К содержанию
РецензированоUZ1993

ONA TILI DARSLARI ORQALI TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xamidova Marjona (in-academy.uz/index.php/si) · Alisher Navoiy nomidagi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 1993

Аннотация

Ushbu maqola ona tili darslarida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy usullarini o‘rganadi. Kalit so‘zlar: tanqidiy fikrlash, ta’lim usullari, vizual materiallar, guruhli muhokama, debat, tajriba. Annotation This article explores the theoretical foundations and practical methods for developing students' critical thinking skills in mother tongue lessons. Keywords: critical thinking, teaching methods, visual materials, group discussion, debate, experiment. Bugungi kunda axborot oqimining tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan bir davrda, har bir insonning mustaqil fikrlash, turli xil ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yosh avlodning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zamonaviy ta’limning dolzarb vazifalaridan biridir. Ona tili darslari bu borada o‘ziga xos o‘ringa ega, chunki til fikrlashning asosi bo‘lib, o‘quvchilarning o‘z fikrlarini aniq va mantiqiy ifodalash, matnlarni tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tanqidiy fikrlash bu — oʻz-oʻzini boshqaradigan, tarbiyalaydigan, oʻzini oʻzi nazorat qiladigan va toʻgʻrilaydigan fikrlash shaklidir. Uning zaruriy sharti ongni takomillashtirishning qatʼiy meʼyorlariga rozi boʻlish va ularni hushyorlik bilan qoʻllashdir. V Tanqidiy fikrlash atamasi grekcha “kritikos “ “tanqid”, “baholash“, “imtihon“ so‘zdan kelib chiqqan; bu yerda “tanqid“ tushunchasi kundalik hayotda “ayblash“ maʼnosini anglatmaydi, balki aqliy qobiliyat maʼnosini bildiradi va “baholash“, “aniqlash“, “hukm qilish“, “ajratish qobiliyati“ kabi maʼnolarga ega. [ Brown, Lesley,1993] Tanqidiy fikrlashning intellektual asoslari [Everything After Z by Dictionary.com 2013] shuningdek, etimologiyasi ham juda qadim zamonlarga borib taqaladi, yaʼni bundan 2500 yil avval Suqrotning oʻqitish amaliyoti va fikrlarida bu tushunchaga yaqin mazmunni uchratish mumkin. Suqrot “Dalil izlash, hukm va taxminlarni sinchiklab tekshirish, asosiy tushunchalarni tahlil qilish, nafaqat aytilgan, balki amalga oshirilayotgan ishning mohiyatiga ham kirib borish“ muhimligini belgilab berdi. Uning soʻroq qilish usuli hozirda “Suqrotcha soʻroq“ deb nomlanadi va tanqidiy fikrlashni oʻrgatishning mashhur strategiyasi hisoblanadi. Tanqidiy fikrlash zamonaviy inson uchun muhim ko‘nikmadir. Bu fikr va faktlarni tahlil qilish, obyektiv baholash va xulosalar chiqarish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish uchun o‘z-o‘zini tahlil qilish, mantiqiy asoslar, savollar berish va ishonchli axborot manbalarini ajratish zarur. Ta’lim muhitida o‘qituvchilar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashlari lozim. Tanqidiy fikrlash insonni mas’uliyatli va ongli jamiyat a’zosiga aylantiradi. D. Klusterning fikricha, tanqidiy fikrlashning 5ta umumiy xususiyati mavjud: 1. Tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlash; 48 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 2. Axborot – tanqidiy fikrlashning oxirgi nuqtasi emas, balki boshlanish nuqtasi; 3. Tanqidiy fikrlash savollar berish va hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarni aniqlashdan boshlanadi; 4. Tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi; 5. Tanqidiy fikrlash – bu ijtimoiy tafakkur hukm qilish san’ati. [Soft skills for engineers- lecture-4, 2019] Tanqidiy fikrlashning yana bir muhim jihati – o‘z fikrlarini aniq va mantiqiy ifodalashdir. Bu argumentatsiya va dalillash ko‘nikmalarini rivojlantirish, tahlil qilish va mantiqiy bog‘liqliklarni yaratish qobiliyatini talab qiladi. Fikrlarni aniq izhor qilish nafaqat shaxsiy mulohazalarda, balki boshqalar bilan samarali muloqotda ham foydali hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida chuqur anglash va g‘oya almashinuviga yordam beradi. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda ham ona tili darslarining o‘rni beqiyos. Chunki o‘quvchi birinchi bo‘lib o‘z tilida o‘ylaydi, qaror qiladi, so‘zlaydi. O‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi o‘qituvchining savollariga javob berishdan emas, balki savol va muammolardan boshlanadi. Insonga tanqidiy fikrlash kerak, bu unga insonlar orasida yashashga va ijtimoiylashishga yordam beradi. Demak, tanqidiy fikrlash alohida mahorat emas, balki bolaning rivojlanishi va tarbiyasi jarayonida asta-sekin shakllanadigan ko'plab ko'nikma va qobiliyatlar majmuasidir. Tanqidiy fikrlash sinfdagi bolalar passiv tinglovchi bo'lishni to'xtatganda, lekin haqiqiy tadqiqotchilarga aylanganda shakllanadi. Ta'lim jarayoniga tanqidiy fikrlashni tizimli ravishda kiritish alohida fikrlash va kognitiv faoliyat uslubini shakllantiradi. [Jalilova M, 2021] Ona tili darslarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 1. Matnni tahlil qilish va baholash: a. Berilgan matnning asosiy g‘oyasini aniqlash. b. Muallifning fikrlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keltirgan dalillarni baholash (kuchli/zaif tomonlari). c. Matnda keltirilgan faktlar va fikrlarni ajrata olish. d. Matnning maqsadi va auditoriyasini aniq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola ona tili darslarida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy usullarini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola ona tili darslarida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy usullarini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
critical thinking, teaching methods, visual materials, group discussion, debate, vizual materiallar, tajriba., guruhli muhokama, ta’lim usullari, tanqidiy fikrlash, debat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники