К содержанию
РецензированоRU2026

SOTSIOLOGIYA FANINING ASOSIY YО‘NALISHLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Quvondiqova A.U. (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Социология является одной из основных наук в понимании современного общества, его анализе и предложении научно обоснованных решений социальных проблем. Глубокое понимание таких вопросов, как изменения, происходящие в обществе в современную эпоху глобализации, сложные отношения между социальными группами, миграция, гендерное равенство, социальное неравенство, требует социологического подхода. Благодаря формированию, направлениям развития и основным теоретическим школам этой науки расширяются возможности анализа современных социальных процессов. Kalit so’zlar: Jamiyat, shakllanish, fan, hayot, nazariya, axborot, faoliyat, tadqiqot, obyekt Kлючевые слова: Общество, формирование, наука, жизнь, теория, информация, деятельность, исследование, объект. Sotsiologiya (lot. socius — jamiyat, yun. λόγος — bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi. Sotsiologiya inson jamiyati, ijtimoiy guruhlar va ularning o‘zaro aloqalari, tizimlari, qadriyatlari, institutlari haqida bilim beruvchi fandir. Uning rivojlanish jarayonida turli nazariy maktablar shakllandi. Har bir maktab jamiyatni tushuntirish uchun o‘ziga xos metod va yondashuvlar taklif etdi. Sotsiologiya — bu jamiyatni, undagi guruh va institutlarni, ijtimoiy munosabatlar va jarayonlarni o‘rganuvchi fan bo‘lib, u zamonaviy davrda eng dolzarb ijtimoiy fanlar qatorida turadi. Sotsiologiya fanining maqsadi — ijtimoiy hayotdagi hodisalarni o‘rganish, ularning sabablari va oqibatlarini aniqlash, jamiyatda kechayotgan o‘zgarishlar mohiyatini tushunishdir. Bu jarayonda sotsiologiya tarix, siyosatshunoslik, iqtisod, antropologiya kabi fanlar bilan yaqin aloqada ishlaydi. Sotsiologiya ilmiy fan sifatida XIX asrda shakllana boshladi. Fransuz faylasufi Ogyust Kont ushbu fan asoschisi sifatida e’tirof etiladi. U sotsiologiyani “ijtimoiy fizika” deb atagan va jamiyatni tabiatdagi obyektlar singari ilmiy metodlar bilan tahlil qilish zarurligini ta’kidlagan. U inson tafakkuri taraqqiyotini uch bosqichda tasniflaydi: teologik, metafizik va pozitiv. Pozitiv bosqichda inson tafakkuri aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. 22 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Keyinchalik G. Spenser sotsiologiyani biologik fanlar bilan bog‘lagan holda, jamiyatni “ijtimoiy organizm”ga qiyoslagan. Unga ko‘ra, jamiyat o‘ziga xos tuzilma va funksiyalarga ega bo‘lgan butunlik bo‘lib, uni tashkil etuvchi qismlar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kunda sotsiologiya fani raqamli, ekologik, gender va postmodern muammolarni ham qamrab olgan holda tobora kengayib bormoqda. Bu jarayonda sotsiologiya tarix, siyosatshunoslik, iqtisod, antropologiya kabi fanlar bilan yaqin aloqada ishlaydi. Sotsiologiya fani turli maktab va yo‘nalishlar orqali jamiyatga oid masalalarni tahlil qiladi. Har bir yo‘nalish o‘z yondashuvi bilan ajralib turadi. Quyida sotsiologiyaning bir nechta yo‘nalishlari bilan tanishamiz: 1. Struktural funksionalizm - bu yondashuv jamiyatni o‘zaro bog‘langan qismlardan iborat tizim sifatida ko‘radi. Emil Dyurkgeym bu nazariyaning asoschisi bo‘lib, har bir ijtimoiy institutning jamiyat barqarorligini saqlashdagi o‘rnini aniqlagan. T. Parsonsa ko‘ra esa, ijtimoiy tizim doimiy integratsiyaga intiladi va har bir komponent o‘z funksiyasini bajaradi 2. Ziddiyat nazariyasi (Marksizm) Karl Marks jamiyat taraqqiyotini sinflar o‘rtasidagi kurash orqali tushuntirgan. Bu nazariyada ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy ekspluatatsiya va hukmronlik asosiy mavzu sifatida ko‘riladi. Marks kapitalistik jamiyatda mehnatkashlar (proletariat) o‘z mehnati evaziga yaratilgan boylikni egallay olmaydi, chunki uni burjuaziya o‘zlashtirib oladi. “Jamiyatdagi har qanday siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizim hukmron sinf manfaatlarini ifodalaydi.” 3. Simvolik interaktsionizm Asoschilari: George Herbert Mead (1863–1931), Herbert Blumer (1900–1987) Bu yo‘nalish kishilar o‘rtasidagi kundalik muloqot, ramzlar va belgilar orqali jamiyat shakllanishini o‘rganadi. Mead fikricha, “shaxs” boshqalar bilan o‘zaro munosabatda rivojlanadi. Blumer esa insonlar narsalarga ular uchun nimani anglatishiga qarab munosabatda bo‘lishini ta’kidlaydi. 4. Fenomenologik sotsiologiya Asoschisi: Alfred Schutz (1899–1959) Fenomenologik yondashuv ijtimoiy haqiqatni odamlarning ichki tajribalari orqali tushunishga intiladi. Schutz oddiy kundalik voqealarni qanday idrok qilinishini tahlil qiladi. Uning fikricha: “Jamiyat — bu ongli faoliyat natijasi. U subyektiv ma’nolarsiz mavjud bo‘lolmaydi.” (Schutz, 1967) 5. Postmodern sotsiologiya Vakillari: Jean Baudrillard, Zygmunt Bauman Postmodernistlar zamonaviy jamiyatni “suqiluvchan”, “beqaror”, “axborotga to‘la, lekin ma’noga och bo‘lgan” deb ta’

Доказательный фрагмент

«Социология является одной из основных наук в понимании современного общества, его анализе и предложении научно обоснованных решений социальных проблем.»

Образец извлечения

Демо-превью

Социология является одной из основных наук в понимании современного общества, его анализе и предложении научно обоснованных решений социальных проблем. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nazariya, tadqiqot, axborot, Jamiyat, faoliyat, shakllanish, obyekt, fan, hayot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники