Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA O‘ZBEK XALQINING URF-ODATI VA MA’NAVIY DUNYOSI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MA’NAVIY DUNYOSI (in-academy.uz/index.php/si) · Yorqulov Javoxir Mansur o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qahhor ijodi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor yozuvchining asarlarida o‘zbek xalqining urf-odatlari, qadriyatlari, axloqiy mezonlari va ma’naviy dunyosining badiiy aks ettirilishiga qaratilgan. Muallif asarlarida xalqning turmush tarzi, diniy qarashlari, milliy mentaliteti va hayotga munosabatini hayotiy voqealar va obrazlar orqali tasvirlagani tahlil etiladi. Abdulla Qahhor ijodining o‘zbek xalqining madaniy merosini ifodalashdagi ahamiyatini yoritadi. Kalit so‘zlar: Abdulla Qahhor, urf-odat, ma’naviyat, o‘zbek xalqi, badiiy tahlil, milliy qadriyat, hikoya, realizm. Adabiyot — xalq qalbining oynasi, deb bejiz aytilmagan. Har bir yozuvchi o‘z xalqining hayoti, ma’naviyati, urf-odatlari va qadriyatlarini asarlari orqali aks ettiradi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotining shakllanishi va taraqqiyotida katta iz qoldirgan yozuvchilar safida Abdulla Qahhor alohida e’tirofga sazovor. U nafaqat o‘z davrining ijtimoiy- hayotiy haqiqatlarini yoritgan, balki o‘zining o‘tkir badiiy tahlil, chuqur ruhiy anglash va kuchli realizm maktabi orqali butun Sharq badiiy tafakkurining rivojlanishiga o‘ziga xos sahifa ochgan ijodkordir. Uning asarlari o‘zbek adabiyoti tarixida yuksak badiiy maktabni tashkil qilgan bo‘lib, Qahhor qalamiga mansub hikoyalar bir necha avlod ijodkorlariga hayotiylik, obrazlilik va chinakam adabiy me’yor namunasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi ana shunday hayotiylik va badiiy yuksaklik namunasi bo‘lib, unda eski va yangi qarashlarning keskin to‘qnashuvi, avlodlar o‘rtasidagi ziddiyat mahorat bilan aks ettirilgan. Asarda o‘g‘il va otaning dushmanlikka yaqin munosabatlari orqali yangi jamiyatning shakllanishida yuzaga kelgan ziddiyatli holatlar ochib beriladi. Yozuvchi bu kabi qarama-qarshiliklarni oddiy tasvir emas, balki chuqur obrazlar vositasida berishga intiladi. Bu esa Qahhorning badiiy mahoratini ko‘rsatadi. Abdulla Qahhor asarlarida biror g‘oyani o‘quvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytish emas, balki badiiy vositalar orqali his ettirish asosiy o‘rinda turadi. U o‘z qahramonlarining ichki kechinmalarini, shaxsiy fazilat va zaifliklarini chuqur ochadi. “Anor”, “Bemor”, “O‘g‘ri” kabi hikoyalarda yozuvchi rasmiyatchilik, amaldorlarning nohaqligi, jamiyatdagi axloqiy tanazzul holatlarini keskin tanqid ostiga oladi. Ayniqsa, u o‘zbek mehnatkashlarining og‘ir hayoti, ularning tinimsiz kurashi, baxt izlab harakat qilishi orqali real hayotni obrazli ravishda gavdalantiradi. Yozuvchi personajlar tilidan foydalanishda ham o‘ziga xos uslubga ega. U muallifning nutqi va obrazlarning so‘zlari o‘rtasidagi farqni badiiy uslub bilan uyg‘unlashtiradi. Ba’zan muallif fikrini personaj og‘zi bilan bildiradi, ba’zan esa obraz ichki monologi orqali o‘z ruhiy dunyosini ochib beradi. Bu stilistik usul Qahhor asarlarida hayotiylikni, tabiiylikni kuchaytiradi va obrazni yanada real qiladi. 91 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotida novellistikani yangi bosqichga olib chiqdi. U badiiy tildan mahorat bilan foydalandi, qisqa hajmda katta mazmunni jamlay oldi. Uning har bir hikoyasi o‘ziga xos g‘oya, chuqur ma’no va ijtimoiy mazmunga ega. Yozuvchining ijodi bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan, aksincha, yangi avlod yozuvchilari uchun badiiy mahorat, teran tafakkur va milliy ifodaning namunasi bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, Abdulla Qahhor asarlarida o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari, marosimlari va kundalik turmush tarzi keng yoritilgan. Masalan, “Shamol” hikoyasida qishloq hayoti, o‘zaro munosabatlar, katta-kichikka hurmat, odob-axloq kabi qadriyatlar o‘ziga xos tarzda aks ettirilgan. Har bir voqea orqali yozuvchi xalq hayotining o‘ziga xos jihatlarini ochib beradi. U o‘z asarlarida xalqning ma’naviy olami chuqur tasvirlanadi. Asarlarida sabr-toqat, halollik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlar targ‘ib qilinadi. Bu xususiyatlar “O‘sha kuni”, “Sinchalak” kabi asarlarda yorqin ko‘rinadi. Yozuvchi insoniylik tamoyillarini oddiy obrazlar vositasida chuqur ochib bera oladi. Shuningdek, u xalq hayotini realizm asosida tasvirlab, obrazlar orqali milliy mentalitetni namoyon qiladi. U o‘z asarlarida xalqning shodligi-yu g‘ami, quvonchi-yu dardi bilan yashaydi. Uning obrazlari — hayotiy, tabiiy va o‘zbek xalqining ruhiyatiga yaqin. Bu esa uning asarlarini xalq orasida mashhur qilishiga sabab bo‘lgan. Abdulla Qahhor asarlarida ayollar obrazi ham xalqona xarakterda yoritiladi. Ular mehribon ona, sabrli xotin, fidoiy qiz sifatida tasvirlanadi. Oila qadriyatlari, ayolning oiladagi o‘rni ham yozuvchining muhim mavzularidan biridir. Bu orqali yozuvchi o‘zbek oilasining mustahkamligiga urg‘u beradi. Shuni ham aytish joizki, Abdulla Qahhor o‘zining sermazmun hikoyalari orqali hayotning turli jabhalaridagi muammolarni, inson tabiatida uchraydigan illatlarni chuqur tahlil etgan va ularni tanqidiy ruhda yoritgan adibdir. Yozuvchi o‘z asarlarida bahillik
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qahhor ijodi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qahhor ijodi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abdulla Qahhor, badiiy tahlil, o‘zbek xalqi, urf-odat, ma’naviyat, hikoya, milliy qadriyat, realizm.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026