К содержанию
РецензированоUZ2018

QASDDAN BADANGA O‘RTACHA OG‘IR SHIKAST YETKAZISH JINOYATI BO‘YICHA O‘TKAZILADIGAN EKSPERTIZALAR TURLARI VA UNI O‘TKAZISHNING XUSUSIYATLARI

O‘TKAZISHNING XUSUSIYATLARI · Suyunov Shaxzodbek Shovkatovich · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Abdullayev Shoxbozbek Shuxratjon o‘g‘li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 03 · 2018

Аннотация

Muallif ushbu maqolada “Qasdan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish” jinayati bo‘yicha o’tkazilishi mumkin bo‘lgan ekspertiza turlari va ularning tadqiqot obyektlari, o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, ekspertiza imkoniyatlari, ekspertiza tayinlash, ushbu jarayon uchun savollarni shakillantirish va ekspertiza uchun zaruriy materiallarni taqdim etish tartibi, ekspertiza xulosasini baholash va jinoyat ishi tergov qilish jarayinida ulardan foydalanish asoslari va xususiyatlari haqida yoritib bergan. Kalit so‘zlar Ekspert, ekspertiza, ekspertiza xulosasi, tergovga qadar tekshiruv, badanga shikast yetkazish, o‘rtacha og‘irlikdagi shikast, sud-tibbiy ekspertizasi, sud-biologik ekspertizasi, sud- daktaloskopik ekspertizasi, sovuq qurol ekspertizasi, sud-psixiatriya ekspertizasi. Annotation The author has covered in this article the types of expertise that can be carried out on the crime of “deliberate serious injury to the body” and their objects of research, the specifics of conducting,the possibilities of examination, the appointment of an examination, the procedure for forming questions for this process and providing the necessary materials for examination, the assessment of the Keywords Expert, examination, examination summary, preinvestigation examination, injury to the body, moderate-weight injury, forensic medical examination, forensic biological examination, forensic dactaloscopic examination, cold weapons examination, forensic psychiatric examination. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3723-son qarori1 bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari sifatida: jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish, fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta’sirchan va va ishonchli muhofaza qilinishini; jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish; jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-tamoyillarini kiritish belgilandi. Jinoyatlarni tez va to‘la ochish, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi, aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3723-son qarori 142 aybdorlarni fosh etish hamda odil sudlov faoliyatini bugungi kunda sud-ekspertizalari ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Sud ekspertizalari odil sudlovni ta’minlash va jinoyat protsessining vazifalarini amalga oshirishda huquqiy institutlari orasida muhim ro‘l o‘ynaydi. Ekspertiza xulosalariga ishonchli va maqbul dalil manbai sifatida qaralib jinoyatlarni ochish, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash borasidagi ahamiyati toboro oshib bormoqda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish jinoyatini tergov qilish jarayonida vujudga keladigan masalalarni hal etish aksariyat hollarda fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlardan foydalanish taqozo etadi. Jinoyat ishi yuritishda maxsus bilim va tadqiqotlardan foydalanish protsessual jihatdan sud ekspertizasi shaklida amalga oshiriladi. Sud ekspertizasi fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va ma’muriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirish o‘tkazish va xulosa berishdan iborat bo‘lgan protsessual harakatdir2. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikst yetkazish jinoyati bo‘yicha sud-ekspertizalarni o‘tkazish sodir etilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jinoyat bo‘yicha xodisa sodir bo‘lgan joyga chiqqan tergovga qadar tekshiruv organing mansabdor shaxsi jabrlanuvchiga nisbatan zudlik bilan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlash choralarini ko’rish zarur. Chunki JPKning 173-moddasi “Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi” birinchi qismi 1-bandiga asosan “1) o‘limning sababini, etkazilgan tan jarohatlarining xususiyatlari va og‘irlik darajasini” aniqlash uchun sud-ekspertizasi o‘tkazish shart xisoblanadi. Eksperiza o‘tkazish to‘g‘risida surushtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi3. Sud tibbiy ekspertizasi-jinoyat ishini yuritish jarayonida yuzaga keladigan tibbiy- biologik masalalarni hal etish uchun o‘tkaziladigan maxsus tekshiruvdir4. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatini tergov qilishda maxsus bilimlarning majmui bo‘yicha quydagi sud-ekspertizalarni o‘tkazish mumkin: – sudga oid tibbiy ekspertiza; – sud-biologik ekspertiza; – sud-daktiloskopiya ekspertiza; – sud-trasologiya ekspertiza; – sud-ballistika ekspertiza; – sovuq qurollar sud ekspertizasi; – sud-psixiatriya ekspertizasi; – boshqa

Доказательный фрагмент

«Muallif ushbu maqolada “Qasdan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish” jinayati bo‘yicha o’tkazilishi mumkin bo‘lgan ekspertiza turlari va ularning tadqiqot obyektlari, o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, ekspert…»

Образец извлечения

Демо-превью

Muallif ushbu maqolada “Qasdan badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish” jinayati bo‘yicha o’tkazilishi mumkin bo‘lgan ekspertiza turlari va ularning tadqiqot obyektlari, o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, ekspert… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Expert, examination, examination summary, preinvestigation examination, injury to the, sovuq qurol ekspertizasi, badanga shikast yetkazish, ekspertiza, Ekspert, sud-tibbiy ekspertizasi, sud-biologik ekspertizasi, o‘rtacha og‘irlikdagi shikast, tergovga qadar tekshiruv, ekspertiza xulosasi, sud-daktaloskopik ekspertizasi, sud-psixiatriya ekspertizasi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники