Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATN ORQALI O‘QUVCHILARNING O‘QIB TUSHUNISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQLAR (in-academy.uz/index.php/si) · Sultanova Fazilat Kamol qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Maqolada maktab o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini matn orqali shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun qanday topshiriqlar tanlash haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: matn, tushunish, ijodiy fikrlash, o‘qib tushunish, shakllantirish, rivojlantirish, bog‘lanishli matn. Bugungi kunda, ya’ni zamonaviy metodika ilmida o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlashi, muhokama qilinayotgan manbaaga o‘zining shaxsiy fikrini erkin bayon qila olishi kabi xususiyatlarini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishida N.M.Turniyozov, B.Yo‘ldoshev, A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Tilshunoslikda matnni psixolingvistik jihatdan o‘rganish ham o‘ziga xos tarixiga ega. Ayniqsa, tilshunoslar I.Lisakova, A.A.Leontev, N.S.Evchik, A.Shtern, T.A.Drozdovalarning bu boradagi tadqiqotlari diqqatga sazovor. O‘qib tushunish – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Matnni tushunish jarayoni uni faol qayta ishlash, kengaytirilgan matnning ichki tarkibiy qismiga aylantiradigan muhim tarkibiy qismlarni faol tanlash jarayoni kabi ko‘rinadi. Tushunishning boshqa ko‘plab ta’riflari mavjud: “Tushunish – bu matn tarkibidagi ichki aloqalarni tushunish jarayoni”, “tushunish - u bilimga bo‘lgan harakat, matnni olish jarayonida bilimlarni ishlab chiqarish” va boshqalar. Ma’lumki, oldingi ona tili darsliklarida ko‘proq grammatik bilimga e’tibor berilib, o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid mashq va topshiriqlar bilan ishlangan va bu o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, berilgan matnga o‘zining shaxsiy fikrini erkin ravishda bayon qilish, bundan tashqari, ularning ijodiy fikrlash kabi xususiyatlarining orqada qolishiga olib kelgan. Amaldagi yangi darsliklarda esa o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasi bilan birgalikda, nutqiy kompetensiyalarini ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bilamizki, nutqiy kompetensiyalar o‘qib tushunish, tinglab tushunish, yozma nutq va og‘zaki nutq kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada o‘qib tushunish orqali o‘quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyatini qanday topshiriq va usullar yordamida rivojlantirish haqida gap boradi. Avvalo, o‘quvchilar quyidagi matnni o‘qib chiqishadi: Nima uchun esnaymiz? Odatda, uyqumiz kelganda esnaymiz. Biroq biz tongda uyqudan toʻyinib turgach ham bir- ikki esnab olamiz. Gohida zerikkanimizda bekorchilikdan ham esnoq tutadi. Bu ikki xil vaziyatdagi esnoqning oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor? Esnoq nima oʻzi? Esnash bu – chuqur nafas olib, nafas chiqarishdir. Kechqurun charchaganimizda, uxlashdan avval esnaymiz. Lekin uyqusiragan odamning ishlari ham bemajol, unumsiz boʻladi. Bu paytda qondagi kislorod miqdori 45 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si kamayib, miyadagi qon aylanishi sustlashadi. Shu bois ham uyqusirab turgan odam bajarayotgan ishi, darslardan uyga vazifasini chala, eslab qolmay, mudroq holatda qiladi. Ertasi kuni kechqurun tayyorlagan darslarini eslolmaydi yoki yarim-yorti eslaydi. Tongda esa dam olgan aʼzolar yaxshi ishlaydi, qon tomirlari kislorodga toʻyinadi va miya faoliyati faollashadi, xotira ham kuchayadi. Shuningdek, zerikkanimizda ham tana aʼzolari boʻshashib, nafas olish sustlashadi, natijada, esnoq turadi. Shunday paytlarda oʻrnimizdan turib bir-ikkita yengil jismoniy mashqlarni, yaʼni qoʻl- oyoq, nafas olib-nafas chiqarish mashqlarini bajarsak, zerikishdan hosil boʻlgan esnash oʻtib ketadi. 1-topshiriq: Quyidagi birikmalarning ikkinchi qismidagi so‘zga boshqa fe’l qo‘yib birikma hosil qiling va matnda qo‘llab ko‘ring: esnab olmoq, esnoq tutmoq, eslab qolmoq, o‘tib ketmoq. 2-topshiriq: Quyidagi so‘zlarni berilgan ketma-ketlikda qo‘llab bog‘lanishli matn tuzing va asl matn bilan qanday o‘xshash hamda farqli jihatlari borligini ayting. Foydalanish uchun so‘zlar: tong, uyqu, esnash, zerikmoq, bekorchilik, charchamoq, mashq qilmoq, ish, miya, kislorod, jismoniy mashq, esnoq, bo‘shashmoq, nafas olmoq, o‘tib ketmoq. 3-topshiriq: Matn mazmunidan kelib chiqqan holda quyidagi jadvalni to‘ldiring: No So‘zlar No So‘zlarning ta’rifi 1 Esnash 1 Jismonan va ruhan toliqishdan yuzaga keladigan jarayon 2 Esnoq 2 Kuchli jismoniy harakatdan so‘ng muskullarning kuchsizlanishi 3 Charchoq 3 Miyani uyg‘otishga, diqqatni jamlashga undaydigan refleks 4 Bo‘shashmoq 4 Homuza Birinchi topshiriq orqali o‘quvchida bir harakatning turli darajadagi ko‘rinishini aniqlash qobiliyati shakllanadi, masalan, esnab olmoq so‘zini oladigan bo‘lsak, olmoq so‘zi o‘rniga chiqmoq so‘zini qo‘yish orqali bir harakatning oldingisiga nisbatan uzoqroq muddat davom etayotganini anglash mumkin. Bu esa o‘quvchilarda so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash va biror ish- harakatning kuchli yoki kuchsiz darajada ekanligini aniq
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktab o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini matn orqali shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun qanday topshiriqlar tanlash haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktab o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini matn orqali shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun qanday topshiriqlar tanlash haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodiy fikrlash, shakllantirish, bog‘lanishli matn., tushunish, rivojlantirish, matn, o‘qib tushunish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026