Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY MATNGA INTEGRATIV YONDASHUV: SEMANTIK VA PRAGMATIK TAHLIL
Xaydarova Feruza
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Maqolada badiiy matnga integrativ yondashuv: semantik va pragmatik tahlili haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: badiiy matn, belgi, birlik, mazmun. Matn – mazmunan bog‘langan belgi birliklarining ketma-ketligi bo‘lib, uning asosiy xususiyatlari mantiqiy va mazmuniy aloqadorlik, to‘liqlik, yakunlanganlik, intonatsion yaxlitlikdan iboratdir. Fanda matnni tushunishga doir turlicha qarashlar mavjud. Ular, eng avvalo, bu tushunchaning semiotik va tilshunoslik yondashuvlari orqali talqin etilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Semiotika nuqtai nazaridan matn bu mazmuniy ketma-ketlikdagi har qanday belgilardir (bu so‘zlarda ifoda etilgan asar ham, musiqiy asar ham, rassomchilik namunasi ham, me’moriy obida ham bo‘lishi ham mumkin); tilshunoslikda esa matn bu verbal belgilar ketma-ketligi sanaladi vasohaning markaziy tushunchalaridan sifatida ushbu fanning har qanday aspektida lisoniy birliklarning turli qirralarini yoritishda, muayyan tilning ifoda imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda, aloqa-aralashuv jarayonida eng muhim manbadir. Lingvistik adabiyotlardan ma’lumki, XX asrning 80-yillaridan tilshunoslarning asosiy e’tibori gapdan katta birliklar masalasiga qaratila boshlandi. Jahon tilshunosligida I.Galperin, I.Kupina, N.Shanskiy O.Moskalskaya, L.Novikovlarning, o‘zbek tilshunosligida, G‘.Abdurahmonov, A.G‘ulomov, M.Asqarovalarning ilmiy tadqiqotlari bu borada amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi va matn tilshunosligining shakllanishi hamda rivojlanishiga zamin yaratdi. A.Mamajonov, B.O‘rinboev, J.Lapasov, E.Qilichev, M.Yo‘ldoshev va shu kabi qator tilshunoslar tomonidan matnning turli qirralari tahliliga bag‘ishlangan samarali tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, A.Mamajonovning “Tekst lingvistikasi” qo‘llanmasida o‘zbek tilshunosligida ilk marta matn nazariyasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Olim mazkur qo‘llanmada matnga bir necha xil sistemalar kompleksidan iborat bo‘lgan sintaktik hodisa sifatida yondashadi. Uni o‘zaro aloqador bo‘lgan morfologik birliklar yig‘indisidan iborat bo‘lgan murakkab struktura deb ham atash mumkinligini ta’kidlagan holda morfologik sistema sifatida tushunilishini,o‘zida bir necha leksikbirliklarni mujassamlashtirgan eng yirik nutq birligi sifatida esa bir butun leksik sistemani shakllantirishini, shuningdek, matn bir vaqtning o‘zida sintaktik sistema, semantik sistema hamda stilistik usullar sistemasi hisoblanishi ham mumkinligini, shu jihatdan olganda matn sistem tilshunoslikning eng murakkab, ko‘p qirrali tekshiruv ob’ekti hisoblanishini aytadi. Prof. A.Mamajonov matn tilshunosligi borasidagi izlanishlarini rivojlantirib, M.Abdupattoev bilan hamkorlikda “Matn nazariyasi” qo‘llanmasini ham nashr ettirdi. Mazkur qo‘llanmada o‘zbek matn tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, bu sohada yosh tadqiqotchilar oldiga qo‘yilayotgan dolzarb vazifalar, matn birliklari va ularning sintaktik, semantik va uslubiy jihatlari ilmiy asosda yoritib berilgan. J.Lapasov esa matnga vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlik, murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo‘lgan og‘zaki va yozma ijod namunasi sifatida qarab, uning tuzilishi, turlari, o‘ziga xos belgilari masalasini yoritadi. 87 Muloqot tizimini jarayon sifatida antropotsentrik nuqtai nazardan tahlil etish dolzarb sanalayotgan hozirgi tilshunoslikda matnning lingvistik maqomi qanday? So‘nggi yillardagi tilshunoslikka oid ilmiy izlanishlarni kuzatish shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy dunyo tilshunosligida kommunikativ faoliyat nazariyasi va uning birliklari tadqiqiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Zamonaviy tilshunoslik sohalaridan sanaluvchi pragmalingvistika matn va uning turlariga, ichki mazmuniy tuzilishiga qaysi metodlar asosida yondashadi? Albatta, matn tilshunos uchun asosiy tadqiq ob’ektidir. Pragmatik lingvistika bo‘yicha yirik mutaxassis A.Maslova tilshunoslikdagi mavjud matn haqidagi fikr va qarashlarni umumlashtirib, matn −bu verbal belgilarning ketma-ketligi, u ma’lum bir til turiga oid uslubiy me’yorlarga asosan til ijodkorligi jarayonida aniq bir asar shaklida qayd etilgan hodisa; o‘z sarlavhasiga ega, shu sarlavha ma’nosi bilan uzviy bog‘langan, o‘zaro bog‘liq qismlardan iborat bo‘lgan, shuningdek, bir maqsadga yo‘naltirilgan hamda pragmatik qurilmaga ega asarlar ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, tilshunoslikda eng ko‘p tarqalgan uchyondashuvni qayd etadi. Unga ko‘ra matn bu til tizimining eng yuqori darajasi sanaladi; matn bu nutq birligi, nutq faoliyati natijasi hisoblanadi; matn bu muloqot birligi sifatida nisbiy ma’noviy tugallikka ega bo‘ladi. Bu ta’riflarga qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, matnda nafaqat verbal vositalar, balki noverbal vositalar ifodasi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki nutqiy faoliyatda noverbal vositalar fikrni to‘ldirish, so‘zlovchiga xos milliy va gender belgilarni aks ettirish kabi bir qator vazifalarni bajaradi. Demak, matn termini bugungi kunda kognitiv-diskursiv faoliyat natijasi bo‘lgan, og‘zaki yoki yozma tarzda voqelanadigan, tugallangan, shakliy va mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan, o‘zida g
Доказательный фрагмент
«Maqolada badiiy matnga integrativ yondashuv: semantik va pragmatik tahlili haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada badiiy matnga integrativ yondashuv: semantik va pragmatik tahlili haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mazmun., belgi, badiiy matn, birlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025