Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANKLAR ARO VALYUTA JAMG‘ARMASINING MOHIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · PROGNOZLARI ROLI (in-academy.uz/index.php/si) · Arziboyeva Ravzaxon Sattarovna (in-academy.uz/index.php/si) · Luqmonov Shukrullo Raxmatjon o’g’li (Andijon davlat texnika instituti “Buxgalteriya hisobi va)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается значение финансовых прогнозов, представленных в бизнес-плане, при получении банковского кредита. Финансовые прогнозы служат основным инструментом для оценки платежеспособности заёмщика, определения условий кредитования и снижения рисков со стороны банка. Отчёты о прибылях и убытках, движение денежных средств, прогнозный баланс и показатели рентабельности, если они составлены обоснованно и достоверно, повышают вероятность одобрения кредита. Ключевые слова: финансовый прогноз, денежный поток, прибыль и убытки, рентабельность, риск. Banklar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar – bu nafaqat kredit shartnomasining rasmiy jihati, balki uzoq muddatli hamkorlik va iqtisodiy rivojlanishning asosiy omilidir. Banklar tadbirkorlarga moliyaviy resurslar bilan ta’minlab, biznesning rivojlanishiga yordam beradi, tadbirkorlar esa o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirib, bank ishonchini mustahkamlaydi. Aynan shu o‘zaro ishonch tufayli banklar risklarni kamaytirib, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘ladi, tadbirkorlar esa qulay shartlarda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ishonsizlik, aksincha, ham ikkala tomon, ham butun iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kredit olish jarayonida bank va tadbirkor o‘rtasidagi o‘zaro ishonch muhim ahamiyatga ega. Bu ishonch moliyaviy hamkorlikning asosini tashkil etadi va kredit munosabatlarining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi. Bank tadbirkorning moliyaviy barqarorligi, biznes rejasining realistikligi va kreditni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyatlariga ishonch hosil qilishi zarur. Shu bilan birga, tadbirkor bank tomonidan taqdim etilgan shartlarning shaffofligi, foiz stavkalarining adolatliligi va qarz jarayonidagi ochiqlikka tayanadi. O‘zaro ishonch mustahkam bo‘lganda, kredit olish nafaqat moliyaviy ehtiyojlarni qondirish, balki uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun samarali vositaga aylanadi. Ayniqsa, biznes rejaning moliyaviy prognozlari bank tomonidan qaror qabul qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Moliyaviy prognozlar- bu loyiha doirasida kutilayotgan daromadlar, 72 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si xarajatlar, sof foyda, naqd pul harakati va moliyaviy holat haqidagi oldindan ko‘zlangan taxminlar bo‘lib, ular kredit ajratish jarayonida bank uchun yo‘l xaritasi vazifasini bajaradi. Biznes rejadagi moliyaviy prognozlar asosan bir nechta asosiy hisobotlarni o‘z ichiga oladi. Ular qatoriga foyda va zararlar hisobotlari, pul oqimlari harakati balans prognozi, rentabellik ko‘rsatkichlari kiradi. Bu hujjatlar asosida bank mijozning moliyaviy holatini bashorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Foyda va zararlar hisobi bankka korxonaning kelajakdagi rentabelligini baholash imkonini bersa, pul oqimi hisobi kredit mablag‘ining qanday aylanishi va undan qanday foydalanilishi haqida tushuncha beradi. Balans esa aktiv va passivlarning muvozanatini ko‘rsatib, umumiy moliyaviy barqarorlikni ochib beradi. Bu kabi tahlillarni tushuna olish olish bankda ham malakali kadr bo`lishi va CIPA, ACCA yoki boshqa moliy tahlil boyicha sertifikatlarga ega bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Bank muassasalari moliyaviy prognozlar asosida qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini tahlil qiladi. Agar moliyaviy prognozlar asosli, real va ishonchli bo‘lsa, bank kredit ajratishda ijobiy qarorga keladi. Bu prognozlar asosida kredit miqdori, muddatlari, foiz stavkalari va garov talablari aniqlanadi. Shuningdek, prognozlar orqali bank risk darajasini baholab, kredit xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi. Shu bois moliyaviy prognozlarda har bir raqam asoslantirilgan, aniq va real bo‘lishi kerak. Masalan, kutilayotgan tushumlar bozor tahliliga, raqobatchilar faoliyatiga yoki ilgari erishilgan natijalarga asoslangan bo‘lishi lozim. Amaliyotda ba’zi biznes rejalar juda optimistik yoki asossiz raqamlar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Bunday holatlar banklarda shubha uyg‘otadi va kredit ajratish rad etilishi mumkin. Shu sababli moliyaviy prognozlarni tuzishda statistik tahlillar, segmentli bozor ma’lumotlari, o‘rtacha narx ko‘rsatkichlari, mehnat va ishlab chiqarish xarajatlari kabi manbalarga tayanish zarur. Bundan tashqari, foyda olish va kreditni qaytarish muddatlari real vaqt bilan mos kelishi bank uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Moliyaviy prognozlar kredit qarorini qabul qilishda bevosita hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bank ushbu prognozlar orqali qarz oluvchining moliyaviy intizomi, boshqaruv salohiyati va biznes yuritish madaniyati haqida xulosa chiqaradi. Aynan moliyaviy tahlil natijalari kredit ajratish yoki rad etish masalasini belgilab beradi. Shu bois har bir biznes subyekti yoki tadbirkor biznes reja tuzishda moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga alohida e’tibor berishi, bu borada zaruriy bilim va maslahatlarni olishga harakat qilishi lozim. Shuningdek, bank kreditini olish jarayonida biznes rejaning boshqa muhim bo‘limlaridan biri bu SWOT tahlilidir. SWOT — bu kuch
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается значение финансовых прогнозов, представленных в бизнес-плане, при получении банковского кредита.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается значение финансовых прогнозов, представленных в бизнес-плане, при получении банковского кредита. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- финансовый прогноз, денежный поток, прибыль и убытки, kurs xatari, likvidlik, valyuta bozori, xavf tahlili, regulyator siyosati, banklararo muomala
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024