishlash, yakka tartibda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladigan ish (directing study), tayyorgarlik, seminar (o‘quvchilar o‘z ishining natijalari bilan tanishtiriladi) va maxsus chet tilni o‘rgatishni rivojlantirish bo‘yicha “qidiruv” ishi (o‘z rejasi bo‘yicha ishlash) ustunlik qiladi. Keyingi yillarda metodik tadqiqotlarda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada оliу ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida o‘qitish, chet tillarni o‘qitish sifatini oshirish, mustaqil ta’limni o‘zlashtirish (mastering independent learning) va o‘z ustida mustaqil ishlash…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada оliу ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida o‘qitish, chet tillarni o‘qitish sifatini oshirish, mustaqil ta’limni o‘zlashtirish (mastering independent learning) va o‘z ustida mustaqil ishlash… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
creativity, thinking, ability, imitation, knowledge, skills, credit-module, taqlid, tafakkur, ko‘nikma, mustaqil ishlash., bilim, ijod, nutqiy va lingvistik, kredit-modul, qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники