Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORIJIY MAMLAKATLARDA ZAMONAVIY MIGRATSIYA SIYOSATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · PARDAYEV OLIM MAMAYUNUSOVICH (in-academy.uz/index.php/si) · MIRZAYEVA SHIRIN NODIROVNA (O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori,)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
The article analyzes the modern migration policy of foreign countries and its impact on economic and social life. With the increase of global migration flows, each country is applying its own approach. The paper examines the migration policies of countries such as the USA, Germany, and Canada, focusing on labor selection, social adaptation, security, and integration. It also discusses both the positive and negative aspects of migration, as well as potential threats and international experiences beneficial for Uzbekistan. 60 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Key words: migration, policy, labor force, security, social adaptation, integration, international experience, legislation, demographic balance, workforce selection. Kirish. Global miqyosda migratsiya jarayonlari tobora jadallashib bormoqda. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab millionlab odamlar turli sabablarga ko‘ra o‘z yashash joylarini tark etib, boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tmoqda. Bu jarayonning o‘sishiga iqtisodiy farqlar, siyosiy beqarorlik, iqlim o‘zgarishlari va xavfsizlik muammolari kabi omillar katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, globalizatsiya va texnologik taraqqiyot migratsiyaning yangi shakllarini, yo‘nalishlarini va tezligini keltirib chiqarmoqda. Xorijiy mamlakatlar o‘z migratsiya siyosatlarini turli yo‘nalishlarda ishlab chiqishmoqda, bu esa ular uchun nafaqat ishchi kuchini tartibga solish, balki milliy xavfsizlikni ta'minlash, ijtimoiy integratsiyani kuchaytirish va demografik barqarorlikni saqlab qolish kabi keng qamrovli maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Zamonaviy migratsiya siyosati har bir mamlakatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, unda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy holatlar, shuningdek, xalqaro hamkorlik, xavfsizlik, qonuniylik va integratsiya masalalari alohida ahamiyatga ega. Xorijiy mamlakatlar, masalan, AQSh, Germaniya, Kanada kabi rivojlangan davlatlar, o‘z migratsiya siyosatlarida iqtisodiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda malakali ishchi kuchini jalb qilishni maqsad qilgan. Ular, shuningdek, migratsiya oqimining ijtimoiy va madaniy jihatlarini boshqarish uchun bir qancha dasturlarni amalga oshirmoqda. Germaniya va Skandinaviya mamlakatlarida migrantlarning ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasi uchun maxsus dasturlar, masalan, til o‘rganish kurslari, integratsiya markazlari va ijtimoiy yordam tizimlari mavjud. Bunday dasturlar, o‘z navbatida, yangi kelgan migrantlarning mamlakatga integratsiyalashish jarayonini engillashtiradi va uzoq muddatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Shu bilan birga, migratsiya siyosatining xavfsizlik va qonuniylik bilan bog‘liq jihatlari ham muhim ahamiyatga ega. AQShda migratsiya siyosati xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan, bu esa migrantlarning qonuniy asosda kirishini nazorat qilishni ta’minlaydi. Yevropa Ittifoqi davlatlari esa, so‘nggi yillarda qochqinlar oqimi tufayli migratsiya siyosatini qat’iylashtirgan va cheklovlar, kvotalar, chegara nazoratlari kabi yangi mexanizmlarni joriy etgan. Asosiy qism. Zamonaviy migratsiya siyosatining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: 1. Kadrlar tanlovi va iqtisodiy ehtiyojlar: Kanada va Avstraliya kabi davlatlar ball tizimi asosida malakali migrantlarni qabul qilishga ustuvorlik beradi. Bu tizim orqali iqtisodiyotda talab yuqori bo‘lgan sohalarga malakali ishchi kuchi jalb etiladi. 2. Ijtimoiy moslashuv va integratsiya: Germaniya va Skandinaviya mamlakatlarida migratsiya siyosatining asosiy qismi bu – migrantlarning til, madaniyat va mehnat bozoriga moslashuvi bilan bog‘liq dasturlardir. Ular uchun maxsus integratsion kurslar, til o‘rganish markazlari va ijtimoiy yordam tizimlari mavjud. 3. Xavfsizlik va qonuniylikni ta’minlash: AQSh migratsiya siyosatida xavfsizlik choralariga katta e’tibor qaratiladi. Har bir migrant haqida batafsil ma’lumotlar yig‘ilib, ularning qonuniy asosda kirib kelganligi qat’iy nazorat qilinadi. 1-jadval Xorijiy mamlakatlarda zamonaviy migratsiya siyosati bo‘yicha SWOT tahlil1 1 Muallif ishlanmasi 61 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Kuchli tomonlar Imkoniyatlar Malakali ishchi kuchini jalb etish Global tajribadan foydalanish Madaniy ziddiyatlarning yuzaga kelishi Siyosiy va ijtimoiy keskinliklar Integratsiya dasturlarining mavjudligi Raqobatbardosh kadrlar bazasini Yuqori ijtimoiy xarajatlar yaratish Huquqiy mexanizmlarning takomilligi Zaif tomonlar Tahdidlar Byurokratik to‘siqlar Terrorizm va xavfsizlik tahdidlari Migratsiya bo‘yicha aniq strategiya Demografik muvozanatni saqlab qolish Qonunsiz migratsiya oqimlari Migrantlarga nisbatan salbiy kayfiyatlar Evropa Ittifoqi davlatlari so‘nggi yillarda qochqinlar oqimi tufayli migratsiya siyosatini qat’iylashtirdi. Kvotalar, chegara nazoratlari va muhojirlarni qayta taqsimlash mexanizmlari joriy etilmoqda. Ijobiy jihatlar: iqtisodiy o‘sishga hissa, ishchi kuchining yosharligi, ko‘p madaniyatlilik. Salbiy jihatlar: madaniy ziddiyatlar, ish o‘rinlari uchun raqobat, ijtimoiy
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the modern migration policy of foreign countries and its impact on economic and social life.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the modern migration policy of foreign countries and its impact on economic and social life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- migration, policy, labor force, security, social adaptation, integration, kadrlar tanlovi., ijtimoiy moslashuv, ishchi kuchi, xavfsizlik, xalqaro tajriba, demografik muvozanat, migratsiya, qonunchilik, siyosat, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025