Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM MUASSASALARIDA KUZATUV VOSITALARI YORDAMIDA DAVOMAT TIZIMINI AVTOMATLASHTIRISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TIZIMINI AVTOMATLASHTIRISH (in-academy.uz/index.php/yo) · USING TRACING TOOLS (AUTOMATION OF ATTENDANCE SYSTEMS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS) · Davronbekova Muqaddasxon Sattorbek qizi (AUTOMATION OF ATTENDANCE SYSTEMS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS) · Yokubjonov Sardorbek Sobitjon o‘g‘li (Andijon davlat texnika instituti)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
The topic of automating the attendance system using tracking tools in educational institutions is currently one of the most effective and time-saving systems in many educational institutions. Automation of the attendance system using tracking tools allows educational institutions to automatically track the attendance of students and teachers in classes, store and analyze data. This not only saves time, but also simplifies the control and reporting processes. Kalit so’zlar: Face ID, biometrik identifikatsiya, sun’iy intellekt, davomat tizimi, biometric texnilogiyalar, smart sensorlar. 110 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Ключевые слова: Face ID, биометрическая идентификация, искусственный интеллект, система посещаемости, биометрические технологии, интеллектуальные датчики. Key words: Face ID, biometric identification, artificial intelligence, attendance system, biometric technologies, smart sensors. Ta'lim muassasalarida davomatni kuzatish tizimi – har bir o‘quvchi yoki talabani darsga qatnashish holatini nazorat qilish va qayd etish jarayoni, ta'lim muassasalarining samarali faoliyat ko‘rsatishida muhim o‘rin egallaydi. Bugungi kunda, ta'lim muassasalarida davomat tizimlari ko‘pincha qo‘lda yoki an'anaviy usullar bilan amalga oshiriladi, bu esa vaqt sarfi, xatoliklar va noaniqliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, davomatni kuzatish jarayoni, ayniqsa, yirik ta'lim muassasalarida, tez-tez yuzaga keladigan muammolarga olib kelishi mumkin: talabalar sonining ortishi, ma'lumotlarni tez va samarali qayd etishning qiyinlashishi va tizimda yuzaga keladigan xatoliklar. Agarda ta’lim muassasalariga zamonaviy Face ID lar o’rnatilsa o’qutuvchilar davomat olish uchun vaqt sarflamaydilar. Bu esa ta’lim jarayonlarining sifatli va samarali bo’lishini ta’minlaydi. Face ID lar o’rnatilishi orqali nafaqat vaqtni tejash yoki darslarni samarali qilish bilangina cheklanmaymiz. Balki, bunday texnologiyalarning har bir ta’lim muassasalarida o’rnatilishi ota-ona tomonidan o’quvchilarni kuzatish imkonini ham beradi. Misol uchun agar o’quvchi darsga o’z vaqtida yetib kelsa kirishda uning biometrik ma’lumotlari orqali Face ID uni darsda qatnashgan deb belgilaydi. Aksincha darsga kech qolib keladigon bo’lsa ota- onasining telefon raqamiga “ Bugun farzandingiz darsga kech qoldi. Farzandingizni darslarga o’z vaqtida qatnashishiga e’tiborli bo’ling ! “ tarzidagi sms xabarnoma uzatiladi. Yoki o’quvchi darsga umuman kelmagan bo’lsa “ Farzandingiz bugungi dars soatlariga qatnashmadi. Agar shunday holatlarlar yana kuzatilsa javobgarlikka tortiladi ! “ shaklidagi ogohlantirish xatlari avtomatik tarzda o’quvchi yoki talaba ota-onasiga uzatiladi. Bu esa ota-onalarimizning o’z farzandlariga yanada e’tiborli bo’lishiga sabab bo’ladi. Face ID texnologiyasi talabaning yuzini tanib olishga asoslangan tizimdir. O‘quvchi darsga kelganda, u yuzini skanerlash orqali tizimga kiradi va davomat holati avtomatik tarzda qayd etiladi. Bu texnologiya o‘quvchilarni tanib olishda yuqori darajada aniqlikni ta'minlaydi va tizimni juda xavfsiz qiladi. Face ID texnologiyasi yordamida talabaning darsga qatnashganligini bir zumda aniqlash mumkin bo‘ladi. Face ID lar orqali davomat tizimini avtomatlashtirishda biz quyidagi afzalliklarga ega bo’lamiz : 1. Vaqtni tejash va samaradorlikni oshirish – o’qituvchilar uchun davomatni qo‘lda qayd etishning o‘rniga, avtomatik tizim yordamida talabalarning qatnashishi aniq va tezda ro‘yxatga olinadi. Bu, o‘qituvchilarga darsga ko‘proq e'tibor qaratish imkonini yaratadi. Shuningdek, tizim ma'lumotlarni tez va samarali ravishda qayd etish orqali og‘ir ish yukini kamaytiradi. 2. Xatoliklarni kamaytirish - avtomatik tizimlar, inson omilini kamaytiradi va davomatni aniqroq kuzatishni ta'minlaydi. Shuningdek, tizimda yuzaga kelgan har qanday muammolarni tezda aniqlash va hal qilish imkoniyatini yaratadi. Bu xatoliklarning oldini olishda katta yordam beradi. 3. Ota-onalar bilan samarali aloqalar - ota-onalar tizim orqali o‘z farzandlarining davomatini doimiy ravishda kuzatib borishlari mumkin. Bu esa ota-onalar va ta'lim 111 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo muassasalari o‘rtasida aloqalarni kuchaytiradi va farzandlarning ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. 4. Xavfsizlikni oshirish - biometrik tizimlar yordamida talabalarning shaxsini tekshirish o‘quvchilarning xavfsizligini ta'minlaydi. Shu bilan birga, Face ID kabi texnologiyalar ma'lumotlarni shifrlangan holda saqlash imkonini beradi, bu esa tizimning xavfsizligini oshiradi. Ta'lim muassasalarida davomat tizimini avtomatlashtirish, nafaqat o‘quvchilarning ta'lim jarayoniga qatnashish darajasini yaxshilash, balki butun ta'lim tizimining samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Yuzni tanib olish texnologiyalari (Face ID), RFID tizimlari va boshqa zamonaviy kuzatuv vositalari yordamida davomatni avtomatik ravishda kuzatish, bir nechta muhim afzalliklarni taqdim etadi. Bularning eng asosiysi -
Доказательный фрагмент
«The topic of automating the attendance system using tracking tools in educational institutions is currently one of the most effective and time-saving systems in many educational institutions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe topic of automating the attendance system using tracking tools in educational institutions is currently one of the most effective and time-saving systems in many educational institutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Face ID, biometric identification, artificial intelligence, attendance system, davomat tizimi, biometric texnilogiyalar, sun’iy intellekt, biometrik identifikatsiya, smart sensorlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025