К содержанию
РецензированоRU2026

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILISHDAGI O'RNI HAMDA YANGI TEXNOGIYALARNI TA'LIM JARAYONLARI BILAN INTEGRATSIYALASHUVI

Shamsiddinov Gʻiyosjon Husniddin oʻgʻli · Raxmatova Gulandom Baxrom qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

В этой статье основное внимание уделяется цифровизации и развитию банковских и финансовых услуг в нашей стране. А также выводы по развитию банковских услуг в нашей стране в результате сравнения деятельности традиционных банков и цифровых банков shakllantirilgan.Va в данной статье освещается применение финтеха в финансовых услугах, его практическая значимость, роль финтеха в целях содействия развитию финансовых услуг. Ключевые слова: Цифровой банк, финансовые технологии, традиционные банковские цифровые инновации, финтех. Kirish. Hozirgi davrda moliya sohasida yuz berayotgan oʻzgarishlar va texnologiyalarning rivojlanishi butun dunyo iqtisodiyotida sezilarli ta’sir koʻrsatmoqda. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 7-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda ma’qullangan Oʻzbekiston Respublikasining Innovatsion faoliyat toʻg‘risida qonuniga muvofiq innovatsion faoliyatning asosiy prinsplari quyidagilardan iborat: -innovatsion faoliyatning erkinligi; -innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashdan teng foydalanilishini ta’minlash; -innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning oshkoraligi va aniq yoʻnaltirilganligi; -raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish; 33 -axborotni erkin almashish; -innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish; -fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik.(4-modda) An’anaviy moliyaviy tizimlarning raqamlashtirilishi, yangi moliyaviy texnologiyalar (fintech) va innovatsiyalarning joriy etilishi iqtisodiy jarayonlarni samaraliroq va tezkorroq amalga oshirish imkonini bermoqda. Ushbu jarayonlar natijasida yangi xizmatlar, vositalar va platformalar shakllanib, moliyaviy institutlar va bozorlar faoliyatini tubdan oʻzgartirmoqda. Moliyaviy innovatsiyalar va texnologiyalarning rivojlanish bosqichlarini oʻrganish nafaqat tarixiy jihatdan muhim, balki kelajak moliya tizimining qanday yoʻnalishlarda rivojlanishini tushunish uchun ham zarurdir. Ushbu maqola moliyaviy innovatsiyalar va texnologiyalarning rivojlanish bosqichlarini tahlil qilib, ularning iqtisodiy rivojlanishga qoʻshayotgan hissasini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, raqamli moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar va ularning moliya bozoriga ta’siri oʻrganiladi. Moliyaviy innovatsiyalarni rivojlantirishning bosqichlarini tahlil qilish, nafaqat global miqyosda, balki mintaqaviy va milliy darajadagi moliyaviy sektorning barqarorligini ta’minlash uchun ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli, ushbu tadqiqot moliyaviy texnologiyalarning rivojlanish tarixiga asoslangan holda, ularning zamonaviy moliya tizimidagi oʻrnini ochib beradi. Raqamli moliya va fintech (moliya texnologiyalari) soʻnggi yillarda moliya sohasida inqilobiy oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Ushbu maqola raqamli moliya va fintechning moliya bozorlariga taʼsiri, uning imkoniyatlari va muammolarini tahlil qiladi. Raqamli moliya va fintech texnologiyalari anʼanaviy moliyaviy xizmatlarni oʻzgartirib, raqamli toʻlovlar, onlayn bank xizmatlari, kripto valyutalar, peer-to-peer kreditlash va boshqa innovatsion xizmatlar orqali mijozlarga kengroq imkoniyatlar yaratmoqda. Maqolada raqamli moliya va fintechning moliya sohasida taqdim etadigan afzalliklari, jumladan, xarajatlarni kamaytirish, xizmat koʻrsatish tezligini oshirish va kirish imkoniyatlarini kengaytirish kabi jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada huquqiy va regulyativ toʻsiqlar, xavfsizlik va maxfiylik masalalari ham yoritiladi. Ushbu maqola raqamli moliya va fintechning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari va global moliya tizimiga boʻlgan taʼsiri haqida ilmiy xulosalar beradi. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili. Moliyaviy texnologiyalar toʻg'risida koʻplab olimlar kitoblar, maqolalar yozishgan, ilmiy ishlar qilishgan. Toʻy S. Freedman oʻzining “Moliyaviy texnologiyalarga kirish” nomli kitobida tizimlar qanday ishlashini, ular qanday paydo boʻlganini va qanday rivojlanganligini texnologik nuqtai nazardan tushuntirib bergan. Moliyaviy modellar ortidagi mantiqiy asosni koʻrsatish uchun moliyaviy formulalar baholar va munosabatlarni sodda va tez olish uchun kompyuter algebra tizimlari texnologiyasidan foydalanilgan koʻpgina moliyaviy hisob-kitoblar va ma’lumotlar taqdimotini amalga oshiradigan dasturlar C, C++, Java, Visual Basic, MuPAD kompyuter algebra tizimi va AMPL modeli spetsifikatsiyasi tilida, shuningdek, turli XML dialektlarida koʻrsatilgan. “Moliyaviy bozor va moliyaviy texnologiyalar darsligida” moliyaviy texnologiyalar - bu moliyaviy muammolarni hal qilish yoʻllarini oʻylab topish jarayonidir deb tarif berilgan. Umuman olganda oʻz faoliyatinidagi boshqa barcha muammolar korxonalarning moliyaviy muammolarida oʻz ifodasini topadi. Moliyaviy texnologiyalar moliyaviy xizmatlar va texnologiya sektorlari chorrahasida joylashgan dinamik segmentdir unda texnologik 34 startuplar va bozorlarning yangi ishtiroklari hozirda an'anaviy moliyaviy xizmatlar sekto

Доказательный фрагмент

«В этой статье основное внимание уделяется цифровизации и развитию банковских и финансовых услуг в нашей стране.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье основное внимание уделяется цифровизации и развитию банковских и финансовых услуг в нашей стране. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Digital banking, financial technology, traditional banking digital innovation, Raqamli texnologiyalar, ta'lim samaradorligi., o‘quv metodlari, ta'lim tizimi, innovatsion texnologiyalar, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники