К содержанию
РецензированоRU2024

YANGI 5-SINF ONA TILI DARSLIKLARIDA IMLO KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHGA DOIR TOPSHIRIQLARNING BERILISHI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qarshiboyeva Guldona Hasan qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2024

Аннотация

В данной статье анализируются задания, направленные на развитие орфографических навыков в новых учебниках по родному языку для 5 класса, изданных в 2024 году. Орфографическая грамотность играет важную роль в формировании у учащихся правильного применения языковых норм, четкого и грамматически правильного выражения мыслей, а также в организации письменной речи. В статье рассматриваются различные формы заданий, связанные с орфографией, методические подходы и их практическая эффективность. Ключевые слова: орфографическая грамотность, учебник родного языка для 5 класса, упражнения и задания, диктант, креативность, старые учебники, новые учебники, неграмотность. Har sohada misilsiz o‘zgarishlar bo‘layotgan bugungi zamonamizda ona tili sohasida ham anchagina yangiliklar ko‘zga tashlanmoqda. To‘rt ko‘nikmaga asoslangan yangi darsliklarning ishlab chiqilishi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bu darsliklar ona tilini grammatik jihatdan mukammal o‘rgatishni emas, aksincha uni sodda qilib, bosqichma- bosqich hayot uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar orqali o‘rgatishni maqsad qilgan. Xususan, imlo, imloviy savodxonlik, o‘quvchilarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish masalalariga ham kreativ yondoshilgan. Bunga doir topshiriqlar o‘quvchini zeriktiradigan ko‘rinishlarda emas, balki yoshlarning e’tiborini tortadigan rasmli, jadvalli ko‘rinishdagi mashqlardan foydalanilgan. 106 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri – o‘quvchilarning imlo savodxonligini shakllantirish va ularni yozma nutqda til me’yorlariga qat’iy rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Ayniqsa, 5-sinf – bu bosqichda o‘quvchi endi boshlang‘ich sinflardagi savod o‘rgatish bosqichidan adabiy tilda to‘g‘ri, mantiqan asoslangan va grammatik jihatdan mukammal yozishni o‘zlashtirish sari qadam tashlaydi. Shu boisdan, 2024-yilgi yangi tahrirdagi 5-sinf “Ona tili” darsliklarida imlo o‘rgatishga oid topshiriqlarga alohida e’tibor berilgan. Bunga doir bir nechta misollar ko’rib chiqamiz: 1. Jadval shaklida berilgan, joy nomlarini va ularning yozilish imlosini o‘rgatishda doir topshiriq bor. Bunda o‘quvchilar joy otlarini yozilishiga e’tibor berishi va bo‘sh o‘rinlarga o‘zlari so‘z hamda harflar qo‘yishi kerak. 2. Ba’zi savodxonlikni oshiruvchi topshiriqlar matn ko‘rinishida ham berilgan. O‘quvchilar matndagi xatolarni topishi, to‘g‘rilashi, qaysi so‘zlar bosh harflarda yozilishi kerakligini topishi va yozishi kerak. 3. To‘g‘ri yozishni shakllantirishga oid shaklli topshiriqlar ham bor. Juda qiziqarli. Shakllar o‘quvchilarning e’tiborini jalb etadi. Ularning birida xato yozilgan so‘zlarni to‘g‘rilab, daftarga yozish aytilgan bo‘lsa, yana birida beshta bulutni ichiga har biriga alohidadan so‘z yozilgan va har bir so‘z uch xil ko‘rinishda. O‘quvchilar uchchalasidan to‘g‘risini topishi lozim, ayrimlarida uchta emas, ikkita ham so‘z berib, shaklini o‘zgartirib (masalan, to‘rtburchak shaklga) topshiriq tuzilgan. Yana boshqasida bir-biriga aytilishi yaqin bo‘lgan harflarni joylashtirishga doir topshiriqlar bor. O‘quvchilar mashq shartiga ko‘ra bajarishi kerak. Ba’zilarida a va o, b va p, d va t, g va k, i va e, u va o‘, x va h harflarini to‘g‘risini yozish berilgan. Yangi darslik tahlil qilinar ekan, imlo bilan bog‘liq topshiriqlar quyidagi yo‘nalishlarda berilgani kuzatiladi: 1. Alifbo tartibi va so‘zlar imlosi: qismning ilk sahifalaridayoq “Xaritadagi joy nomlarini alifbo tartibida yozing” kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilar harflarning tartibi, bosh harflar bilan yozish, joy nomlarining to‘g‘ri yozilishi kabi muhim imlo jihatlariga e’tibor qaratadilar. 2. So‘zlar to‘g‘ri yozilishi ustida ishlash: Topshiriqlar orasida “Jadvaldagi so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi va talaffuzini mashq qiling” kabi bandlar mavjud bo‘lib, ular orqali o‘quvchilar talaffuz va yozuv orasidagi farqni sezib, imloviy me’yorni mustahkamlaydi. 3. Tinish belgilarining qo‘llanilishi: bu qismda gap turlari va ular oxiriga qo‘yiladigan tinish belgilariga oid topshiriqlar (“So‘roq gaplarni darak gaplarga aylantirib yozing”, “Gap oxiriga tinish belgilarini qo‘ying”) berilgan. Bu topshiriqlar o‘quvchilarning gap tuzilishiga nisbatan imloviy e’tiborini kuchaytiradi. 4. Matn bilan ishlash asosida imloviy xatolarni tuzatish: “Matndan topilgan xatolarni to‘g‘rilab yozing” kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilarda xatoni ko‘ra olish va to‘g‘rilash ko‘nikmalari shakllantiriladi. 5. So‘z turkumlariga oid imlo masalalari: So‘z yasashda ishlatiladigan yoki boshqaqo‘shimchalarning imloviy jihatlari, masalan, “-lar” qo‘shimchasining ko‘plik, hurmat, kuchaytirish ma’nolarini ifodalayotgan shakllari haqida ma’lumotlar va ular asosida mashqlar mavjud (masalan, “Anvarlar kelishdi” – Anvarlar bu yerda hurmat ma’nosida ishlatilgan). Bunday vaziyatlarda ham o‘quvchilar xatolikka yo‘l qo‘ymasliklari lozim. 6. Izohli lug‘at bilan ishlash: So‘z ma’nolarini lug‘atlar yordamida aniqlab yozish orqali o‘quvchilar imlo bilan birg

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются задания, направленные на развитие орфографических навыков в новых учебниках по родному языку для 5 класса, изданных в 2024 году.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются задания, направленные на развитие орфографических навыков в новых учебниках по родному языку для 5 класса, изданных в 2024 году. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
spelling literacy, 5th grade native language textbook, exercises and tasks, diktant, yangi darsliklar, kreativlik, imloviy savodxonlik, mashq va topshiriqlar, 5-sinf ona tili darsligi, eski darsliklar, savodsizlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники