К содержанию
РецензированоUZ2026

TABIIY DORI VOSITALARININGSINTETIK DORI VOSITALARIDAN FARQI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Numanova Dilnora (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tabiiy va sintetik dorilarning o‘zaro farqlari, afzalliklari hamda kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek ushbu ikki turdagi dorilarning inson organizmiga ta’siri, nojo‘ya ta’sirlari, dozalash aniqligi va ilmiy asoslanganligi jihatidan solishtirma tahlil keltirilgan. Misollar, statistik ma’lumotlar va ilmiy manbalar asosida mavzuning dolzarbligi yoritilgan. Kalit so’zlar: tabiiy dorilar, sintetik dorilar, farmakologiya, xalq tabobati, klinik sinovlar, dori ta’siri, nojo‘ya holatlar. Insoniyat qadim zamonlardan beri kasalliklarga qarshi kurashishda tabiatdan olingan moddalar — o‘simliklar, hayvonlar va minerallarga asoslangan dorilardan foydalanib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan ilm-fan rivojlangani sari dorilar ishlab chiqarish sohasida yangi kashfiyot va yangiliklar paydo bo’ldi.Buni ortidan sintetik, ya’ni sun’iy yo‘l bilan olinadigan dorilar paydo bo‘ldi. Hozirgi zamon tibbiyotida har ikki turdagi dori vositalari keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda dori vositalarining sifati, xavfsizligi va samaradorligi tibbiyot va farmakologiya sohasida eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kimyoviy dorilarning uzoq muddatli nojo‘ya ta’sirlari, organizmga so’rilishi va ayrim hollarda qaramlikka olib kelishi odamlarni yana tabiiy dorilarga ehtiyoji va qiziqishi oshmoqda. Shu bilan birga, xalq tabobatida keng qo‘llanilayotgan tabiiy vositalarning ilmiy asoslanganligini tekshirish, ularni zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashtirish zarurati tug‘ilmoqda.Mavzuning dolzarbligi shundaki, bu ikki turdagi dori vositalarining farqlarini chuqur o‘rganish — kelajakda ekologik xavfsiz, samarali va inson salomatligiga mos dori vositalarini tanlashda muhim omil bo‘la oladi. Tabiiy dorilar – bu hayvonlar, o’simliklar, mikroorganimzlar yoki minerallardan tabiiy holatda olinadigan dori vositalaridir. Masalan, romashka, zanjabil, qora sedana (nigella sativa), asal, propolis va boshqalar qadimdan xalq tabobatida ishlatilgan. Ularning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:Yaxshi o‘zlashtirilishi: tabiiy moddalarning inson organizmiga mosligi yuqori bo‘lishi mumkin.Kamroq nojo‘ya ta’sirlar: ko‘pincha tabiiy dorilar tanaga yengilroq ta’sir qiladi.Ko‘p yo‘nalishli ta’sir: ba’zida bir dorining bir necha foydali xususiyatlari bo‘ladi (masalan, immunitetni oshiruvchi va yallig‘lanishga qarshi). Sababi, tabiiy dorilar, ayniqsa o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar, ko‘plab faol moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu moddalar organizmda bir nechta biologik yo‘llarga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ular ko‘p yo‘nalishli ta’sirga ega. Bu xususiyat ularni murakkab kasalliklarni davolashda foydali qiladi, chunki ular bir vaqtning o‘zida bir nechta patologik jarayonlarga ta’sir eta oladi.Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar tabiiy dorilarning ko‘p yo‘nalishli ta’sirini tasdiqlaydi. Masalan, ba’zi o‘simliklar ekstraktlari neyrodegenerativ kasalliklarda bir nechta patologik omillarga bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Bu ularning antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va neyrohimoya xususiyatlariga bog‘liq. Xitoy an’anaviy tibbiyotida yurak xastaliklarini davolashda ishlatiladigan QiShenYiQi (QSYQ) preparati ustida o‘tkazilgan tadqiqotda, uning ko‘p yo‘nalishli ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda QSYQ tarkibidagi faol moddalar yurak infarkti modelidagi kalamushlarda 55 ta 43 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo potentsial genetik nishonlarga ta’sir ko‘rsatgani aniqlangan. Bu moddalar yallig‘lanishga qarshi va antioksidant ta’sirlarga ega bo‘lib, yurak kasalliklarida foydali bo‘lishi mumkin. Yana bir o’tkazilgan tadqiqotdaSelaginella o‘simligidan olingan tabiiy birikmalar Altsgeymer kasalligiga qarshi ko‘p yo‘nalishli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlangan. Tadqiqotda ushbu o‘simlik ekstrakti xotirani yaxshilash, BACE1 va MAO-B fermentlarini inhibitsiya qilish kabi bir nechta yo‘llar orqali neyrohimoya ta’sirini ko‘rsatgan. Biroq, tabiiy dorilarning ham kamchiliklari mavjud: aniq dozalashning qiyinligi, sekin ta’sir ko‘rsatishi, va ayrim hollarda allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.Quyida shularni ko’rib chiqamiz: Tabiiy dorilar tarkibidagi faol moddalar miqdori o‘simlikning turi, yetishtirish sharoiti, yig‘ish va saqlash usuliga qarab o‘zgarib turadi. Bu esa preparatning ta’sir kuchi va xavfsizligida farq paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, Aynan bir o‘simlik ekstrakti ikki xil hududda yig‘ilganda, undagi alkaloid yoki flavonoid miqdori sezilarli farq qilishi mumkin. Bu dozalashda noaniqlik tug‘diradi.Yana,ilmiy asoslanganlik darajasi past bo‘lishi mumkin.Ko‘plab tabiiy dorilar ming yillik tajribaga asoslangan bo‘lsa-da, ularning zamonaviy klinik tadqiqotlar bilan to‘liq isbotlanmaganligi muammo bo‘lishi mumkin.Masalan, ginkgo biloba xotirani yaxshilashi aytiladi, lekin klinik sinovlar har doim bu effektni tasdiqlamagan. Bundan tashqari, Sintetik dorilarda aniq doza va ta’sir mexanizmi mavjud bo‘ladi, tabiiy dorilarda esa bu jihatlar ko‘pincha noaniq.Bir piyola romashka choyi bilan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tabiiy va sintetik dorilarning o‘zaro farqlari, afzalliklari hamda kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tabiiy va sintetik dorilarning o‘zaro farqlari, afzalliklari hamda kamchiliklari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nojo‘ya holatlar., farmakologiya, dori ta’siri, tabiiy dorilar, xalq tabobati, klinik sinovlar, sintetik dorilar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники