Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA AXBOROT XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Toshniyozov Farrux O'ktamovich (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 173 · 2026
Аннотация
This article analyzes new approaches and technologies aimed at ensuring cyber security based on artificial intelligence (AI). Today, the use of SI technologies in the field of cyber security allows for early detection of threats, remediation of attacks in real time and continuous optimization of security. The article examines the use of SI threat analysis, automated protection systems, anomaly detection, machine learning, and deep learning models. Existing problems and prospective directions are also analyzed. Key words: Artificial intelligence, cyber security, machine learning, cyber attacks, anomaly detection, automated defense systems. Kirish. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga axborot havfsizlik tahdidlari ham ortib bormoqda. Bugungi kunda kompaniyalar, davlat muassasalari va oddiy foydalanuvchilar kiberhujumlarga nisbatan ko‘proq himoyaga ehtiyoj sezmoqdalar. An’anaviy xavfsizlik choralarining samaradorligi pasayib borayotgani sababli sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish tobora ommalashmoqda. SI axborot havfsizlik tizimlarini yanada kuchaytirish, hujumlarni oldindan aniqlash va ularning oldini olishda muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu maqolada SI asosida axborot havfsizlikni ta’minlashga doir zamonaviy yondashuvlar, mavjud muammolar va istiqbolli texnologiyalar muhokama qilinadi. Adabiyotlar tahlili. So‘nggi yillarda SI va axborot havfsizlik bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mashinaviy o‘rganish (Machine 115 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Learning – ML) va chuqur o‘rganish (Deep Learning – DL) axborot havfsizlik tizimlarining samaradorligini oshirishda muhim omillar hisoblanadi. SI asosida ishlaydigan tahdidlarni aniqlash tizimlari an’anaviy signatura (imzo) asosida ishlaydigan antivirus dasturlariga qaraganda samaraliroq bo‘lib, noma’lum tahdidlarni ham aniqlay oladi (Smith et al., 2023). Kiberhujumlarning murakkablashib borishi sababli, klassik xavfsizlik devorlarini (firewall) mustahkamlash uchun avtomatlashtirilgan SI algoritmlaridan foydalanish tavsiya etiladi (Brown & Miller, 2022). Anomaliyalarni aniqlashda generativ adversarial tarmoqlar (GANs) va kuchaytiruvchi o‘rganish (Reinforcement Learning) usullari yaxshi natija bermoqda (Garcia et al., 2024). Shuningdek, SI texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot havfsizlik tizimlarining kamchiliklari ham mavjud. Masalan, ba’zi tadqiqotlar sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizimlarning noto‘g‘ri ijobiy natijalar (False Positives) ko‘rsatish ehtimoli yuqoriligini ta’kidlamoqda. Bu esa tizimlarning takomillashtirilishini talab etadi. Tadqiqot metodlari. Maqolada quyidagi tadqiqot metodlaridan foydalanildi: 1. Adabiyotlar tahlili – SI asosida axborot havfsizlik bo‘yicha ilmiy maqolalar, texnik hujjatlar va amaliy tadqiqotlar o‘rganildi. 2. Tahliliy metod – Zamonaviy axborot havfsizlik tahdidlari va SI texnologiyalarining ularni aniqlash va bartaraf etishdagi o‘rni tahlil qilindi. 3. Tajriba asosida baholash – Turli SI asosida ishlaydigan axborot havfsizlik yechimlari o‘rganilib, ularning afzallik va kamchiliklari taqqoslandi. SI asosida axborot havfsizlikni ta’minlashda quyidagi zamonaviy yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi: Mashinaviy o‘rganish modellaridan foydalangan holda odatiy va noodatiy tarmoq faoliyatini farqlash mumkin. Bu usul mavjud bo‘lgan tahdidlarni oldindan aniqlash va yangi hujumlarni bashorat qilish imkonini beradi. SI yordamida zararli dasturlar (malware), fishing hujumlari va boshqa kiberxavflarni avtomatik ravishda tahlil qilish va aniqlash imkoniyati yaratilgan. Xavfsizlik devorlari va SI asosida ishlaydigan intrusion detection system (IDS). Klassik xavfsizlik devorlari (firewall) SI bilan to‘ldirilsa, hujumlarni aniqlash samaradorligi oshadi. IDS esa anomal faoliyatni real vaqt rejimida kuzatib boradi. Generativ adversarial tarmoqlar (GANs) orqali axborot havfsizlikni mustahkamlash GAN modellaridan foydalanib, sun’iy ravishda kiberhujumlar yaratilib, real tizimlar sinovdan o‘tkaziladi. Bu esa tizimlarni yanada mustahkamlashga yordam beradi. Natija va muhokama. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt (SI) asosida ishlaydigan axborot havfsizlik tizimlari an’anaviy usullarga nisbatan samaraliroq bo‘lib, ular hujumlarni oldindan aniqlash, real vaqt rejimida tahdidlarni bartaraf etish va xavfsizlik choralarini avtomatlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, bu yondashuvlarning o‘ziga xos muammolari ham mavjud. 1. Hujumlarni oldindan bashorat qilish imkoniyati – Mashinaviy o‘rganish (ML) va chuqur o‘rganish (DL) asosidagi tizimlar doimiy ravishda yangi tahdidlarni o‘rganib borishi sababli, ular ilgari noma’lum bo‘lgan kiberhujumlarni ham aniqlashga qodir. 2. An’anaviy axborot havfsizlik tizimlariga nisbatan yuqori samaradorlik – SI asosida ishlaydigan tahdidlarni aniqlash tizimlari klassik signatura (imzo) asosidagi antivirus va xavfsizlik devorlariga qaraganda yaxshiroq natija ko‘rsatmoqda. 116 YOS
Доказательный фрагмент
«This article analyzes new approaches and technologies aimed at ensuring cyber security based on artificial intelligence (AI).»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes new approaches and technologies aimed at ensuring cyber security based on artificial intelligence (AI). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Artificial intelligence, cyber security, machine learning, cyber attacks, axborot havfsizlik, anomaliya aniqlash, kiberhujumlar, avtomatlashtirilgan himoya tizimlari., mashinaviy o‘rganish, Sun’iy intellekt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025