К содержанию
РецензированоUZ2026

ABU ABDULLOH RUDAKIY IJODIY MEROSI VA UNING ADABIYOTDA TUTGAN O‘RNI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TUTGAN O‘RNI (in-academy.uz/index.php/si) · Toʻrayeva Sumbula Asomiddin qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada fors-tojik adabiyotining asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy ijodi tahlil qilinadi. Shoirning badiiy merosi, she’riyatidagi asosiy g‘oyaviy yo‘nalishlar, badiiy uslubi hamda Sharq adabiyoti tarixidagi o‘rni yoritilgan. Rudakiy asarlarida insoniylik, go‘zallik, tabiat va hayotga muhabbat kabi mavzular markaziy o‘rin egallaydi. Uning soddaligi, musiqiyligi va chuqur falsafiy mazmuni bilan ajralib turadigan ijodi keyingi asrlar adabiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Maqola Rudakiy she’riyatining hozirgi zamon madaniy-ma’naviy qadriyatlar tizimidagi ahamiyatini ham ko‘rsatib beradi. Annotation: This article explores the literary legacy of Abu Abdallah Rudaki, recognized as the founder of classical Persian-Tajik literature. It examines the main thematic directions of his poetry, his artistic style, and his significant place in the history of Eastern literature. Rudaki's works emphasize themes such as humanity, beauty, nature, and love for life. His poetic expression is marked by simplicity, musicality, and deep philosophical content. The article also highlights the enduring cultural and moral value of Rudaki's poetry and its influence on subsequent generations of poets. Аннотации: В данной статье рассматривается литературное наследие Абу Абдаллаха Рудаки — основоположника классической персидско-таджикской литературы. Анализируются основные тематические направления его поэзии, художественный стиль и значительное место в истории восточной литературы. В произведениях Рудаки центральное место занимают темы человечности, красоты, природы и любви к жизни. Его поэзия отличается простотой изложения, музыкальностью и глубокой философской наполненностью. В статье также подчеркивается культурная и нравственная ценность творчества Рудаки и его влияние на последующие поколения поэтов. Kalit soʻzlar: Rudakiy, fors-tojik adabiyoti, she’riyat, falsafiy fikrlar, badiiy uslub, Sharq adabiyoti, axloqiy g‘oyalar, adabiy meros, qasida, ruboiy Keywords: Rudaki, Persian-Tajik literature, poetry, philosophical ideas, literary style, Eastern literature, moral values, literary heritage, qasida , ruba'i. Ключевыие слова:Рудаки, персидско-таджикская литература, поэзия, философские идеи, художественный стиль, восточная литература, нравственные ценности, литературное наследие, касыда, рубаи. Abu Abdulloh Rudakiy (taxminan 858–941) — fors-tojik adabiyotining asoschisi, Sharqning buyuk shoiri hisoblanadi. U Panjikent yaqinidagi Rudak qishlog‘ida tug‘ilgan va yoshligidan she’rga qiziqqan. Rudakiy dunyoviy va falsafiy ruhdagi she’rlari orqali o‘z davrining eng yirik adabiy siymosiga aylangan. 126 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Rudakiy ijodi ko‘p qirrali bo‘lib, u qasida, g‘azal, ruboiy, qit’a va doston janrlarida ijod qilgan. U she’riyatga soddalik, tabiiylik va hayotiylik olib kirgan. Shoirning ko‘plab asarlarida insonparvarlik, sabr-toqat, dunyoviy go‘zallik, tabiatga mehr kabi g‘oyalar ilgari surilgan. “Bo‘y keldi, bahor keldi...” kabi mashhur qasidalari bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.Afsuski, Rudakiyning boy adabiy merosining katta qismi yo‘qolgan, biroq yetib kelgan namunalar uning betakror iste’dod egasi bo‘lganini tasdiqlaydi. U saroy shoiri sifatida ham mashhur bo‘lgan va ko‘plab ijodkorlarga ta’sir ko‘rsatgan. Rudakiy ijodi Nizomiy, Firdavsiy, Sa’diy, Umar Xayyom kabi keyingi avlod shoirlariga zamin yaratgan.Rudakiy nafaqat adabiyot tarixida, balki madaniyat va axloqiy tafakkur rivojida ham muhim o‘rin tutadi. Uning asarlari bugungi kunda ham yoshlarni ezgulikka, hayotga muhabbat bilan qarashga chorlaydi. Shu bois, Rudakiy merosi abadiy qadriyat hisoblanadi. Rudakiyning adabiy merosidan bizgacha 2 qasida, 50 ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar yetib kelgan. Ammo XII asr shoiri Rashid Samarqandiyning ta’kidlashicha, bironta shoir Rudakiy singari ko‘p asar yozgan emas. Muhammad Avfiyning xabar berishicha, Rudakiy yuzta to‘plam (daftar) yozgan. Qadimgi manbalarda Rudakiyning "Oftob davroni", "Arois an- nafois" ("Nafis kurtaklar") va "Sinbodnoma" dostonlari bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Uning qasidalaridan "Mening onam", "Buxoro vasfi" va "Qarilikdan shikoyat" kabilar bizgacha yetib kelgan. Rudakiyning ijodida X asrning ijtimoiy hayoti o‘z aksini topgan. Uning hamma asarlarida xalqning orzu-umidlari, manfaatlari ifoda qilingan. Faylasufning tabiat go‘zalliklarini ifoda etgan asarlari juda jozibalidir.Buyuk mutafakkir kishilar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamkorlik kishilik jamiyati uchun muhim ahamiyatga ega ekanini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan: Jahonning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. Rudakiy hayotni ustoz deb hisoblaydi va undan ta’lim olishga undaydi: Har kishi olmasa hayotdan ta’lim, Unga o‘rgatolmas hech bir muallim. Rudakiy asarlarida inson aqlu zakovatiga ishonch kuchli. Asarlarining tili, badiiy ifoda vositalari sodda va tushunarli qilib yozilgan. Tabiatni, vatanni vasf qilish, axloqiy pandu nasiha

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada fors-tojik adabiyotining asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy ijodi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada fors-tojik adabiyotining asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy ijodi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rudaki, Persian-Tajik literature, poetry, philosophical ideas, literary style, badiiy uslub, axloqiy g‘oyalar, she’riyat, ruboiy, Sharq adabiyoti, falsafiy fikrlar, adabiy meros, fors-tojik adabiyoti, qasida, Rudakiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]ПедагогикаENРецензированоОткрытый доступ
ASPECTS OF NAVRUZ AND NEW YEAR'S HOLIDAYS

Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийAND NOWROZ”, Fozilova OgiloFayoz kizi2025

8
CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти