К содержанию
РецензированоUZ2026

QAMOQQA OLISH EHTIYOT CHORASI CHET EL TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON AMALIYOTI

Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li · Yigitaliyev Sherzod Ibrohim o‘g‘li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada qonunlarni ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning tushunchasi. O`zbekiston Respublikasida Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashda prokurorning vakolati uning mazkur ehtiyot chorasini qo’llashda roziligining o’rni va ahamiyati yoritilgan. Kalit so’zlar Qamoq, qamoqqa olish, prokuror, ehtiyot choralari, nazorat predmeti, sanksiya. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi1 Tushuntirilsinki, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19, 25-moddalarida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarida mustahkamlangan qoidalarga mos bo‘lib, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi samarali bo‘lishiga erishishga qaratilgan.2 Prokuror (lat. procurare-boshqarish, biror narsani bilish, g'amxo'rlik qilish)-ayblovning asosiy sud vakili. Prokuratura-jinoiy ish bo'yicha sud jarayonida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsga qarshi dalillarni taqdim etish uchun mas'ul tomon. Prokurorlarning funktsiyalari turli mamlakatlar turli xil va asosan tarixiy sharoitlar bilan belgilanadi3. Asosan MDH mamlakatlarida prokuror qonunlarning aniq bajarilishi ustidan yuqori nazoratni amalga oshiradi, sudda davlat ayblovini qo'llab-quvvatlaydi, qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortadi, shuningdek prokuratura to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq prokuror zarur chegaralar va normalarda daxlsizlikka ega. Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda va surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi4. 1O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 118-moddasi 22007-yil 14-noyabrdagi Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risdagi 16-son Oliy sud plenumining qarori 5 3 Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411. 4 Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда 42 Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilayotgan bo‘lsa, qaror va ko‘rsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida sakkiz soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.5 Prokuratura to’g’risidagi qonunda prokuror nazorati predmeti ko’rsatilgan unga ko’ra: quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi: –ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat- huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi; –ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonunchilikka rioya etilishi6; –ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi; –jinoyat-ijroiya qonunchiligini qo‘llayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash7. Prokurorning vakolatlari: Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoxud uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi8; Jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilish, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida iltimosnoma qo‘zg‘atish jinoyat tavsifini belgilash, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi9; Prokurorlar bundan tashqari: –Surishtiruv va tergov ustidan nazoratni amalga oshirishda shuningdek, shuningdek, dastlabki tergov va ayblanuvchilarni qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish, ayblov xulosasi tasdqilash talab etadiga hollarda, shaxsga nisbatan aylov e’lon qilishda mazkur qarorning қўшиб ҳисоблаш методоло

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qonunlarni ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning tushunchasi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qonunlarni ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning tushunchasi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qamoqqa olish, ehtiyot choralari, protsessual majburlov choralari, Qamoq, jazo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники