К содержанию
РецензированоUZ1929

“ALVIDO, QUROL!” ROMANINING RUS VA O‘ZBEK TILLARI TARJIMALARIDA USLUBIY O‘XSHASHLIK VA FARQLAR

Ibragimova Shahnoza Xalilovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 1929

Аннотация

Ushbu maqola “Alvido, qurol!” romanining rus (Ye.Kalashnikova) va o‘zbek (I.G‘afurov) tillari tarjimalarida uslubiy o‘xshashliklar va farqlar keltirib o’tilgan. Ikkala tarjima ham Ernest Xemengueyning sodda, ta’sirli va yurakka yetib boruvchi uslubini, asosiy ruhini va urush haqidagi achchiq haqiqatlarni asliga yaqin yetkazishga harakat qilgan. Kalit so’zlar: tarjima strategiyasi, uslub, yondashuv, realism, falsafiy qatlam, badiiylik. Ernest Xemenguey Amerika adabiyotining yorqin namoyandasi hisoblanib, uning qisqa, ammo ta'sirli soʻzlari bilan urush, sevgi va inson ruhiyatining murakkabliklari haqidagi hikoyalari kitobxonlar qalbiga chuqur iz qoldirgan. 1929-yilda yozilgan "Alvido, qurol!" asari Birinchi jahon urushi fonida shakllangan sevgi va yoʻqotishlar haqida boʻlib, insoniyatning qorongʻu kunlarida ham umid, jasorat va umidsizlik yonma-yon yashashini koʻrsatib beradi. Romanning oʻziga xosligi – sodda, ammo yurakka yetib boruvchi tili, urushning shafqatsizligini real aks ettirishi va insoniy munosabatlarning murakkabligini ochib berishidir. "Alvido, qurol!" nafaqat Xemengueyning eng mashhur romani, balki adabiyotshunoslar, tanqidchilar va tarjimonlar tomonidan ham koʻplab bor tahlil qilingan va bahslarga sabab boʻlgan asardir. Turli tadqiqotchilar romanning urush, sevgi, yoʻqotish va qayta tiklanish, jamiyat va shaxs oʻrtasidagi ziddiyat kabi asosiy mavzularini oʻz nuqtai nazarlaridan kelib chiqib talqin qilishgan. Ulardan baʼzilari asar qahramonlarining ichki dunyosiga chuqur kirib borib, ularning ruhiy iztiroblarini va shaxsiy oʻsishini tahlil qilgan boʻlsa, boshqalari romanning tarixiy va ijtimoiy ildizlarini oʻrganib, urushning insoniyatga taʼsirini va jamiyatning axloqiy qadriyatlarini tahlil etishga harakat qilishgan. Bundan tashqari, "Alvido, qurol!" asari dunyoning turli tillariga tarjima qilingan. Har bir tarjima – bu muallifning asar mazmunini yangicha tushunish, oʻz madaniyatiga moslashtirish demakdir. Yevgeniya Kalashnikova va Ibrohim Gʻafurovning oʻzbek va rus tillaridagi tarjimalari – bu romanning eng yaxshi va eʼtiborga molik talqinlaridan hisoblanadi. Ular oʻz tarjimalarida Xemenguey uslubini, asar ruhini va asosiy mavzularini saqlab qolish bilan birga, oʻzlarining madaniy va lingvistik tajribalarini ham aks ettirishga harakat qilishgan. Ushbu maqola "Alvido, qurol!" asarining mohiyatini tahlil qilish hamda Yevgeniya Kalashnikova va Ibrohim Gʻafurov tomonidan amalga oshirilgan tarjimalarni qiyosiy oʻrganishga bagʻishlangan. Maqolada tarjimalarning oʻxshash va farqli jihatlari, tarjimonlar tomonidan qoʻllanilgan strategiyalar va ularning asarning asl nusxaga qay darajada yaqinligiga taʼsiri, shuningdek, romanning oʻzbek va rus kitobxonlari tomonidan qanday qabul qilingani tahlil etiladi. Kalashnikova va G‘afurov tarjimalari “Alvido, qurol!” romanining asosiy ruhini saqlagan bo‘lsa-da, ularning yondashuvi va ifoda uslubi ancha farq qiladi. Kalashnikova tarjimasida qisqalik, soddalik va originalga sodiqlik ustun: “Меня всегда смущали слова “священный”, “славный” и “жертва”. Я видел много жертв, но ни одной славной. И ни одной священной. То, что было славным, не имело славы, и жертвы не были священны, а то, что считалось жертвой, приносилось не добровольно.” (Ye.Kalashnikova tarjimasi) 75 “Men uchun ‘muqaddas’, ‘shonli’ va ‘fidokorlik’ so‘zlari doim g‘alati tuyulgan. Ko‘p fidokorliklarni ko‘rdim, lekin birortasini shonli deb bo‘lmasdi. Hech biri muqaddas ham emasdi. Shonli deb atalgan narsa aslida shonli emas, fidokorliklar esa ko‘pincha majburlikdan bo‘lardi.” (I.G’afurov tarjimasi) Har ikkala tarjima ham muallifning “muqaddas”, “shonli” va “fidokorlik” tushunchalariga shubha bilan qarashini, hayotda bu so‘zlarning mohiyati yo‘qligini ko‘rsatadi, qurbonliklar ko‘pincha majburlikdan bo‘lishini va ular aslida shonli yoki muqaddas emasligini ta’kidlaydi. Ye,Kalashnikova tarjimasi qisqa, aniq va hissiyotdan xoli ifodalangan: “Я видел много жертв, но ни одной славной. И ни одной священной...” – bu yerda muallifning befarqligi va shubhasi kuchli seziladi. I.G‘afurov tarjimasida esa matnga ko‘proq hissiyot ohang qo‘shadi: “fidokorlik” so‘zini tanlab, o‘zbek mentalitetiga moslashtiradi, jumlalar esa yumshoqroq va badiiyroq. “Ko‘pincha majburlikdan bo‘lardi” iborasi hayotiylik va achinishni kuchaytiradi. Tarjimonlar qo’llangan tarjima strategiyasi ham o’zaro farqlanadi: Ye.Kalashnikova “to‘g‘ri tarjima” usulini tanlab, matnni iloji boricha qisqa va aniq saqlashga harakat qilgan. I.G‘afurov esa “ijodiy va moslashtiruvchi” strategiyaga tayanib, o‘zbek o‘quvchisi uchun matnni yanada iliq, obrazli shaklda ifodalagan. Adabiyotshunoslar A. Qodirov, M. Jo‘rayev va N. Karimov Kalashnikova va G‘afurov tarjimalarini turlicha baholashadi. A. Qodirov Ye.Kalashnikova tarjimasini realizm va muallif pozitsiyasini aniq, sovuqqon tarzda yetkazgani uchun yuqori baholaydi — bu tarjimada asarning falsafiy va tanqidiy qatlamlari chuqur ochiladi. I. G‘afurov tarjimasida esa o‘zbekona badiiylik, milliylik va hissiylik k

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola “Alvido, qurol!” romanining rus (Ye.Kalashnikova) va o‘zbek (I.G‘afurov) tillari tarjimalarida uslubiy o‘xshashliklar va farqlar keltirib o’tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola “Alvido, qurol!” romanining rus (Ye.Kalashnikova) va o‘zbek (I.G‘afurov) tillari tarjimalarida uslubiy o‘xshashliklar va farqlar keltirib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uslub, tarjima strategiyasi, badiiylik., falsafiy qatlam, yondashuv, realism
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники