К содержанию
РецензированоUZ2026

DORI VOSITALARINING KIMYOVIY TARKIBIGA KO‘RA TURLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Muhamadiyeva Sevara (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada dori vositalarining kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosiy guruhlari bayon qilingan. Har bir guruhning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, ularning farmakologik ahamiyati muhokama qilindi. Kalit so’zlar: organic, noorganic, dori vositalari, farmasevt, kimyoviy tarkib, so’riluvchanlik. Bugungi kunda 300 mingdan ortiq dori vositalar farmasevtika amaliyotida qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi dori vositalari va tibbiyot buyumlari Davlat reestrida esa bu sonlar 7000 ni tashkil etadi. Dori vositalari farmakologik jihatdan xilma-xil bo‘lib, ularning samaradorligi, xavfsizligi va qo‘llanilish sohasi ko‘p jihatdan kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Har bir moddaning tarkibi uning organizmga qanday ta’sir ko‘rsatishini, so‘rilishini, taqsimlanishini va parchalanishini belgilaydi. Shu bois, farmatsevtlar uchun dori vositasining kimyoviy xususiyatlarini chuqur bilish, uni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, dori vositalarining nomlarining ko’pligi, bir biriga o’xshashligi tibbiyot xodimlari va farvasevtlar uchun dori vositasi muomalasida qiyinchiliklar tug’diradi. Bundan tashqari, bitta dori vositasini o’zi turli nomlar ostida qadoqlanadi. Masalan,: atsetilsaletsil kislotasining 400 dan ortiq, parasetamol esa 370 xil, sinnarizinning 170 xil turli nomlari qo’llaniladi. Ularning barcha nomlarini eslab qolish ochiq oydin amaliy jihatdan juda mushkul. Shuning uchun dori vositalarini to’g’ri tasniflash ya’ni turlarga ajratib olish, ularni bilan ishlashni ancha oson va samarali qiladi. Organik dori vositalari — uglerod asosidagi moddalar bo‘lib, ular ko‘pincha o‘simliklar, hayvonlar yoki mikroorganizmlardan olinadi yoki laboratoriyada sun’iy tayyorlanadi. Organizmga ta’sir qilayotganda tabiiy jarayonlarga yaqin bo‘lgani uchun ko‘p hollarda yon ta’sirlari kamroq bo‘ladi. Quyida bir qancha afzallik tomonlarini ko’rib chiqamiz: Organik dorilar, ayniqsa tabiiy manbalardan olinganlari, inson organizmi bilan biologik jihatdan mos tushadi. Ular oson so‘riladi va organizmda tez ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Tabiiy organik birikmalar tarkibida sun’iy reagentlar kam bo‘lgani sababli, ko‘plab hollarda ularning toksikligi past bo‘ladi. Bu esa ularni uzoq muddat foydalanish uchun xavfsiz qiladi. Organizmda bir necha retseptorlar va tizimlarga bir vaqtning o‘zida ta’sir qilishi mumkin. Bu ularni murakkab kasalliklarni davolashda samaraliroq qiladi. Ularning metabolizmi odatda oddiyroq bo‘lgani uchun ular organizmdan to‘liq chiqariladi. Bu esa to‘planish xavfini kamaytiradi.Eng muhimi esa ko‘plab organik dorilar o‘simliklardan, mikroorganizmlardan yoki hayvon to‘qimalaridan olinadi. Bunday manbalar ekologik jihatdan qulay va tiklanuvchi hisoblanadi. Organik dori vositalari kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir necha asosiy guruhlarga bo‘linadi. Jumladan, alkaloidlar — o‘simliklardan olinadigan azotli birikmalar bo‘lib, morfin va atropin kabi og‘riq qoldiruvchi va ko‘z kasalliklarida ishlatiladigan preparatlar bu guruhga kiradi. Ayni Morfin – kuchli og‘riq qoldiruvchi sifatida ko‘plab tadqiqotlarda uning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilgan. 2020-yilda nashr etilgan klinik tadqiqotlarda morfinning og‘riqni kamaytirishdagi ta’siri yuqori baholangan, ayniqsa operatsiyadan keyingi holatlarda va og‘ir surunkali og‘riqlarni davolashda samarali ekani tasdiqlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 47 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo morfin dozasini to‘g‘ri belgilash yon ta’sirlarni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.Shuningdek, glikozidlar yurak faoliyatini tartibga solishda muhim bo‘lib, digoksin misolida ko‘riladi. Antibiotiklar esa mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan yoki sun’iy o‘zgartirilgan dorilar bo‘lib, penitsillin va streptomitsin kabi bakteriyalarga qarshi vositalar keng tarqalgan. Vitaminlar metabolizm va immun tizimining to‘g‘ri ishlashida katta rol o‘ynaydi, masalan, C vitamini kasalliklar profilaktikasida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, yog‘ kislotalari va aminokislotalar asosidagi dorilar ham organizmning metabolik jarayonlarini normallashtirishda muhim ahamiyatga ega. Organik dorilar tabiiy manbalardan olinishi yoki laboratoriyada yaratilishi mumkin, ammo ularning ko‘pchiligi inson organizmida yaxshi hazm bo‘ladi va maqsadli ta’sir ko‘rsatadi. Noorganik dori vositalari — bu tarkibida uglerod bo‘lmagan, odatda metall yoki metallmas elementlardan iborat bo‘lgan dorilardir. Ular asosan mineral manbalardan olinadi va ko‘pincha organizmdagi fiziologik muvozanatni saqlash, moddalar almashinuvini tartibga solish yoki infeksiyalarni yo‘qotish uchun ishlatiladi. Masalan, temir (Fe) preparatlari kamqonlikni davolashda qo‘llaniladi, magniy (Mg) dorilari esa yurak ritmini tartibga solishda va mushak spazmlarini bartaraf etishda yordam beradi. Yod (I) moddalari qalqonsimon bez faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda ishlatiladi. Shuningdek, kumush (Ag) va mis (Cu) birikmalari antiseptik xususiyatga ega bo‘lib, yara va kuyishlarga qarshi ishlatiladi. Noorganik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dori vositalarining kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosiy guruhlari bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dori vositalarining kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosiy guruhlari bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
farmasevt, organic, dori vositalari, noorganic, kimyoviy tarkib, so’riluvchanlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники