К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA RUHDOSHLIK SOG‘INCHI IFODASI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Shomurodova Shaxnoza Shermamat qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This article analyzes one of the main themes in A. Oripov’s poetry - the longing for spiritual kinship and the desire for soulful connection. This feeling is expressed not only as a personal emotion, but also as a spiritual aspiration toward the homeland and the nation. The article also draws conclusions about the distinctive features of his poetic style. Keywords: Longing for kindred spirits, spiritual closeness, universal feelings, sufferings, empathy, spiritual loneliness Аннотация: В данной статье анализируется одно из ключевых направлений поэзии А. Арипова — стремление к духовному единению и тоска по родственной душе. Это чувство выражается не только как личное переживание, но и как духовное стремление к Родине и нации. Также делаются выводы о художественной самобытности его поэзии. Ключевые слова: Тоска по родственным душам, духовная близость, общечеловеческие чувства, страдания, сопереживание, духовное одиночество. Kirish. She’riyat asrlar davomida buyuk san’at sifatida insonning ruhiy dunyosini kashf qilishga intilib kelgan. Shu ma’noda poetik ifoda madaniyati odamzod orzu-istaklari, maqsad va intilishlarini betakror estetik mezonda baholash garovidir.1 O‘zbek adabiyotining mumtoz an'analarini zamonaviy ruh bilan uyg‘unlashtirgan, milliy g‘urur va insoniylik timsoliga aylangan ijodkorlardan biri Abdulla Oripovdir. Shoir she’riyati nafaqat chuqur falsafiy teranlik, asl hayotiy xulosalar, balki ruhiy-intellektual izlanishlar, vatan va insoniyat taqdiriga befarq bo‘lmagan qalb hayqirig‘i bilan yo‘g‘rilgan. Ayniqsa, ruhdoshlik sog’inchi, makon va zamon tanlamagan ruhiy yaqinlik, ijodkor she’riyatidagi markaziy mavzulardandir. A.Oripov she’rlarida bu hislarni faqat shaxsiy iztirob sifatida emas, balki umumbashariy tuyg‘ular darajadasida ifodalaydi. Asosiy qism. A.Oripov she’rlarida ruhdoshlik sog‘inchi ko‘pincha Vatan va vatandoshlariga bo‘lgan cheksiz mehr bilan tasvirlanadi. Shoir ona xalqini, yurtini o‘zining eng katta ruhiy tayanchi, suyanchi, eng yaqin ruhdoshi sifatida ifoda etadi. Fikrlarimiz isbotini shoirning “ Imtihon “ nomli she’ridan keltirilgan ushbu parchada ham ko‘rishimiz mumkin: Azal musofirdir dunyoda odam, Ruhim garchi sobit, muallaq tanim. Bir umr qo‘yningda muqim tursam ham, 1 Farrux Xushboqov.Abdulla Oripov she’riyatida lirik kechinma va badiiy ifoda. “Tilshunoslikning rivojlanishi va adabiyotshunoslik va glovallashuv davridagi texnologiya” 2022 39 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Sog‘inib yashadim seni, Vatanim. Mehr bir, nafrat ham bir tomondir bu, Vatanni sevmoqlik imtihondir bu.2 Ma’lumli, inson ruhi o‘lmas, vujudi esa o‘tkinchidir. Bashariyat gultoji bo‘lgan inson mehrdan va nafratdan mosuvo emas. Unda qaysi tuyg‘u qachon ustun kelmasin, Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhi inson hayotining mohiyatini belgilovchi mezon bo‘lib qolaveradi. Shu sababli ham inson ona yurtidan uzoqdagi qay go‘zal manzilga bormasin, u yerdagi beqiyos qulayliklar ichra yashamasin ruhi o’z Vatanini qumsab, u tomon talpinaveradi. Shoirning hayoti davomida boshiga qancha savdolar tushmasin, qiyinchiliklarga uchramasin, Vatanidan bir on ham ko‘ngli sovigan emas. Aksincha, bu savdolarga sababchi muholiflar ekanligini bilar edi (Aslida ham shunday edi). Shu sabab ham umrining so‘ngigacha ularga qarshi kurashdi. Vatan ishqi shoirning ruhiga ko‘rinmas va sanoqsiz iplar bilan shu qadar chambarchas bog‘langan ediki, u o‘z diyorida qancha mashaqqat chekmasin, shu elni, shu xalqni yanada kuchliroq sevaverar edi… Betimsol ijodkorning she’riyatidagi ruhdoshlik faqat shaxsiy do‘stlik darajasida emas, balki milliy birlik, xalq bilan ruhiy uyg‘unlik darajasida ham ifodalanadi. Uning “O‘zbekiston”, “ Yurtim shamoli”, “Men nechun O‘zbekistonni” kabi she’rlarida ham shoir va xalq o‘rtasidagi ruhiy birikma, milliy ruhdoshlik chiroli badiiylik bilan ifodalangan. Ruhdoshlik shoir poetikasining markaziy chiziqlaridan biridir. Abdulla Oripov ko‘plab she’rlarida insonning o‘ziga o‘xshash, ruhiy hamdardini izlash, qalban yaqin do‘stga ehtiyoj sezish, bu ehtiyojdan tug‘ilgan iztirob va sog‘inchni yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etadi. …Eshilib, to‘lg‘onib, ingranadi kuy, Qaylardan kelmoqda bu ohu faryod. Kim u yig‘layotgan Navoiymikin Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod!3 Ingrayotgan kuyda asrlar g‘amini, Navoiy yig‘isi-yu Xayyom dod-faryodini eshita olish uchun qalb qanchalar nozik, sezgir, ruh dardkash va uyg’oq bo‘lmog‘i kerak?! Shubhasizki, buning uchun ruh, qalb, tafakkur vaqt va makonda cheklanmasdan, samoviy hilqatda parvoz etmog‘i, Navoiy va Xayyomning ruhiga payvand bo‘la olmog‘i lozim. Shoirda ana shunday ozod va betimsol ruh ,buyuk qalb hamda hech kimnikiga o‘xshamas betimsol tafakkur bor edi. Ushbu fikrlarimizning yana bir isbotini A.Oripovning “ Ustozlarim ” she’ridan keltirilgan parchada ham uchratamiz: Mening ustozlarim- Ahli shuaro, Ruhimning ohangi - sururidasiz. Biringiz kitoblar bag‘ridasiz jo, Biringiz Chig‘atoy hududidasiz. Shoir hatto qabrlari noma’lum bo‘lgan, qatag‘on qilib y

Доказательный фрагмент

«This article analyzes one of the main themes in A.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes one of the main themes in A. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Longing for kindred spirits, spiritual closeness, universal feelings, sufferings, ruhiy yolg‘izlik., iztiroblar, umumbashariy tuyg‘ular, ruhiy yaqinlik, dardkashlik, Ruhdoshlik sog‘inchi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники