Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
O'SIMLIK TO'QIMALARINING TUZILISHI VA VAZIFALARI
Adashboyeva Madina Islombek qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
The first information about plant tissue was described in the works of M. Malpighi and N. Grew in the 17th century. The founder of the doctrine of tissues is the English scientist N. Grew. His work "Principles of Plant Anatomy" was published in 1682. Grew was the first to introduce the concept of tissues into botany and divided the tissues of all plant organs into parenchyma and prosenchyma groups according to the shape of their cells.The study of plant tissues provides a basis for a deep understanding of the plant organism and its scientific research. In conclusion, from the classification of plant tissues, plant tissues are divided into meristem, parenchyma, collenchyma, sclerenchyma, conductive, covering and secretory tissues, depending on their origin and function. This classification allows for a consistent study of the complex structure of the plant. Ключевые слова: Понятие тканей, формообразующая ткань, покровная ткань, основная ткань, проводящая ткань, механическая ткань, разделительная или секреторная ткань. Keywords: The concept of tissues, forming tissue, covering tissue, ground tissue, conductive tissue, mechanical tissue, separating or secretory tissue. Qoplovchi to‘qimalarning tuzilishi va vazifalari. Gaz almashinuv, suv bug‘latish hamda tashqi mexanik himoya vazifasini bajaruvchi chegaralovchi to‘qimalar guruhini qoplovchi to‘qima deb ataladi. Qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishi va tuzilishiga ko‘ra epiderma, periderma va po‘stloq (ritidom) kabi turlarga bo‘linadi.Birlamchi qoplovchi to‘qima (epiderma) yosh novda, poya va barglarni ustki qismidan qoplab turadi. Ikkilamchi va uchlamchi to‘qimalar – periderma va ritidomlar esa o‘simlikning poya va ildizlarini qoplaydi. SHimish vazifasi kuchliroq bo‘lgan tashqi chegaralovchi to‘qimalar ildizlar uchun xarakterli bo‘lgan velamen va rizodermalardir. Ichki chegaralovchi to‘qimalar o‘simlikning turli organlarida uchraydi: endoderma poya va ildizlarda, ekzoderma ildizda, o‘tkazuvchi boylamlarni o‘rab turuvchi hujayralar guruhi esa asosan barg uchun xarakterlidir.Epiderma uchki meristemaning tashqi qavatidan hosil bo‘lgan birlamchi qoplovchi to‘qima hisoblanadi. U o‘simlikning yosh davrida barcha organlarini qoplab turadi. Keyinchalik ko‘p yillik organ ikkilamchi qoplovich to‘qima bilan almashinadi. Poya va barglardagi birlamchi qoploichi to‘qima epiderma deb ataladi. Epiderma to‘qimasi parenxima yoki bir oz cho‘zilgan tirik hujayralardan tashkil topgan. 102 Hujayradagi yirik vakuol shira bilan to‘la bo‘ladi. Epiderma tashqi muhit bilan maxsus og‘izchalar yordamida bog‘lanadi. Og‘izchilar orqali gaz almashinuv va suv bug‘latish kabi muhim hayotiy jarayonlar amalga oshadi. Og‘izchilar ikkita loviyasimon hujayralardan va ular o‘rtasida joylashgan hujayra oralig‘i – og‘izchadan iborat. Og‘izchalar atrofida joylashgan epiderma hujayralari ko‘pincha boshqa hujayralardan farq qiladi va ularni og‘izchaning yordamchi hujayralari deyiladi. Loviyasimon hujayra bilan birga yordamchi hujayralar murakkab og‘izcha apparatini hosil qiladi. Og‘izchaning ustki va ostki tomonlarida oldingi va keyingi dahlizlar hamda og‘izcha tagida havo bo‘shlig‘i joylashgan.Ikkilamchi qoplovchi to‘qima (periderma). Ko‘p yilik o‘simliklarning birinchi yilgi vegetasiyasi oxirlarida ildiz va poyalardagi epiderma ikkilamchi ko‘p qavatli chegaralovchi to‘qima (periderma) bilan almashinadi. Periderma tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra, bir necha turdagi hujayralardan tashkil topgan. Fellema (po’kak) – asosiy vazifasi himoya;Fellogen (po’kak kambiysi) – undan uzoq vaqt qalinlashadigan periderma hosil bo‘ladi.Felloderma – fellogenni ozuqa bilan ta’minlaydi.Fellogen 1 qavatli meristematik hujayralardan iborat. U tashqariga po’kakni, ichkariga fellodermani beradi. Mana shu 3 ta to‘qima peridermani tashkil qiladi. Po’kak hujayralari fellogendan yangi hosil bo‘lganda uning qobig‘i yupqa bo‘ladi. Keyinchalik ikkilamchi qobiq birin-ketin joylashgan suberin va kutin moddalaridan tuziladi.Ko‘pchilik gulli o‘simliklarda po’kak kambiysi dastlab ko‘pincha qobiqning bevosita epidermasi ostida joylashgan qavatida hosil bo‘ladi. ba’zan epidermaning o‘zidan ham hosil bo‘ladi. Ildizlarda 1- fellogen peritsikl hujayralarining periklinal bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Uning tashqi qiz hujayralari bir-biri bilan tutashib, po’kak kambiysi silindrini vujudga keltiradi. Keyin peritsiklning qolgan hujayralari periderma ostida bo‘lishi mumkin. Qiz hujayralaridan birlamchi po‘stloq kabi to‘qima hosil bo‘ladi.Po’kak kambiysining ko‘p bora qayta bo‘linishi po’kak hujayralarining zich joylashgan radial qatorlarini hosil qiladi.Bu hujayralarning differensiatsiyasi jarayonida ularning uchki devorlari yog‘simon modda – suberinning qalin qatlami bilan qoplanadi. Suberin to‘qimaning suv va gazlarni o‘tkazishini pasaytiradi.Ularning devorlari ligninlasishi ham mumkin. Voyaga yetgan po’kak hujayralari o‘lik xolda bo‘ladi. Felloderma hujayralari esa tirik bo‘ladi va birlamchi qobiq parenxima hujayralarini eslatadi.
Доказательный фрагмент
«The first information about plant tissue was described in the works of M.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe first information about plant tissue was described in the works of M. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The concept of tissues, forming tissue, covering tissue, ground tissue, проводящая ткань, Понятие тканей, формообразующая ткань, основная ткань, покровная ткань, механическая ткань, разделительная или секреторная ткань.
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026