К содержанию
РецензированоRU2026

TUBAN ZAMBURUG’LARNING TUZILISHI VA ULARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI

XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI · G’ofurova Muqaddasxon Shavkatjon qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This thesis provides information about the morphological and anatomical structure of basal fungi, their importance in the national economy, pharmacy, and human life. Абстрактный: В диссертации даны сведения о морфологическом и анатомическом строении базальных грибов, их значении в народном хозяйстве, фармации и жизни человека. Kalit so’zlar: Mitseliy, xlorofill donachalari, gifa, zoospora, konidiyaspora, bazidiya, xitridiomitset, oomitset, zigomitset, askomitset, bazidiomitset, deytriomitset. Key words: Mycelium, chlorophyll granules, hypha, zoospore, conidiaspora, basidia, chytridiomycete, oomycete, zygomycete, ascomycete, basidiomycete, deutriomycete. Ключевые слова: Мицелий, гранулы хлорофилла, гифа, зооспора, конидии, базидии, хитридиомицет, оомицет, зигомицет, аскомицет, базидиомицет, дейтериомицет. Zamburug‘lar 100000 dan ortiq turga ega bo‘lib, har xil muhitda yashashga moslashgan. Ular xlorofill donachalarini yo'qotib, geterotrof oziqlanadi, parazit va saprofit holda yashaydi. Zamburuglarning tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy esa ingichka shoxlanadigan ipchalardan tashkil topgan bo‘lib, bu ipcha gifalar deb ataladi. Gifalar o‘rtasida to‘siq bo’lmasa - tuban zamburug’lar, agar gifalar o‘rtasida to‘siq bo‘lsa — yuqori zamburug’lar hisoblanadi. Zamburug’lar plastidasiz organizm bo’lib, uning sitoplazmasi bitta yoki bir nechta yadrochaga ega, hujayrasi tashqi tomondan xitinli yoki sellyulozali po‘st bilan o ‘ralgan. Zamburug’laring bir guruhi suvo‘tlarga o‘xshab suvda yashasa, boshqa guruhlari quruqlikda yashaydi. Ularning jinssiz ko‘payishi xlomidosporalar, kurtaklanish yo‘li bilan hamda zoosporalar yordamida o‘tadi, shuningdek, konidiyasporalar, sporangiyasporalar ham hosil qilib ko’payadi. Jinsiy ko‘payishi esa, izogamiya, geterogamiya, oogamiya bilan boradi. Zamburug’laring parazit vakillari o‘simliklarda, hayvonlarda yashab turli xil kasalliklarni chaqiradi va ko‘plab zarar keltiradi, ulaming foydali turlari ham mavjud. Zamburug’lar bo‘limi olti sinfga bo’linadi: 1. Xitridiomisetsimonlar - Chytridiomycetopsidae. 2. Oomisetsimonlar - Oomycetopsidae. 3. Zigomisetsimonlar - Zigomycetopsidae: 4. Askomisetsimonlar yoki xaltali zamburug’lar - Ascomycetopsidae. 5. Bazidiomisetsimonlar - Basidiomycetopsidae. 6. Deytiromisetsimonlar yoki takomillashmagan zamburug’lar Deuteromycetopsidae yoki Fungi. 98 Ulaming 1-2-3-sinflari tuban zamburug‘lari tashkil qilsa, 4-5- sinflari yuqori zamburug’lardir. Oltinchi sinf esa mitseliysining tuzilishiga ko‘ra yuqori zamburug’larga o'xshab ketadi, lekin xaltacha, bazidiya hosil qilmaydi. Shu sababli bu zamburug‘lar noaniq takomillashmagan zamburug‘lar deb ataladi. Tuban zambumg‘lar mitseliysi to‘siqsiz giflardan tashkil topgan. Ko‘pchilik vakillarining hayot taraqqiyotida gaploidli shakli ustun boMsa, diploidlisi faqat zigotadagina uchraydi. Tinim vaqt o‘tishi bilan zigotada zoospora qisqa gifli zoosporangiya yoki sporangiya hosil bo’ladi. 1-sinf. Xitridiomisetsimonlar - Chytridiomycetopsida. Bu sinf vakillarining mitseliysi taraqqiy etmagan, vegetativ tanasi yalang‘och, ko‘p yadroli sitoplazmatik massa - plazmodiydan iborat. Bundan ingichka yadrosiz o‘simta — boshlangich gifalar hosil bo’ladi. Bu sinfning vakillari jinssiz ko‘payishda bir xivchinli zoospora hosil qilsa, jinsiy ko‘payish - izogamiya, geterogamiyahamda oogamiya usuli bilan boradi. Asosan, suvli muhitda yashay di. Vakillari: opodium-Olpidium va sinxitrium - Synchitrium dir. Olpidium-olpidium brassica. Asosan, karam ko‘chatining ildiz bo‘g‘zida yashab, shu yemi zararlaydi, zararlangan joyi qorayib qurib qoladi. Shuning uchun ham bu ildiz qorayish kasali deb ataladi. Bu yerda yalang‘och hujayradan iborat bo’lgan yadroli parazit zamburug4lar hayot kechiradi. U qalin po‘st bilan o ‘ralib zoosporangiyni hosil qiladi. Zoosporangiydan esa bir xivchinli zoosporalar tashqariga chiqa boshlaydi. Bu ham yangi ko‘chatga tushsa, qaytadan zararlantiradi. Simatrium-Sinxitrium endobioticum. Asosan, kartoshkada parazitlik qilib yashab, kartoshka saratonining sababchisi boMadi. Uning zoosporalari zich bo’lib yashaydi. Izogamiya usulida jinsiy ko‘payadi. Zigotalari birmuncha oddiy bir xivchinlidir. Uning zoosporalari yangi tuganakni zararlaydi. Asosan, Afrika, Amerika, Yaponiya hamda Janubiy Yevropada uchraydi. 2-sinf. Oomisetsimonlar - Oomycetopsida. Mitseliysi kuchli taraqqiy etgan gifdan iborat. Ikki xivchinli zoosporalar hosil qilish hamda oogomiya jinsiy usul bilan ko‘payadi. Bu sinfning parazit va saprofit vakillari ham bor. Saprofit vakillari suv havzalaridagi organik qoldiqlarida, nam tuproqlarda, baliqlar, baqalar va hasharotlar tanasida yashaydi. Saprolegniya - Saprolegnia ana shunday zamburugMardandir. Ba’zan baliq va koM baqasining ikralarida ham yashaydi. Fitoftora - Phytophtora infestans kartoshka bargi va tuganagida parazitlik qilib yashaydi. Boshqa turlari esa har xil o ‘t, buta, daraxtlaming nina barglarida parazitlik qilib va saprofit holda yashaydi. Kartoshka fitoftorasi yog’ingarchilik ko‘p bo’lgan yill

Доказательный фрагмент

«This thesis provides information about the morphological and anatomical structure of basal fungi, their importance in the national economy, pharmacy, and human life.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides information about the morphological and anatomical structure of basal fungi, their importance in the national economy, pharmacy, and human life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mycelium, chlorophyll granules, hypha, zoospore, conidiaspora, basidia, gifa, askomitset, deytriomitset., bazidiya, xlorofill donachalari, zigomitset, zoospora, konidiyaspora, oomitset, bazidiomitset, xitridiomitset, Mitseliy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники