К содержанию
РецензированоUZ2026

HOZIRGI ZAMONAVIY O‘ZBEK NASRIDA “DARBADARLIK QIYOFASI'' ISAJON SULTONNING “BOQIY DARBADAR” ASARI TALQINIDA

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Dilorom Toshpo‘latova Bobonazarovna (in-academy.uz/index.php/si) · Rayhon Muxtorova Ali qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada darbadarlik qiyofasi yozuvchi Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romani qiyofasida tadqiq qilingan. Kalit so‘zlar: roman, jahon adabiyoti, obraz, darbadarlik, boqiylik. Mustaqillik davri romanchiligimizda ravnaq topayotgan an’anaviy romanlar qatorida, no’ananaviy romanlar ham yaratila boshlandi. Bunday romanlarga xos badiiy xususiyatlardan biri - mifopoetik romanlarning yaratilishidir. Bu turkumga xos o‘zbek prozasining yorqin yutuqlaridan biri sifatida Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” asarini keltirishimiz mumkin. Boqiy darbadar obrazi dunyo badiiy adabiyotida dastlab XIII asrda (1228-yilda tuzilgan “Katta xronika” kitobida) uchrashi va shu obraz qiyofasi turli adiblarning asarlarida borligini, xususan, rus adabiyotida Ilya Ilf va Evgeniy Petrovlarning “Oltin buzoq” romanida, Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romanida ham qisman ko‘rishimiz mumkin. Yevropa xalqlari adabiyotida boqiy darbadar inson emas, balki mangu yashovchi kishi sifatida ko‘proq uchraydi. Xususan, Iso alayhissalomning mangu tirik ekanligi, uning qatl qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar turlicha tasvirlanadi. Boqiy darbadar obrazining dunyo adabiyotida uchrashiga doir e’tiborli fikrni filologiya fanlari doktori, professor Damin To‘rayev o‘zining “Boqiy darbadar” romaniga bag‘ishlangan “Falsafiy-sarguzasht roman” maqolasida alohida eslatib o‘tadi: “Jahon adabiyotida “Boqiy darbadar” mavzusida bir qancha yetuk romanlar, qissalar, hikoyalar bor. Ulardan eng yetuklari ingliz adabiyotida Charlz Metyurening “Darbadar Melmot”, fransus adibi Ejen Syuning “Agasfer” romanlari, Luis Borxesning “O‘lmaydigan odam” hikoyasi kabi asarlarini kitobxonlar yaxshi biladi. Lekin Isajon Sulton boshqacha yo‘l tutadi. Uning romanidagi odam butun dunyoga hukmronlikni abadiylashtirish maqsadida G‘arbdagi yashirin ilmiy markazlarda sun’iy insonni hosil qiladi, mukammal aql egasi bo‘lgan o‘lmas inson aqliy zakovati bilan bu olamni yaratgan xudoning qudratini anglaydi va laboratoriyalarda klonlash xudoga qarshi, gunoh ish deb, yovuz kashfiyotchilarning qafasidan qochib, mangu darbadarga aylanadi”.1 O‘zbek adabiyoti o‘zining boy merosi va nodir asarlari bilan dunyoga tanilgan. Ularning ichida Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romani alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi o‘z interyularining birida: “Kunlardan bir kun chuqur o‘yga tolib, bu ishlab topayotgan pullarim baxt-u saodat bermas ekan degan to‘xtamga kelib, men o‘zimni xuddi darbadardek his qila boshladim. Faqat darbadarlik ko‘cha-ko‘yga betinim sang‘ishdagina emas, uning shunaqa turlari ham bor ekan. Masalan, sizdan umringizni besh yilini mashinaga almasharmidingiz deb so‘rashsa berarmidingiz yoki hatto bir yilini berarmidingiz desa, bermaysizku. Yoki, yoshlar berarmikin bir kuni yoki bir daqiqasini? Yo‘q berolmaysiz. Bir daqiqasinigina beramanku deb o‘ylasangiz, qayerdan bilasiz balki umringizning baxt-saodati aynan o‘sha bir daqiqadadir. 1 Damin To‘rayev “Falsafiy-sarguzasht roman” “Turon zamin ziyo” nashriyoti 2017-yil 126 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Shuni o‘ylab, balki uni ham bermaysiz” deydi. Demak, darbadarlikning ham turlicha shakllari mavjud ekanda. Masalan, Rumiy hazratlari darbadarlikni faqat jismoniy holat sifatida emas, balki ruhiy yo‘lni izlash sifatida ko‘radi. Insonni ichki olamiga va haqiqiy o‘ziga sayohat qilishga undaydi. Uning fikricha aslida inson har qanday tashqi darbadarlikdan ko‘ra ichki kechinmalari va ruhiy holatini o‘rganishga intilishi kerak. Hayotdagi tortishuvlar va qiyinchiliklar orqali inson o‘zligini tushunishi va chuqurroq ma‘naviy tajriba orttirishi mumkinligini ta‘kidlaydi. Isajon Sultonning hajm jihatdan kichkina bo‘lishiga qaramay, roman janrida yozilgan “Boqiy darbadar” asari 2010-yilda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi romani deb e’tirof etildi. 2011-yilda dastlab “Sharq yulduzi” jurnalida, keyin esa alohida kitob sifatida nashrdan chiqariladi. Romanda dunyo adabiyotida va mumtoz adabiyotimizda ko‘p asrlardan beri ishlanib kelinayotgan mavzuning yangicha, postmodernizmning bir qator xususiyatalari ko‘zga tashlanadi. Roman hajm jihatdan katta emas, ammo unda insonni fikrlashga, o‘ylashga undovchi savollar bir qancha. Asar murakkab, unda bosh qahramon yo‘q, lekin yozuvchi asarni shunday mukammal qilib yozganki qahramonlar xarakteri, voqealar rivoji badiiy asar tilining jonliligi va betakrorligi bilan go‘zal tasvirlangan. Asarni o‘qir ekanman voqealar bir tekisda borayotgandek edi, keyin esa uzuq-yuluq voqealar, yozuvchi nima demoqchi, bosh mavzusi nima? Inson qadrimi yoki tangrining irodasiga isyon qilayotgan bir guruh olimlarning kechikkan tavbasimi, balki butun olamga hukmronlik qilish istagidagi bir guruh olimlarning jar yoqalab ketishidir? Yozuvchi kitobxonga olam va odamning nima uchun yaratilganligini, dunyo mukammal yaratilganini hech narsa yaratganning iznisiz bo‘lmasligini tushuntirishga harakat qiladi. Yozuvchi romanga bitta qahramon tanlamaydi, balki yo‘l tanlaydi, bu shunchaki oddiy yo‘l emas,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada darbadarlik qiyofasi yozuvchi Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romani qiyofasida tadqiq qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada darbadarlik qiyofasi yozuvchi Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romani qiyofasida tadqiq qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
boqiylik., darbadarlik, jahon adabiyoti, roman, obraz
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники