Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI TA’LIM TIZIMIDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH METODIKASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdumajitova Ozoda Baxodir qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Abdumajitova Ozoda Bakhodir qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolada sifat so‘z turkumini ona tili ta’lim tizimida o‘qitishda turli metodlar va multimedia vositalaridan foydalanish aks etgan. Annotation: the article reflects the use of various methods and multimedia tools in teaching the adjective word category in the educational system of the native language. Kalit so‘zlar: sifat so’z turkumi, sxema, multimedia, jonli tasvirlar, lingvistik bilim. Keywords: adjective, scheme, multimedia, live images, linguistic knowledge. Til ijtimoiy hosdisa hisoblanib kishilar bor joyda rivojlanadi, taraqqiy etadi. Bugungi texnika va innovatsiyalar asrida tilning boyish darajasi ortmoqda. Yangi texnologiyalar bilan birgalikda tilimizga yangi so‘zlar ham kirib kelmoqda. Bu jarayonni inobatga olib bugungi ta’lim tizimida ham tilni o‘qitishga katta ahamiyat berilmoqda. Davlat korxonalari, o‘quv muassasalarida ham o‘zbek tilini bilish, uni egallash kelgusi hayot uchun qo‘yilajak dadil qadamlardan biriga aylandi. Yangi yaratilayotgan darslik lingvistik bilimlarni o‘rgatish bilan birgalikda o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi buning isbotidir. Darsliklarda aks etgan nutqiy mavzular o‘quvchilarning ma’lum bir nutqiy ko‘nikmasini (o‘qib tushunish, og’zaki nutq, yozma savodxonlik, Tinglab tushunish) rivojlantirishga qaratilgan. Olib borilayotgan bu islohotlar o‘quvchi yoshlarni hayotiy bilimlarni chuqurroq egallashga, har qanday sharoitda ham o‘z fikrini erkin va dadil bayon eta olishiga yordam beradi. Yangi zamon darsliklari faqat nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan chegaralanib qolgani yo‘q. Darsliklarda nutqiy ko‘nikmalar bilan birgalikda o‘quvchilarning lingvistikbilimlarini shakllantirishga ham yondashilgan. Har bir nutqiy bo‘lim o‘z ichiga ma’lum bir lingvistik bilimni qamrab olgan. Oldingi darsliklardan farqi ushbu bilimlar tizimli emas balki spiralsimon shaklda amalga oshirilmoqda. Yutuqli jihatlaridan yana biri shundaki, darslikda aks etgan lingvistik ko‘nikmlarni shakllantirishga qaratilgan qoidalar o‘quvchilar tushunishlari uchun qulay, oson shaklda yaratilgan. Mustahkamlovchi topshiriqlar ham zamonaviy metodlar asosida shakllantirilgan. Lingvistik ko‘nikmalarni shakllantirish har doim dolzarbb masalalardan biri bo‘lib kelgan. Leksikologiya, fonetika, grammatika kabi til sathlarini o‘qitish o‘qituvchidan chuqur bilim va katta mas’uliyat talab etadi. Chunki til sathlari til qurilishing asosini tashkil etadi. Ularni 43 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo o‘quvchiga o‘rgatmasdan turib, Tilni o‘rgatib bo‘lmaydi. Shu sababli barcha darsliklarni lingvistik ko‘nikmalar qamrab olgan. Morfologiya bo‘limi ham bundan mustasno emas. Morfologiya so‘zning atash ma’nolarini o‘rganuvchi til bo‘limi hisoblanib, uch katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar, alohida olingan so‘zlar. Mustaqil so‘zlar atash ma’nosiga ega bo‘lib, ma’lum bir grammatik bo‘lak vazifasini bajaruvchi, so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zlardir. Ularni ona tili darsida o‘qitish o‘quvchi nutqida yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratiladi. Jumladan sifat so‘z turkumini ham o‘qitish o‘quvchi nutqini erkin bayon qila olishiga, o‘z nutqida turli so‘zlardan erkin foydalana olishiga, narsa va shaxslarga ta’rif bera olishida muhim o‘rin tutadi. Sifatlar ishtirokida gaplar hosil qilish, muayyan matnni o‘qib, shunday so‘zlarni aniqlash singari topshiriqlar mazkur so‘z turkumi yuzasidan egallangan bilimlarni ular xotirasida shakllanishiga yordam beradi. [ 1:290] Sifatlarni o‘qitish metodik jihatdan boshlang’ich sinifdan boshlanishi shart. Negaki, o‘quvchilar boshlang’ich sinfdanoq narsalarni bir biridan farqlay olishi, ularga munosib sifatlar bera olishi lozim. Masalan, Mening onam chiroyli, aqlli ayol. Aynan shu kabi misollar bilan o‘z lug’at bouyligini oshirishi lozim. Sifatlarni o‘qitish 6- sinf darsligida quyidagicha aks etgan: Matndan olingan parchani o‘qing, unda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga so‘roq bering. “Qanday?”, “qanaqa?” so‘roqlariga javob bo‘luvchi so‘zlarni alohida ko‘chiring. Teleboshlovchi kamera qarshisida o‘zini qanday tutishni, tomoshabinlarning eʼtiborini qanday jalb etishni, fikrini aniq va tushunarli tarzda yetkaza olishni bilishi lozim. Shuning uchun topqir, so‘zamol, uddaburon teleboshlovchilar kutilmagan vaziyatlarda ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydi. Bu sifatlarga ega bo‘lmagan teleboshlovchilar faoliyati davomida ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi. Ular birgina xato gapi yoki harakati bilan millionlab tomoshabinlar oldida uyalib qolishi hech gap emas. Otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va “qanday?”, “qaysi?” so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlar sifat deyiladi.[2:91] Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo‘shma sifatlar hisoblanadi. Qo‘shma sifatlar asosan qo‘shib yoziladi: quyonyurak, devqomat, mehnatsevar. Juft va takror sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi: baxtli-taxtli, yo‘l-yo‘l. Juft sifat qismlari -u/-yu vositasida bog‘lansa, ular ajratib yoziladi: yakka-yu yagona.
Доказательный фрагмент
«Maqolada sifat so‘z turkumini ona tili ta’lim tizimida o‘qitishda turli metodlar va multimedia vositalaridan foydalanish aks etgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada sifat so‘z turkumini ona tili ta’lim tizimida o‘qitishda turli metodlar va multimedia vositalaridan foydalanish aks etgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adjective, scheme, multimedia, live images, linguistic knowledge, lingvistik bilim., jonli tasvirlar, sifat so’z turkumi, sxema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024